3) Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi. Avvalo, mansabdor
shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim, chunki amaldagi qonunchilikda unga
tegishli ta’rif berilmagan. Holbuki, mansabdor shaxs ֪– davlat hokimiyat yoki
boshqaruv organida yoxud nodavlat tashkilotida muayyan lavozimni egallagan,
unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va
amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Nodavlat tashkilotlar (xo‘jalik, tijorat, ijodiy va hokazo) rahbarlarining
huquqiy hujjat qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari mehnat,
fuqarolik, moliya va boshqa sohalarga oid qonunchilik qoidalaridan kelib chiqa-
1
Qarang: Оdilqoriyev Х.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2011.
– 237-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |