161
VII bob.
Jamiyatning siyosiy
tizimi va davlat
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, respublika Pre-
zidenti farmonlari va hukumat qarorlari butun respublika hududida faoliyat
ko‘rsatadigan barcha jamoat birlashmalari uchun ularning nizomlarida, boshqa
hujjatlarida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishda huquqiy asos bo‘lib xizmat
qiladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari jamoat birlashmalarining
huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi hamda Konsti-
tutsiyaga muvofiq, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy
imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat bolalar, yoshlar tashkilotlariga moddiy va ma’naviy madad beradi,
ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi, bolalar tash-
kilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalarning binolaridan, klublar-
dan, madaniyat saroylari va uylari, sport inshootlaridan bepul yoki imtiyozli
shartlar bilan foydalanish huquqini beradi.
Konstitutsiyaga asosan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning ja-
moat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmala-
rining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Fuqarolik, ma’muriy va jinoyat kodekslarida jamoat birlashmalarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi qoidalar mustahkamlan-
gan. Davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun bu qoidalar majburiydir.
Qonunga asosan, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, boshqa jamoat birlashmalari
faoliyati asosan ular a’zolarining (qatnashuvchilarining) ishdan bo‘sh vaqtida
va mazkur birlashmalar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
Jamoat birlashmalarining manfaatlariga daxldor masalalar qonunlarda
ko‘zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bi-
lan kelishilgan holda davlat organlari va xo‘jalik tashkilotlari tomonidan hal
qilinadi.
Davlat moliya organlari jamoat birlashmalarining mablag‘ bilan
ta’minlanishi va ular daromadlarining manbalarini soliqlar to‘g‘risidagi qonun-
larga muvofiq nazorat qilib boradi. Prokuratura organlari esa jamoat birlash-
malari respublika qonunlari va respublika Prezidenti farmonlarini qay darajada
to‘g‘ri bajarayotganligini nazorat qilish huquqiga ega.
Jamoat birlashmalarining nizomini ro‘yxatga olgan O‘zbekiston Respub-
likasi Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari jamoat birlashmalari faoli-
yatining maqsadlariga taalluqli nizom qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi-
lar. Jamoat birlashmasi, uni ro‘yxatga olgan Adliya vazirligi organlariga ularni
qiziqtirgan masalalar bo‘yicha hisobot berib turadi. Ro‘yxatga oluvchi adliya
organlari jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni
taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o‘tkazadigan tadbirlarda
11–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |