134
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Ma’muriy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad – ixcham
va professional ijro organlari tizimini, zamonaviy menejmentga asoslangan
boshqaruv tizimini yaratishdan iborat
1
.
Sud hokimiyati organlari. Mamlakatda sud hokimiyatining butun faoli-
yati va diqqat-e’tibori ijtimoiy adolatni, huquqiy tartibot va qonun ustuvorligini
ta’minlashga, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yildagi Konstitutsiyasi hamda 1993-yil
2-sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan O‘zbekiston
Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent
shahar sudi, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat deb
belgilandi. Mazkur tizim chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida faoliyat
yuritdi, shakllandi va takomillashib bordi.
2000-yil 14-dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul
qilindi. Bunda sudlarning ixtisoslashtirilishi o‘z qonuniy ifodasini topdi. Ushbu
qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining oliy sud tuzilmalarining insti-
tutsional qiyofasi saqlangani holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va
jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi,
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqaro-
lik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo va tuman, shahar sudlari, harbiy va
xo‘jalik sudlari faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib
2
, unda sud tizimini tubdan is-
loh etish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bundan maqsad sud hokimiyatining
chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va
xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzar-
liklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv
tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini
tubdan yaxshilash.
Ushbu maqsadga erishishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzil-
masini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tad-
1
Qarang: Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni (2017-yil 7-fevral). – T.: «Аdolat», 2017. – 3–9-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |