110
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Hozirgi zamon demokratik davlatining iqtisodiy faoliyati quyidagi
yo‘nalishlarga ega:
A.
Butun jamiyat iqtisodiy hayotiga davlatning ta’siri. Bunday ta’sir
davlat tomonidan budjetning shakllantirilishi va budjet sarf-xarajatlari ustidan
nazoratning amalga oshirilishi, mamlakat miqyosida iqtisodiy rivojlanish dastur-
lari ishlab chiqilishi, sanoat va ilmiy tadqiqot dasturlarining moliyalashtirilishi
hamda ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun moddiy boyliklar yaratuvchi-
larga subsidiyalar berishda o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy jarayonlarning davlat
tomonidan tartibga solinishida davlat hokimiyatining yuqori va mahalliy or-
ganlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan muassasalar ishtirok etadi.
Mahalliy davlat organlari ham iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Ular mahalliy budjet uchun ko‘proq mablag‘ olish maqsadida o‘ziga
qarashli hududda kapital oqimi va biznesni rivojlantirishni ta’minlaydi. Mahalliy
hokimiyat organlari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘z hududlariga yangi kom-
paniyalarni jalb etish orqali infratuzilmani rivojlantiradilar, ishsizlik muammo-
sini hal etadilar. Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun soliqlar va mahalliy
yig‘imlar mexanizmidan foydalaniladi, qurilish uchun yer maydonlari ajratiladi,
yangi ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqariladi.
Davlatning iqtisodiy funksiyasi asosan tartibga solish, rag‘batlantirish, tavsiyalar
berish kabi harakatlardan iboratdir, biroq bu boradagi faoliyat uchun taqsimlash
yoki taqiqlash mexanizmlarini ishlab chiqish mutlaqo yotdir.
Davlatning iqtisodiy faoliyati iqtisodiyotning davlat sektorida (davlat
korxonalari, muassasalari va idoralarida) bevosita xo‘jalik rahbarligining amalga
oshirishda ham o‘z ifodasini topadi. Bu o‘rinda davlatning o‘zi ishlab chiqarish
vositalarining mulkdori, moddiy boyliklar va xizmatlarni yaratuvchi sifatida
faoliyat ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida tarkib topadigan iqtisodiy
munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish uslublari mamlakatda iqti-
sodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy uslublaridan
jiddiy farq qilmaydi.
B.
Moliyaviy nazorat funksiyasi ishlab chiqaruvchilarning daromad-
lari davlat tomonidan aniqlanishi va hisobga olinishida o‘z ifodasini topadi.
Qonunga binoan bunday daromadlarning muayyan qismi ijtimoiy va boshqa
umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun davlat budjetiga soliqlar tarzida
yo‘naltiriladi. Davlat soliqlarning to‘g‘ri sarf qilinishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi. Daromadlar va xarajatlar ustidan oliy darajadagi moliyaviy nazorat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi
vakolatiga kiradi. Joylarda ushbu vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati or-
ganlari bajaradilar. Moliya vazirligi bunday nazoratni amalga oshirishda zarur
huquqlarga ega.