asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga
ajratish lozim, degan fikr ham mavjud. Albatta, bunday ajratish shartli tusga
ega bo‘ladi, sababi, bu borada aniq mezonlar hali ilmiy tarzda belgilanmagan.
Muayyan davlatning har bir funksiyasi shu davlat uchun obyektiv zarurat-
dir. Davlat faoliyatining barcha turlari teng darajada muhim, biroq bu fikr,
turli bosqichlarda birinchi navbatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor
yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyatini istisno qilmaydi, albatta. Mana shu
ustuvor yo‘nalishlar davlatning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga aylanadi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini mezonlar jumlasiga kiritish va ush-
bu prinsip asosida davlat funksiyalarini tasniflash mumkin. Bunda funksiya-
lar tegishincha
Do'stlaringiz bilan baham: |