Despotiya (yunoncha «despoteia» – cheklanmagan hokimiyat) rejimi
hokimiyatning faqat bir kishi tomonidan boshqariladigan mutlaq monarxiyaga
xosligini anglatadi. Despotiyalar qadim zamonlarda paydo bo‘lib, boshqaruvda
o‘ta o‘zboshimchalik, raiyatning to‘la huquqsizligi, boshqaruvda huquqiy va
axloqiy qadriyatlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Despotiya sharoitida mus-
taqillik, norozilik mumkin bo‘lmay, bunday hodisalar xuddi tiraniyadagi singari
ayovsiz bostiriladi.
Bunday holatlarda ishlatiladigan chora-tadbirlar o‘ta ayovsiz va shafqat-
siz bo‘lib, jazolash dahshatli tus oladi. Buning sababi xalqni qo‘rquvda
saqlash hamda o‘rnatilgan hokimiyatning barqarorligini ushlab turishda
namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |