Menejment nazariyasi


  Bozor  im koniyatlarini  o'rganish



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

12.2.  Bozor  im koniyatlarini  o'rganish
Bozor  o'zgarmas  emas  va  doimo  uni  o'rganish,  savdo  imkoniyat- 
lari  masalasi  bo'yicha  m a’lumotlarni  tahlil  etishni  talab  qiladi.  Bo- 
zorni  o'rganish  maqsadni  belgilash  va  izlanish  rejasini  tuzishdan 
boshlanadi.  Undan  keyin  bir  necha  yil  davomida  mahsulot  sotish 
natijalari  tahlil  qilinib,  xato  va  noaniqliklar  aniqlanadi,  marketing 
bo'yicha  mutaxassislar  fikri  o'rganiladi.  'Axborot  turli  manbaalar: 
matbuot,  reklama,  telefon  orqali,  so'rov  anketalari  tarqatish  va 
yig'ish  vositasida  yig'iladi.  Anketa  so'rovi  intervyu  olish  yoki  tele­
fon  orqali  so'rov  o'tkazish  bilan  to'ldirilishi  mum kin.  Bozorda 
mavjud  vaziyatni  bilgan  holda  korxonada  ishlab  chiqarish  va 
ta’minlov-savdo  faoliyatini  rivojlantirish  bo'yicha  tavsiyalar  ishlab 
chiqish  mumkin.
Korxonalar  davriy  ravishda  (yiliga  bir  necha  marta)  bozordagi 
o'z  holatini  anqlashi  lozim.  Bozorning  potensial  sig'imi  deganda 
m a’lum  vaqt  davomida  amalga  oshirish  mumkin  bo'lgan  savdo  haj­
mi  tushuniladi.  Uzoq  istiqbol  uchun  rejalar  15-20  yilga,  o'rta  mud- 
datli  5  yil,  qisqa  muddatli  1-2  yilga  mo’ljallangan  bo'ladi.
Bozorga  yangi  mahsulot  chiqarishda  bozor  sig'imini  aniqlash 
muhim  ahamiyatga  ega.  Bozor  sig'imi  va  konyukturasini  o'rganish


bilan korxonadan  tashqari yoki  uning tapshirig'i bilan boshqa xo'jalik 
hisobida  ishlovchi  tashkilot  (KITI,  marketing  izlanishlari  bo'yicha 
shirkat)  shug'ullanishi  mumkin.  Xo'jalik  hisobi  asosida  ishlovchi 
pulli  axborot-maslahat  beruvchi  bunday  tashkilotlar  barmog'ini 
tashkil  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  tashkilotlar  o'rtasida  raqo- 
bat  munosabatlari  bo'lishi  ham  muhimdir.
Bozorni  o'rganish  bo'yicha  tadqiqotlar  olib  borish  ko'p  mablag' 
talab  etadi,  shu  sababli  mavjud  axborot  manbalaridan  iloji  boricha 
keng foydalanish  lozim.  Tadqiqot  davomida  barqaror  qonun  va  qonu- 
niyatlarni  aniqlash  muhimdir.  Bozor  sig'imini  o'rganish  bo'yicha 
marketing  izlanishlarini  olib  borishda  raqobatchilar  faoliyatini,  rek- 
lama,  savdo  siyosatini,  tovarlar  assortimentini,  texnik  xizmat, 
bo'limlar  tashkiliy  tuzilishini  tahlil  etishni  unutmaslik  kerak.  Bo­
zor  bu  orzu  emas,  balki  qat’iy,  ba’zan  shafqatsiz,  hayolni  tan  ol- 
maydigan,  o'ylab  qadam  bosish  lozim  bo'lgan  haqiqatdir.
Bozor  korxonalarni  demonopollashtirish,  qat’iy  raqobat  kurashi, 
korxonaning  butun  xo'jalik  mexanizmini  qayta  tashkil  etishni,  ilg'or 
texnologiyani  joriy  qilish,  loyiha-konstruktor  mutaxassislarining 
malakasi  yuqori  bo'lishiga,  marketing  bo'yicha  tajribaga  ega  bo'lish 
va  boshqalarni  ko'zda  tutadi.  Juda  ilg'or  g'oya  va  tajriba-konstruk- 
torlik  loyihalari  mavjud  bo'lsa  ham,  zamonaviy  taxnologiyasiz  jahon 
bozori  talablariga  javob  beruvchi  mahsulot  ishlab  chiqarib  bo'lmaydi. 
Yangi  texnologiya  sotib  olish  uchun  valyuta  ishlab  topish  kerak. 
Umumiy  holda  bozorni  egallash  strategiyasi  quyidagicha  bo'ladi:
-  qator  tadbirlarni  amalga  oshirish  hisobiga  dastlabki jamg'arish 
(maqsadni  aniqlash,  tashkiliy  tarkibni  takomillashtirish,  kadrlarni 
tayyorlash va malakasini oshirish,  ishlab chiqarish  intizomini  kuchay- 
tirish,  mehnat  va  moddiy  xarajatlarni  qisqartirish  va  h.k.);
-  yangi  texnologiyalarni,  imkoni  bo'lsa,  qo'shma  korxona  tuzish 
yo'li  bilan  sotib  olish;
-  iqtidorli  menejer  va  konstruktorlarni  jalb  etish  yo'li  bilan 
yangi,  yuqori  sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarish;
-  xalqaro  talabga  javob  beruvchi  mahsulot  ishlab  chiqarish  va 
uni  jahon  hamda  ichki  bozorga  olib  chiqish;
-  korxonani  ulgurji  savdo  bilan  shug'ullana  oluvchi  yuqori  sa­
marali  xo'jalikka  aylantirish.


Bozorni  egallash  strategiyasi  asosiy  maqsadga  erishishni  oliy 
sifatli  m ahsulot  yetishtirish,  korxonada  ishlovchilar  turm ush 
farovonligini  oshirish,  belgilangan  ij'timoiy  dasturlarni  bajarishni 
ta’minlashdan  iborat.  Belgilangan  tadbirlarning  muvaffaqiyatli  ba- 
jarilishi  mehnat  jamoasining  har  bir  azosi  ishning  oxirgi  natijasi- 
dan  manfaatdor  bo‘lishiga  bog'liqdir.  Jamoa  moddiy  manfaatdorli- 
gi,  ijtimoiy faolligi va javobgarlik hissini oshirish zarur.  Bunga erishish 
uchun  egalariga  yiliga  10-15%  foyda  keltiruvchi  aksiyalar  chiqarish 
kerak.
Bozor  imkoniyatlarini  aniqlash  va  baholash  odatda  ko'plab  yan­
gi  g'oyalarni  vujudga  keltiradi.  Asosiy  vazifa  -  ularning  eng  yax­
shi,  korxona  maqsadlariga  to’g'ri  keluvchilarini  ajratishdan  iborat. 
Masalan,  korxonaning  bozor  imkoniyatlariga  baho  berish  natijasi- 
da,  eng  qiziqarlisi  -  «bolalar  velosipedi»  bozori  ekanligi  aniqlandi. 
Rahbariyat  bolalar  velosipedini  ishlab  chiqariluvchi  mahsulotlar 
ro'yxatiga  kiritish  korxona  maqsadiga  ham,  resurslariga  ham  to'g'ri 
keladi  deb  hisoblashi  mumkin.  Bunday  turdagi  tovar  mavjud  mar­
keting  doirasiga  to‘g ‘ri  keladi.  Lekin  korxona  bolalar  velosipedi 
bozori  vakillari  bilan  yaxshi  ishlay  olishi,  iste’molchilar  bilan  yaxshi 
aloqa  o'rnata  olishi,  raqobatchi  korxonalar  ishlab  chihargan 
velosipeddan  xaridorgir  velosiped  ishlab  chiqara  olishiga  ishonishi 
kerak.  Bunday  imkoniyatning  har  birini  bozor  hajmi  va  xususiyati 
nuqtai  nazaridan  o'rganish  zarur.  Bu  jarayon  to‘rtta  bosqichdan 
iborat:  talabni  o‘lchash  va  prognoz  qilish,  bozorni  segmentlarga 
ajratish,  bozorning  maqsadli  segmentlarini  ajratish,  tovarning  bo- 
zordagi  o'rnini  aniqlash.
Korxona  bozor  ko'lamini  baholash  maqsadida  unda  sotiluvchi 
bolalar  velosipedini  aniqlab,  har  bir  modelning  sotilish  hajmiga  baho 
beradi.  Korxona  bozorni  egallamoqchi  bo'lsa,  bolalar  velosipedi 
bozorining  istiqboldagi  hajmini  bilish  ham  muhimdir.
Bozorni  segmentlarga  ajratish  -  bu  iste’molchilarni  ehtiyojlar, 
xususiyatlar,  xulqidagi  farqlarga  asosan  guruhlarga  bo'lishdir. 
Narxiga  qaramay  eng  yaxshi  velosipedlarni  sotib  oluvchi  xari- 
dorlar  bir  segmentni  tashkil  etadi.  Birinchi  holda  narxga  e’tibor 
beruvchilar  boshqa  segmentni  tashkil  etadi.  Bozorning  har  bir 
segmentini  ularga  xos  xususiyatlarni  o'rganish  asosida  tasvir-


lash,  ularning  har  birini  marketing  imkoniyatlari  nuqtai  nazari­
dan  korxona  uchun  foydali  ekanligini  baholash  zarur.
Korxona  bir  bozorning  bir  yoki  bir  necha  segmentiga  chiqish- 
ga  qaror qilishi  mumkin.  Xaridorlar  bir tovarni  xarid  qilishini  yaxshi- 
roq  tushunishi  uchun  tovarlarning  asosiy  xususiyatlarini  solishtiri- 
shi  kerak.  Solishtirish  natijalarini  tovarlarni  pozitsiyalash  sxemasi 
tarzida  keltirish  mumkin.
Shunday  qilib  bozor  strategiyasini  ishlab  chiqish  tovar  ishlab 
chiqarish  uchun  muhimdir.  Ko'pchilik  AQSh  kompaniyalarini  tadqiq 
qilish  bo'yicha  ma’lumotlar  u  yoki  bu  tovarga  talab  shakllanishi  va 
uni  iste’molchiga  yetkazib  berish  masalasi  ishlab  chiqarish  va 
texnologiyadan muhimroq ekanligini namoyon qiladi.  Ularning fikriga 
ko'ra,  yangi  tovarni  ommaviy  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  masa- 
lalarini  hal  etish  ularni  bozorda  sota  olish  masalalariga  nisbatan 
ancha  oson.
Iqtisodiy  amaliyotda  marketing  nazariyasidan  ijodiy  foydalanish 
korxona  xo'jalik  mexanizmini  ham  xarajat  tizimlari  tomoniga 
og'ishtirishni,  ishlab  chiqarishni  boshqarishni  iste’molchilar  va  jamiyat 
hayotiy  manfaatlariga  bog'lashni  ta’minlab  berishi  lozim.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish