03 Turizm&Servis Kaf 10. Mintaqaviy turizm pdf


-bob. MINTAQAVIY TURIZM INFRATUZILMALARINI



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/156
Sana26.06.2021
Hajmi1,76 Mb.
#102104
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
MINTAQAVIY

21-bob. MINTAQAVIY TURIZM INFRATUZILMALARINI 
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI 
 
21.1. Madaniy tarixiy merosimizning turizmdagi o‘rni 
  
Madaniy  meros  jamiyat  asosini,  xalqimizning  avloddan-avlodga  o‘tib 
kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlaydigan omil 
hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar har bir odamga ta’sirini ko‘
rsatib, 
o‘
ziga maftun qiladi va g‘ururlantiradi. Shu bois ularni saqlash, eng avvalo, faqatgina 
davlatning  emas,  balki  har  bir  kishining  burchi,  maqsadiga  aylanishi  kerak,  deb 
o‘
ylaymiz. 
Hozirgi  kunda  davlat  muhofazasiga  olingan  7570  ta  madaniy  meros  obyekti 
bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental 
yodgorliklar  va  157  tasi  diqqatga  sazovor  joylardir.  Muqaddas  qadamjolar  hamda 
ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat 
bo‘ylab  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  oxirgi  paytlarda  faqatgina  Toshkent 
viloyatidagi  Shamir  Qori  avliyo,  Zarkent  Ota,  Shodmalik  Ota,  Zunnun  Ota 
yodgorliklarida  ana  shunday  ezgu  ishlar  nihoyasiga  yetkazilmoqda.  Bo‘stonliq 
tumani  Bog‘iston  qishlog‘idagi,  Xo‘ja  Ahror  faxrli  nomi  bilan  ko‘proq  mashhur 
bo‘lgan,  XV  asrda  yashagan  Shayx  Umar  Vali  Bog‘istoniyning  bog‘i  va  qabrini 
ta’mirlash
-tiklash  ishlariga  tayyorgarlik  ko‘rilmoqda.  Har  bir  viloyatdagi  tarixiy 
yodgorliklar  va  muqaddas  qadamjolar  bo‘yicha  turkum  kitoblar  nashrga 
tayyorlanayapti. 
Bilasiz,  YuNESKOning  butun  jahon  madaniy  va  tabiat  yodgorliklari  merosi 
ro‘yxatiga  Xivadagi  ochiq  osmon  ostidagi  muzey  —  Ichan qal’a, Samarqand, 
Buxoro,  Shahrisabz  shaharlarining  tarixiy-madaniy,  diqqatga  sazovor  qismlari 
kiritilgan. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati yo‘nalishlaridan biri, bu 

  o‘tmish qa’ridan yetib kelgan boy tarixiy-madaniy  merosimizni  saqlash. 
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros 
obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  to‘g‘risida”, “Muzeylar 
215 
 
to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan 
foydalanish  to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida 
muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, 
monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgoh joylari, me’morchilik 
merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘
rganishda davlatimiz tomonidan 
keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 
Buyuk  ajdodlarimiz  tomonidan  mahorat  bilan  bunyod  qilingan  va  bugungi 
kungacha  saqlanib  kelinayotgan,  ularning  nomini  asrlar  osha  abadiylashtirgan 
me’morchilik tarixiy majmualari —
  Samarqanddagi  Shohi  Zinda,  Registon, 
Bibixonim,  Ruhobod,  Amir  Temur  maqbarasi,  Buxorodagi  Kalon  masjidi  va 
minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa 
o‘
nlab,  yuzlab  qadimgi,  o‘rta asrlardagi me’morchilik durdonalari xalqimizning 
yuksak ijodkorlik imkoniyatlaridan darak beradi. 
O‘
tmishdagi buyuk ajdodlarimiz shon-sharafi uchun Amir Temurga Toshkent, 
Samarqand,  Shahrisabzda,  Mirzo  Ulug‘bekka  Toshkentda,  Ahmad  al-Farg‘oniyga 
Farg‘ona va Quvada, Alisher Navoiyga Toshkent, Navoiyda, Alpomishga Termizda, 
Jaloliddin Manguberdi hamda “Avesto” kitobiga Urganchda va mill
iy tarixiy hamda 
madaniy  merosimizga  katta  hissa  qo‘shgan  ko‘plab  tarixiy  shaxslarga  yodgorliklar 
o‘
rnatildi. 
Bularning  barchasi  bizni  hamisha  g‘ururlanib  yashashga  undaydi.  Demak, 
tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni saqlash mamlakatimizda yashayotgan har
 bir 
kishining burchidir. 
Tabiiy  rekreatsiya  resurslariga,  hududiy  tabiiy  komponentlar  birikmasidan 
iborat,  go‘zal  tabiat  go‘sha(landshaft)lari  kiradi.  Ular  daryo,  ko‘l,  dengiz  bo‘ylari, 
tog‘  etaklaridagi  o‘simlik  dunyosi,  xilma  –  xil  manzarali  joylar,  mineral  suvli 
shifobaxsh  maskanlar  bo‘lishi  mumkin. Undan tashqari  aholining  dam  olishi,  sport 
bilan shug‘ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi 
yashil  mintaqalar,  park  va  bog‘lar  yoki  qo‘riqxona,  milliy  bog‘lar  ham  tabiiy 
rekreatsiya resurslaridir. 
 


@TDIU_ARM
216 
 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish