20.2. Qoraqalpog‘iston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlari tahlili
Ma’lumki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natij
asida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, qurilish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari ham
jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi,
hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ish bilan
band bo‘lgan aholining 75 foizi aynan Sh sohada mehnat qilmoqda.
Shu bilan birga, oxirgi besh yilda mintaqaning yalpi hududiy mahsuloti 1,5
barobarga o‘sdi, yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoatning ulushi
31 foizdan oshdi. Hudud iqtisodiyotiga jalb qilingan kapital qo‘yilmalar hajmi 13300
mlrd so‘mni tashkil etgan holda, uning tarkibida xorijiy investitsiyalarning o‘zi 2400
mln AQSH dollaridan oshdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi YaIM hajmi yillar davomida o‘zgaruvchan
tendensiyaga ega bo‘ldi. Xususan, 2011- yilda Respublikaning YaIM hajmi 2760,1
mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2014- yilda 3632,1 mlrd. so‘mni 2016 yilda 6518
@TDIU_ARM
208
mlrd. so‘mni tashkil etgan edi. Bu ko‘rsatkich mamlakat YaIMga nisbatan olganda 30
barobardan past hisoblanadi, ya’ni Respublikada etarli darajada o‘
z imkoniyatlaridan
foydalanilmayapti. Bunga sabab esa investitsiyalarning ishlab chiqarish sohasida
kamligi, hududlardagi rivojlanish darajasidagi notengliklar, atrof muxitdagi geologik
muammolar mavjudligi kabilardir. Masalan, orol dengizining atrofidagi hududlarning
ifloslanishi natijasida yerlarning sho‘rlanish darajasi yuqorilagan bo‘lib, qishloq
ho‘jaligi, sanoat va boshqa sohalarda bu yerlardan foydalanish imkoniyati kam yoki
umuman foydalanilmayapti. Natijada ilgari yashnab yotgan zamin hozirgi kunda
yerlari sho‘rlangan, ichimlik suvi kam bo‘lgan cho‘lga aylanib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi YaIM hajmi yillar davomida o‘zgaruvchan
tendensiyaga ega bo‘ldi. Xususan, 2011- yilda Respublikaning YaIM hajmi 2760,1
mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2014- yilda 3632,1 mlrd. so‘mni, 2016- yilda 6518
mlrd. so‘mni tashkil etgan edi. Bu ko‘rsatkich mamlakat YAIMga nisbatan olganda
30 barobardan past hisoblanadi, ya’ni Respublikada etarli darajada o‘z
imkoniyatlaridan foydalanilmayapti. Bunga sabab esa investitsiyalarning ishlab
chiqarish sohasida kamligi, hududlardagi rivojlanish darajasidagi notengliklar, atrof
muxitdagi geologik muammolar mavjudligi kabilardir. Masalan, orol dengizining
atrofidagi hududlarning ifloslanishi natijasida yerlarning sho‘rlanish darajasi
yuqorilagan bo‘lib, qishloq ho‘jaligi, sanoat va boshqa sohalarda bu yerlardan
foydalanish imkoniyati kam yoki umuman foydalanilmayapti. Natijada ilgari yashnab
yotgan zamin hozirgi kunda yerlari sho‘rlangan, ichimlik suvi kam bo‘lgan cho‘lga
aylanib bormoqda
Xizmatlar sohasini
rivojlantirishning
mintaqalar
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
birinchidan, hudud aholisi mehnat resurslarining intellektual salohiyatini oshirish va
iste’mol bozorini zamonaviy xizmat turlarining k
eng asartementi bilan to‘ldirishda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iste’mol bozorini zamonaviy, sifatli xizmatlar turlari
bilan to‘ldirmoqda;
209
ikkinchidan, xizmatlar sohasi yuqori qo‘shimcha qiymatli tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishning alohida segmentini o‘zida ifodalab, iqtisodiyotni intensiv
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda;
uchinchidan, xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik faoliyati yuqori kapital sig‘imini
talab qilmaydi. Qolaversa, mahalliy moddiy resurslardan keng foydalanish orqali
xizmatlar sohasini rivojlantirish imkoniyatlari kattadir;
to‘rtinchidan, mintaqalarda dolzarb muammolardan biri bo‘lgan ishsizlikni
oldini olishga qaratilgan islohotlarda xizmatlar sohasining roli g‘oyat yuksak
bo‘lmoqda. Chunki, xizmatlar sohasini kengaytirish orqali hududda yangi ish
o‘
rinlarini yaratish boshqa sohalarga nisbatan yuqori samara byermoqda.
beshinchidan, ximatlar sohasining rivojlanishi aholining keng qatlamini
tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish imkoniyati natijasida ularning daromadlarini
oshirish va pirovard natijada aholi turmush farovonligining oshirilishiga olib keladi;
oltinchidan, mahalliy byudjetga tushumlarni tushirish manbai sifatida yuqori
imkoniyatlarga ega.
Xizmatlarning rivojlanishi o‘zining uzoq tarixiga ega ekanligi natijasida
XX asr so‘nggiga kelib uning jahon Yalpi hududiy mahsuloti tarkibidagi ulushi
68,0 %ga etdi. O‘tgan 100 yil davomida xizmatlar sohasi tarkibiy jihatdan keskin
o‘
zgardi. XX asr boshlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasi chegaralangan bo‘lib,
ularning katta qismini uy xizmatlari, Shningdek savdo, transport, maishiy xizmatlar
tashkil etgan. Bugungi kunda esa ilmiy tadqiqotlardan tortib toki ta’mirlash
xizmatlarigacha, ta’limdan boshlab toki qariyalar va nogironlarga xizmat
ko‘rsatishgacha bo‘lgan 160 ta xizmat turlari mavjud bo‘lib, (XST klassifikatsiyasi
bo‘yicha) murakkab aqliy mehnatdan foydalaniladigan sohalar yuqori o‘rinni
egallaydi.
Oxirgi yillarda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishda xizmatlar
sohasini diversifikatsiya kilish va uning an’anaviy turlarini yanada rivojlantirishga
katta e’tibor qaratilmokda. Qoraqalpog‘
iston Respublikasida xam xizmatlar
ko‘rsatish jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biri xisoblanadi.
Mintaqa iqtisodiyotida xizmatlar sohasining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 50,2
@TDIU_ARM
210
foizni tashkil etmoqda, bu ko‘rsatkich O‘zbekiston Respublikasidagiga nisbatan 4,3
foizga kamdir. Xizmatlar sohasida mintakadagi iqtisodiy faol aholining 52,4 foizi
mehnat qilmokda (O‘zbekiston bo‘yicha 51,6 foiz).
Shu bilan birga, oxirgi yillardagi statistikasiga nazar tashlasak,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2014- yilda 877,4 mlrd. so‘mlik pullik xizmatlar
ko‘satilgan bo‘lib, 2016- yilda bu ko‘rsatkich 1297,2 mlrd. so‘mga etgan. YA’ni
2016- yilda 2014- yiga nisbatan 147,8 foizga o‘sish kuzatilgan. Bu esa deyarli 50 %
lik o‘sish deganidir
20.3-jadval
2014-2016 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida pullik xizmatlar
sohasini rivojlantirish holati, mlrd. so‘mda
Do'stlaringiz bilan baham: |