@TDIU_ARM
132
rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining
oshishiga olib keladi. Shu bilan birga «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunning yangi
tahririni ishlab chiqish natijasida Buxoro viloyatida turistik sohani rivojlantirish
bo‘yicha hududiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab berilishi lozim. O‘z
navbatida bu islohotlar mazkur sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
keng rivojlanishiga zamin yaratadi.
Turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuritish bo‘yicha qulay
sharoitlarni yaratish, jahon tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish
borasida ham Buxoro viloyatida Harakatlar strategiyasiga asosan 2017- yilning
birinchi choragida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, jumladan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016- yil 2- dekabrdagi PF-4861-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmonida mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida
turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali
foydalanish maqsadida viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi
hamda viloyat tijorat
banklari bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat yurituvchi mehmonxonalarda xorijiy
valyuta terminallari o‘rnatilishi tashkillashtirildi.
“Varaxsha”, “Zarafshon”, “Buxoro” mehmonxonalarini kapital rekonstruksiya
qilish hamda zamonaviy mehmonxonaga aylantirish yuzasidan mahalliy va xorijiy
inaestorlar uchun investitsiya takliflarini tayyorlash bo‘yicha 2017- yil 13- yanvarda
2/200-sonli viloyat ishchi guruhi tasdiqlanib, mehmonxonalar bo‘yicha investitsion
takliflar hamda tegishli ma’lumotlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘
mitasiga
taqdim etilgan.
Turizm sohasida biznesni yuritish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, jahon
tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017- yil 10-11 mart kunlari Buxoro
viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan
majlis bayonining ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan
nazorat-rejasiga
muvofiq, zamon talablaridan kelib chiqib, viloyatda erkin turizm zonasini barpo etish
133
konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha 2017- yil
24- martdagi 1/1569-2-sonli viloyat ishchi guruhi tasdqilanib, hozirgi kunda erkin
turizm zonasini barpo etish konsepsiyasi loyihasi viloyat hokimligiga taqdim etilgan.
Xususiy Mehmonxonalardan ko‘pchiligi eski shaharda joylashgan bo‘lib,
xonalar soni 10-20 tadan oshmaydi. Asosan ular B&B xizmatlarini taklif qiladi.
Undan tashqari Buxoro shahrida biznes-otellar xam mavjud, ular shaharning
markazida joylashgan va keng turdagi xizmatlarni taklif qiladi.
2012- yil boshiga O‘zbekistonda jami 786 turistik korxonalar faoliyat
ko‘rsatgan bo‘lsa , 2018- yilga kelib ularning soni 1000dan oshdi, shulardan 487 tasi
turoperatorlik tashkilotlar. 299 tasi Mehmonxona va boshqa joylashtirish
tashkilotlari. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida hukumat barcha
mintaqalar uchun "2011 – 2012 yillarga turizmni rivojlanitirish va turistik
mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi"ni
tasdiqlagan. Ushbu dasturning umumiy qiymati 385.5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Turistlar oqimi 2017- yilda 4 million kishini tashkil qildi. Bu 2016- yilga
nisbatdan 5,7 %ga oshgan . Tashrif buyurganlarning 69 %ni chet el fuqarolari tashkil
qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: