Tabiat yodgorliklari
– ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga
ega, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan tabiiy obyektlar.
Parazitizm
(parazit – xo‘jayin) – har xil turga mansub individlarning antogonistik
munosabatlari, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan
(xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi.
Oziq zanjiri
– bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchisi (iste’molchi)ga moddalar va
energiya o‘tadigan organizmlarning chiziqli ketma-ketligi.
Plankton
(yunoncha – «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida
yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib yuruvchi
organizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |