Cheklovchi omil
– organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.
Mezofitlar (yunoncha – «mesos» – o‘rtacha) – mo‘tadil nam sharoitda o‘sadigan
o‘simliklar.
Mikosenoz
(yunoncha – «mykos» – qo‘ziqorin, «koinos» – umumiy) – turli
zamburug‘lar turlaridan iborat jamoa.
Mikrobiotsenoz
– (yunoncha – «micros» – kichik, «koinos» – umumiy) organik
moddalarni mineral moddalargacha parchalaydigan mikroorganizmlar jamoasi.
Monokultura
– (lotincha – «mono» – bir, yagona, «cultura» – ekin) – sun’iy
ekosistemalarda ko‘p yillar davomida bir xil o‘simliklar o‘stirilishi.
Mutualizm
(lotincha – «mutus» – o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro
manfaatli va majburiy munosabat turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |