xisoblanadi va uning asosiy vazifasi berilgan elektron xujjatni kaalbakisidan
ximoya kilishdir. ERI an’anaviy imzodan farkli ravishda jismoniy emas mantikiy
tabiatga ega. Ya’ni ERI bu simvollar yoki kodlarning ketma-ketligi bulib, xujjatni
Elektron hujjatlarni tarmok orqali almashishda ularni ishlash va saqlash
harajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo, elektron hujjat muallifini va
hujjatning o’zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan
Elektron xujjatlarni autentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan
491
jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bunday harakatlarga quyidagilar
kiradi:
- faol ushlab qolish - tarmokka ulangan buzg’unchi hujjatlarni
(fayllarni) ushlab koladi va o’zgartiradi.
maskarad - abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan
yuboradi;
renegatlik - abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada,
yubormaganman deydi;
almashtirshi - abonent V xujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakllantiradi
va uni abonent A dan olganman deydi;
takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S
takrorlaydi.
Jinoyatkorona harakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot
texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat tuzilmalariga, davlat korxona va
tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha-muncha zarar etkazishi mumkin.
Elektron rakamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar
muallifining haqiqiyligini tekshirish muammosini samarali xal etishga imkon
beradi.
Elektron rakamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi
matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Rakamli imzo ishlashi buyicha
oddiy kulsema imzoga uxshash bulib, kuyidagi afzalliklarga ega:
imzo chekilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;
bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish
imkoniyatini bermaydi;
-imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron rakamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi
qo’shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir.
Elektron rakamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga xamda
xabar tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi.
Bu elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning xakikiyligini
492
tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron rakamli imzo shifrlashning asimmetrik
algoritmlari va xesh-funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron rakamli imzo tizimining qo’llanishida bir-biriga imzo chekilgan
elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz kilinadi.
Xar bir abonent uchun juft - maxfiy va ochik kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit
abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron rakamli imzoni shakllantirishda
foydalanadi.
Ochik kalit boshka barcha foydalanuvchilarga ma’lum bulib, undan imzo
chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda
foydalanadi.
Elektron rakamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
- rakamli imzoni shakllantirish muolajasi;
- rakamli imzoni tekshirish muolajasi.
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar junatuvchisining maxfiy kaliti
ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajas ida jo’natuvchining ochiq kalitidan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: