5. Mavjud tizimlarga integratsiya
Agarda tashkilotda boshqa jarayonlarni avtomatlashtirishga bog‘liq axborot
tizimlari qo‘llanilgan bo‘lsa, u holda joriy etish rejasiga bu tizimlar bilan
birlashtirish rejasi keltirilgan bo‘lishi kerak.
6. CRM-tizimlarni etkazib beruvchilarni tanlash
CRM-tizim etkazib beruvchini tanlash uchun biznes talablarini (biznes -
masala) bozorda taqdim etilayotgan CRM-tizimlar imkoniyati bilan solishtirb
ko‘rish kerak bo‘ladi. Etkazib beruvchilarni tanlash navbatdagi bosqichi joriy etish
va integratsiya reja va strategiyasini etkazib beruvchi ilovalari bilan solishtirishdan
iborat bo‘ladi. Bu solishtirishlarga asoslanib ustuvor CRM etkazib beruvchilar
ro‘yxati shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |