mumkin. To'lov buyurtmasining barcha maydonlarini to'ldirgandan so'ng, Enter
tugmachasini bosing, shablon bo'limida (sahifaning markazining yuqori qismida)
shablon nomini kiriting va Saqlash tugmachasini bosing. Va keyingi safar, yangi
248
to'lov buyurtmasini yaratishda, ochiladigan ro'yxatdan shablonning nomini
tanlashingiz, "Yuklab olish" tugmachasini bosishingiz, kerakli maydonlarni
to'g'irlashingiz va hujjatni kiritishingiz kerak. "Hujjatlar shablonlar i" bo'limida
shablonlarni tahrirlash va o'chirish mumkin.
Hujjatlar. Ushbu bo'limda tanlangan sana uchun amaldagi yuridik shaxsning
barcha bank hujjatlari ko'rsatilgan. Qidiruv filtri parametrlaridan foydalanib, siz
kerakli hujjatlarni tanlashingiz mumkin. "Tafsilotlar" va "Chop etish" havolalaridan
foydalanib, hujjat tafsilotlarini ko'rishingiz va chop etishingiz mumkin.
Hisobotlar. Ushbu bo'limda siz "Hisobvaraqning ishlashi to'g'risida
ma'lumotnoma", "Shaxsiy hisobvaraqlar bo'yicha ko'chirmalar" va bos hqa
hisobotlarni olishingiz mumkin.
SMS haqida ma'lumot. Agar siz SMS Info xizmatini faollashtirgan
bo'lsangiz, siz mobil telefoningizdagi balans, hisob qoldig'i, debet va kredit
operatsiyalari kabi hisoblar to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin. SMS hisoboti
jadvalga yoki sizning xohishingizga ko'ra kelishi mumkin. SMS-xabarlar jadvalga
etib borishi uchun vaqtni sozlash va so'rov parametrlarini so'rab Internet-bank
ma'muriga murojaat qiling. So'rov bo'yicha SMS-xabarni olish uchun quyidagi
formatda so'rovni +998903265555 raqamiga yuboring.
Amaliy jihatdan Internet banking tizimi ishlash texnologiyasi ko’rib chikdik,
shunday tizimlar mavjudki, Internet unda faqat ma’lumotlarni uzatish vositasi
249
sifatida xizmat qiladi va ba’zilarida Internet mustaqil axborot texnologiyasi sifatida
qo‘llaniladi. Birinchi holatda Internet bank va mijoz o‘rtasida aloqa kanali sifatida
xizmat qiladi va mohiyatan o‘zida faqat klassik “bank mijoz” tizimlariga
qo‘shimchalarni aks ettiradi. Bu tezorlikni va biznes hamkorlar aloqalarining
mobilligini oshiradi, biroq tranzaksiya amalga oshirilish xavfini hech qancha
pasaytirmaydi, chunki – Internet bu ochiq tarmoq. Ikinchi holatda amaliy dasturiy-
matematik ta’minot (DT) o‘zida mijozning bank bilan faqat suhbat seansida
ishlaydigan maxsus internet-ilovani aks ettiradi. Ushbu holatda mijoz o‘zining bank
hisobiga kirishi mumkin, oldindan o‘zining paroli va PIN kodni kiritib, istalgan
kompyuterdan internetda bank serveriga kiradi.
Videobanking — bu mijozning bank xodimi bilan interfaol muloqoti, o‘z
vazifasiga ko‘ra videokonferensiya, uni tashkillashtirish uchun kioska (mijozga turli
axborotlarga kirishga imkon beruvchi, shuningdek, bank xizmatchilari bilan
muloqot qilishda uning yordamida turli operatsiyalarni olib boruvchi sensor ekranli
apparat) qurilmadan foydalaniladi. Kiosklar ommaviy joylarda va ko‘pincha
bankomatlar bilan qo‘shib o‘rnatiladi.
Telefonga hisob to‘lovlarini amalga oshirish uchun bank mijozi bank
kompyuteri bilan ulangan, hisob raqamida mablag‘lar harakati va moliya bozori
holati haqida eng turlicha bo‘lgan axborotlarni olishga, shuningdek, tovarlar,
tibbiyot xizmatlari, elektr energiyasi va hokazolar uchun to‘lovlarni amalga
oshirishda maxsus qurilmadan foydalanadi. Mijoz bank kompyuteriga ulanadi va
hisob raqami, shaxsiy identifikayiya raqami, kod raqami, oluvchi kompaniya nomi,
pul va to‘lov summasini kiritadi.
WAP-banking (Wireless Application Protocol) — hisobni maxsus dasturiy
ta’minot bilan qurollantirilgan mobil telefon vositasida ma’lumotlarni simsiz
uzatish asosida masofaviy boshqarish. Biroq, banklar WAP-bankingni
xizmatlarning alohida shakli sifatida ajratib ko‘rsatmaydi. Bank operatsiyalarini
faqat mobil telefoni orqali olib borishni xoxlovchi mijozlarga baribir internet
banking tizimiga ulanishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda WAP-banking xizmati
xavfsizligini oshirishga qodir dasturiy ta’minot ishlab chiqilmoqda. Hozircha
250
to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim banklar mijoz bilan opersiyalar
ro‘yxatini kelishadi va ularning har biriga mos keluvchi kod belgilaydi.
YAna bir banklar tomonidan uyali telefon egalariga taqdim etilgan xizmat—
SMS-banking. Har bir uyali aloqa operatorida mavjud bo‘lgan qisqa xabarlar
xizmati yordamida (SMS — Short Message Service) mijozga xarajat hisoblari
(hisob qoldiqlari) haqida barcha axborotlar etkaziladi. Mutaxassislar fikricha, bu
xizmat WAR-bankingga nisbatan ko‘proq istiqbolga ega. Birinchidan, arzon,
ikkinchidan esa ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi -10 barobar tezroq va
uchinchidan, operatsiyalar xavfsizligini sezilarli oshiradi. SMS-servis ko‘plab
mijozlarda qo‘llaniladi.
Dasturiy apparat himoyaning zamonaviy texnologiyalari operatsiyalarning
maxfiyligi va mablag‘ saqlanishiga kafolatni 100% ta’minlovchi darajada. Biroq,
eng asosiysi, mablag‘ni saqlanishiga, eng avvalo, internet-banking xizmatini taqdim
etuvchilar, nafaqat mijozlarining moliyaviy hisoblarini saqlanishi, balki o‘zining
mablag‘lari va obro‘si uchun javob beradigan banklar qiziqishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: