4.2.1-rasm. MRP II tizimining funktsional bloklari
Ishlab chiqarish va savdoni rejalashtirish. Biznes-reja va talablar rejasi
Ishlab chiqarish quvvatiga talablarni rejalashtirish. Odatda, bu modulda
mavjud va talab etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash va solishtirish
amalga oshiriladi. Kichik bo‘lgan o‘zgarishlar bilan nafaqat ishlab chiqarish
quvvatlari uchun, balki, korxona ishlab chiqarish o‘rin almashish xususiyatiga ega
boshqa turdagi ishlab chiqarish resurslari uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Mijoz buyurtmasi. Bu erda mijozlarning mavjud talablari mahsulot ishlab
chiqarish rejasi bilan mos qo‘yiladi. Haqiqatda, qabul qilingan ishlab chiqarish
algoritmiga (omborga joylashtirish uchun ishlab chiqarish, buyurtmaga asosan
ishlab chiqarish, buyurtmani loyihalashtirish) bog‘liq holda mijozlarning yangi
buyurtmasini kiritish rejalashtirish jarayonlarigacha yoki undan keyin amalga
Talabni rejalashtirish
Manzillashtirish va
ishlab chiqarish
joriy quvvati
Zahiralar
darajasi
Mahsulot
xususiyatlari
Ishlab chiqarish reja-
grafigi
Materiallarga
talablarni rejalashtirish
Ishlab chiqarish va savdoni
rejalashtirish
Ishlab chiqarish
quvvatiga talablarni
rejalashtirish
Mijozlar buyurtmasi
Ishlab chiqarish bo’linmasi
darajasida boshqaruv
Natijalarni baholash
Biznes-rejalashtirish
yo’q
Mavjud resrurslar etarlimi?
Rejalarni bajarish mumkinmi?
ha
yo’q
ha
260
oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo‘linmasi darajasidagi boshqaruv. Bu erda tezkor reja-
grafiklar shakllanadi. Rejalashtirish muddati katta emas - bir necha kundan bir
oygacha.
Ijroni baholash. Rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlarida tahrirlash
kiritish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha rejalarning haqiqatdagi ijrosi
baholanadi.
MRP II tizimni keyingi rivojlantirishlar yangi sinfdagi – “Korxona
resurslarini rejalashtirish” (Enterprise Resource Planning - ERP) tizimlariga qayta
shakllantirish bilan bog‘liq. Bu sinfdagi tizimlar resurslari hududiy tarqalgan katta
korporatsiyalarni boshqarish masalalarini echishda moliyaviy axborotlar bilan
ishlashga yo‘naltirilgan. Resurslarni olish, mahsulotni tayyorlash, jo‘natish va
mijoz buyurtmalari bo‘yicha hisob-kitoblarida zarur bo‘lgan barcha jarayonlar
uning tarkibiga kiradi. Bu sinfdagi tizimlar 1980 yillar oxiridan boshlab faol
rivojlanib kelmoqda. ERP-tizimlar birinchi navbatda moliya va xodimlarni
boshqarish bilan bog‘liq yangi funksional modullari bilan kengayib borishi bilan
birga MRP II sinfidagi tizimlarni o‘z ichiga to‘liq qamrab oladi. Keyingi yilllarda
ERP-tizimlarida moliyani boshqarish funksiyalarini qo‘llanishi rossiya va evropa
tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro raqobatni avj olishiga olib keldi. Evropa tizimlari
asosida rejalashtirish va prognozlashdan boshlab, faoliyatning barcha moliyaviy
ko‘rsatkichlarini nazorat qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni, ya’ni, moliyani real
boshqarishni qurish mumkin degan fikrlar mavjud bo‘lsada, mahalliy ishlab
chiqilgan echimlar mamlakat haqiqiy holatiga yaxshi moslashgan bo‘ladi.
ERP tizimlarida ishlab chiqarishni rejalashtirish masalalarini echishdagi
yondashuvlar yaqin vaqtgacha MRP II tizimlari asosiga kiritilgan standartlar
ko‘rinishda bo‘lgan. Qisqacha qilib, ishlab chiqarish jarayonlariga kalendar-reja
modulida o‘rnatilgan me’yorlarini faol qo‘llashga asoslangan yondashuv deb
aytish mumkin, rejalashtirishni optimallashtirish zaruriyati bilan raqobatga borishi
bunday yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi. An’anaviy MRPII/ERP-
tizimlarida rejalashtirishning optimallashtirish elementlari faqat quyi darajada -
261
tezkor rejalashtirish masalalarini echishda uchraydi.
MRPII/ERP tizimlarni joriy etish va hisoblash quvvatini o‘sishi,
raqobatchilik muhiti sharo itlarida boshqaruvning yangi usullarini izlash natijasida
1990
yillar
o‘rtasida
MRPII/ERP
tizimi
standartlariga
asoslangan
“rejalashtirishning rivojlangan tizimlari” (Advanced Planning/Scheduling – APS)
nomini olgan yangi sinfdagi tizimlar paydo bo‘ldi. Bu tizimlar rejalashtirish
masalalarini echishda ishlab chiqarish jarayonlarida kalendar-reja o‘rnatilgan
me’yorlari o‘rniga iqtisodiy-matematik usullarni qo‘llab borishi bilan farq qiladi.
APS tizimi ananaviy MRP-rejalashtirishga qo‘shimcha ravishda kiritish mumkin
bo‘lgan alohida optimallashtiruvchi modullarni ifoda etadi.
Bunday yondashuv murakkab ko‘p turdagi ishlab chiqarish uchun o‘ta
samarali bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda, boshqaruv xodimining tabiiy ravishda
malakaviy darajasiga yangicha talablar qo‘yadi.
MRPII/ERP konsepsiyalarini har bir lahzada shartli ravishda uch qatlamga
ajratish mumkin. Birinchi qatlamda tajribada sinalgan va standartlar ko‘rinishida
mustahkamlangan vosita va usullar joylashadi. AQSHda davlat, qisman, mudofa
Vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan standartlar tizimi mavjud. Bu
standartlarda davlat buyurtmalarini bajaradigan kompaniya axborot tizimlari uchun
alohida talablar shakllantirilgan. Natijada shartnoma tuzish bosqichida byudjet
xarajatlari to‘g‘ri tarqatilayotganligiga davlatning ishonchi ortadi, uni bajarish
bosqichida esa bajarilish muddati va haqiqiy xarajatlar har tomonlama nazorat qilib
boriladi.
Ikkinchi qatlam etarlicha barqaror xususiyatga ega bo‘lib, har doim
qo‘llaniladigan usul va qoidalar majburiylik tavsifiga ega bo‘lmaydi. Ularni
funksional tuzilishni chuqur tahlil etgan holatdagina aniqlash mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilarning asosiy tizimga kiritadigan yangi dasturiy
mahsulotlari MRPII/ERP g‘oya va usullarining uchinchi qatlamiga kiritiladi. Bu
mahsulotlar asosida foydalanilayotgan axborot texnologiyalari turli dasturiy
mahsulot ishlab chiquvchilarning “nou-xou”larini o‘zida ifoda etadi va odatda,
aynan shu qatlam dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi turli firma mahsulotlaridagi
262
sezilarli farqlarni aniqlab olishga imkon beradi. Ba’zi yangi texnologiyalar yirik
axborot tizimlarini qurish samaradorligiga jiddiy ta’sir etish xususiyatiga ega
hisoblanadi.
YAngi innovatsiyalar asosida tashkil etilgan korxonalarda tizimni qurishda
etarli infratuzilish va uslubiyotning mavjudligi MRP II/ ERP turidagi boshqaruv
avtomatlashtirilgan
axborot
tizimlarini
joriy
etishda
yuqori
darajadagi
samaradorlikka erishishning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi baholashlarga
ko‘ra, bunday tizimlarni joriy etilishi zahirada ushlab turish zaruriyatini 8-30%
qisqarishiga, ishlab chiqarish unumdorligini 8-27% o‘sishiga, muddatida bajarilgan
buyurtmalar sonini 7-20% o‘sishiga olib keladi. Axborot tizimlarini rivojlantirilishi
biznesni takomillashtirish talablarida ham o‘z aksini topadi. Aniq biznes-
jarayondagi boshqaruv sifatini axborot jarayonlari, hujjat aylanishlar va boshqaruv
qarorlarini qabul qilishga tayyorgarlikni tezlashtirishga qo‘yiladigan talablarga
mos holda oshirish zamonaviy axborot tizimlarini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy
talablardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, boshqaruvni avtomatlashtirilgan axborot texnologiya
va tizimlari biznes strategiyalarni ishlab chiqish, boshqaruvdagi o‘zgarishlar,
xodim bilan maqsadli yo‘naltirilgan ishlarda bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanib,
korxona strategiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ahamiyatli o‘ringa ega
bo‘ladi. Jahon amaliyotida to‘plangan tajriba va usullarga asoslangan holda
biznesni boshqarishni ko‘plab quvvatlashga yo‘naltirilgan integrallashgan axborot
tizimlarini
rivojlantirish
konsepsiyasini
yaratish
istiqbolli
boshqaruvni
avtomatlashtirilgan axborot texnologiya va tizimlarini yaratishning bosh mezoni
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |