niderland,italyan,fransuz, nemis cherkovlari haqiqiy konsert zal va sahnalariga aylanib
tomoshabinlarni ruxoniylar, bazan san‟atkorlarning mohiron ijrolari bilan lol qoldirgan.
O„sha paytlarda organchilar klavikkord va klavisin cholg„usini mohir sozandalari ham
bo„lgan. Bora bora klavir musiqa organ va ud musiqasidan yiroqlashib, ajralib boradi.
Klavir uchun asarlar repertuarida salmoqli ismini raqslar va Syuita (fransuz tilidan-qator,
ketma-ketlik) nomi bilan e‟tirof etilgan raqs turkumlari egallagan. Syuita tarkibiga
vazmin nemis allemanda, harakatchan fransuz kuranta, sekin ispan sarabandasi va tezkor
ingliz jiga raqslari kirgan. Ba‟zan mazkur asosiy raqslarga qo„shimcha raqslar o„rniga
ariya va rondo kiritilishi mumkin bo„lgan. Prelyudiya yoki Uvertyura butun raqs
turkumini an‟anaga ko„ra ochib bergan.
Syuita bilan bir qatorda boshqa turkumlar ham paydo bo„ldi. Shulardan biri-sonata va
konsert janrlari Sonata shaklining asosiy turiga mazkur davrda cherkov sonatasi
hisoblangan. Mazkur janr asosan cherkovlarda, diniy bayramlarda ijro etilishi uchun
mo„ljallangan.
Cherkov sonatasi bilan bir qatorda dunyoviy sonata turlari ham mavjud bo„lgan. Shu
asosda Italiya va Olmoniyada klavisin sonatalari dunyoga keldi. Ushbu davrda nemis
kompozitori Iogann Kunau qalamiga mansub “Bir necha bibliya hikoyalarni musiqiy
tavsifi” (1770).
O„sha davrda kamer musiqa deb cherkovdan tashqari, ya‟ni xonaki sharoitida ijro
etiluvchi musiqa nazarda tutilgan. Asta sekin mazkur termin bilan har bir alohida cholg„u
uchun yozilgan mustaqil partiyalar, ya‟ni ansamblli asarlar tushuniladi. Olmoniya,
Shvetsariya, Chexiya, Gollandiya, Shvetsiya mamlakatlarida Collegium musicum, kamer-
cholg„u, orkestr musiqasini ijro etish uchun to„plangan va asosan talabalar, byurgerlar
qisman san‟atkorlardan tashkil qilingan jamoalar paydo bo„ldi. Bora bora ular orasidagi
farq keskinlashib bordi.
XVII asrda ikkita skripka va viola da gamma cholg„ulari uchun mo„ljallangan, ba‟zan
ularga basso continuo (uzluksiz bas) qo‟shimcha kiritilgan trio–sonata eng mashhur
janrlardan biri hisoblangan. Skripkalar ayrim hollarda fleyta va goboylarga almashgan.
Dastlabki bosqichda trio-sonatalarning tuzilish shaklu shamoili turlicha bo„lgan. So„nggi
bosqichda esa asosiy ko„rinishi tasdiqlandi: vazmin tantanavor muqaddima, Fuga singari
Allegro birinchi qismi, kuychan va sekin ikkinchi qism va an‟anaga ko„ra tez raqsbop
final.
Uzining tuzilishiga ko„ra trio-sonata qadimgi konsert shakliga yaqindir. Biroq unga
musobaqaviy kayfiyat birlamchi o„rin tutadi Agar oddiy konsertda yakkaxon cholg„u
butun orkestra taqqoslanib talqin etilsada, bir necha guruh cholg„ularni butun orkenstr
cholg„ulari bilan musobaqa qilishi “katta konsert” ya‟ni concerto grosso deb atalgan.
Soncertogrosso janrining rivoji uchun iste‟dodli italyan kompozitori, dirijyor va
skripkachi Arkadjelo Korellining (1653-1713) qo‟shgan ulushi katta. Biroq soncerto
grosso uning ijodiy bisotida yagona janr emas. U ko„plab trio-sonata, qadimgi sonata
shakli ustida ijod qilgan. Darhaqiqat, Korelli italyan skripka maktabining asoschilaridan
biri hisoblanadi, uning ijodi esa XVII-XVIII bo„sag„asidagi asrlarning musiqa san‟atining
cho„qqisini gavdalaydi. Uning an‟analarini boshqa buyuk italyan kompozitori to„rt
konsertlardan iborat turkum “Yil fasllari” muallifi Antonio Vivaldi (1678-1741) davom
ettirdi. Karl Galdoni uzining memuarlarida kompozitorni zamondoshlari ta‟biri bilan
aytilgan “mallasoch ruxoniy”ni, o„z vaqtida uddaburon va o„ta zehni o„tkir inson qilib
gavdalagan. Italiyada skripka san‟ati va skripka uchun musiqani jadal rivojlanib borishi
tabiiy omillar bilan bog„liq bo„lgan. Bu avvalo Italiyada kuychan mohirona skripka ijrosi
yuqori rutbaga ko„tarilib va asta-sekin qadimgi davr cholg„usi violani surib chiqaradi.
Mashhur italyan skripka ustalarining faoliyati ham skripka cholg„usini keng tarqalishiga
zamin yaratib berdi. Xususan XVII asr o„rtalarida XVII boshlarida Kremonada buyuk
skripka ustasi-Antonio Stradivari yashab ijod qilgan. Skripkadan tashqari u ko„plab turli
xil torli cholg„ularni yasab keldi va bugunda bu sozlar san‟at namunasini noyob
yodgorliklariga aylangan. Stradivari italyan skripka maktabi ustalari, ustozi Nikolo Amati
an‟analarini davom ettirgan. Stradivarining zamondoshi Djuzeppl Gvarneri ham italyan
ustalari maktabining an‟analari qudratiga o„zining katta ulushini qo„shgan.
Agar Appenin orolida-Italiyada skripka hukumdorlik qilgan bo„lsa qo„shni davlat
Fransiyada birinchi o„ringa turli cholg„ulardan aynan klavir va uning turdoshi bo„lgan
Do'stlaringiz bilan baham: