Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


  Respublikada amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatning asosiy



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana25.06.2021
Hajmi1,05 Mb.
#101375
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekistonda ijtimoiy- siyosat va uning mohiyati

1.2.  Respublikada amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatning asosiy  

yo‟nalishlari 

O‟zbekistonda  ijtimoiy  himoya  tizimi  XX  asrning  20-yillaridan  boshlab 

shakllana  boshladi.1990-yillarga  kelib,  bozor  iqtisodiyotiga  o‟tish  asosida 

                                                           

1

O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga 



muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtrish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‟yicha 

Jamoftchilik kengashi hamda  Ilmiy  –  metodik  kengashi faoliyatini tashkil etish to‟g‟risida”gi Qarori.  – T., 2014 // 

Norma. Информационно – поисковые системы. 1-ilova. 

2

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining    “Kam  ta‟minlangan  oilalarga  ijtimoiy  nafaqalar  va  moddiy 



yordam  tayinlash  va  to‟lash  tartibi  to‟g‟risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida”gi  Qarori.  –  T.,  2013  //  Norma. 

Информационно – поисковые системы. 




 

 

amaldagi  islohotlarga  mos  ravishda  yangidan  tashkil  etildi.  Ayniqsa,  milliylik, 



o‟zlikni  anglash,  e'tiqod  va  an'analarning  tiklanishi  ijtimoiy  himoya  tizimiga 

muhim yangilik bo‟lib qo‟shildi.  

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  ham  "Islohotlarimizning  muhim 

tamoyillaridan biri aholining kam ta'minlangan tabaqasi, bolalarni muhofaza ostiga 

olish, ularni puxta himoyalashdir.Yoshlarning bilim olishi, kasb - hunar egallashi, 

ish  bilan  ta'minlanishiga  har  tomonlama  yordam  berish  davlatimizning  muqaddas 

burchidir"

1

, - deb ta'kidlab o‟tgan. 



Bunday  ijtimoiy  yo‟nalish  olgan  bozor  munosabatlariga  o‟tish  sharoitida 

qabul  qilingan  qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlar  aholining  eng  muhtoj 

tabaqalarini  ijtimoiy  himoya  qilishni  ta'minlab  berishi  lozim  edi.  Aholining  kam 

ta'minlangan  nochor  tabaqalariga,  pensionerlarga,  nogironlarga,  ko‟p  bolali 

oilalarga  amaliy  yordam  ko‟rsatish  ijtimoiy  himoya  tizimining  bosh  yo‟nalishi 

bo‟lib  qoldi.qisqa  vaqt  ichida  ijtimoiy  muammolarni  hal  etish,  aholini  ijtimoiy 

himoyalashning aniq yo‟naltirilgan va samarali tizimi vujudga keldi

2



O‟zbekistonda  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  iqtisodiy  islohotlar  dasturida 

uzluksiz  ustuvor  yo‟nalishlardan  biri  hisoblanadi,  ya'ni  islohotlarning  hamma 

bosqichlarida  ustuvor  hisoblanadigan  vazifalar  qatoriga  kiradi.Mamlakatda 

ijtimoiy  yo‟naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  barpo  qilishda  davlat  tomonidan  kuchli 

ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O‟zbekistonning 

o‟z istiqlol va taraqqiyot yo‟lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi

3



1994-yilga  kelib  O‟zbekistonda  aholini  ijtimoiy  himoyalash  tizimi  tubdan 



o‟zgartirildi.  Ijtimoiy  ko‟mak  berishning  mutlaqo  yangi,  ilg‟or  tizimi 

shakllantirildi.O‟tish davrida jamiyatdagi mulkning tengsizlik me'yorlarini adolatli 

regulyatsiya qilish negizini muhim omillar tashkil etadi. 

O‟zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  konstitutsiyaviy  huquqlari  va 

erkinliklarining  muhim  yo‟nalishlaridan  biri  voyaga  yetmaganlar,  bolalikdan 

                                                           

1

Jo‟raev N. Konstitutsiya: iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy himoya//Sog‟lom avlod uchun. – T., 2012/4. – 3-b. 



2

O‟zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta‟minot huquqi. TDYI. – T., 2005. – 7-b. 

3

Rasulov M. Inson taraqqiyoti to‟g‟risida maruza // O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. T. 4. – T., 2002. 90-b.  




 

 

nogironlar,  mehnatga  qobiliyatsizlar  va  qariyalar  hamda  yolg‟iz  keksalarning 



huquqlari davlat himoyasiga olinganligidadir

1



O‟zbekistonda  bozor  sharoitida  ijtimoiy  siyosat  asosan  ikki  yo‟nalishda 

amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot. 

Ijtimoiy  himoya  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish  davrida  aholini  ijtimoiy 

va moddiy muhofaza qilish va milliy xo‟jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, 

ijtimoiy  chora  -  tadbirlar  majmui  bo‟lib,  xususan  aholining  yoshi,  salomatligi, 

ijtimoiy  holati  hamda  hayot  kechirishning  zarur  vositalariga  ega  bo‟lmaganligi 

sababli yordamga muhtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va ja‟g'armalari 

tomonidan ko‟rsatiladigan yordamdir

2



Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib 



borish,  qashshoqlanishning  oldini  olish,  madaniyat  va  san'at  yutuqlaridan 

bahramand  bo‟lish,  kasb  malakasini  oshirish  va  daromadlarni  ta'minlashdagi 

tafovutlarni kamaytirish, inson taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlashdan iborat. 

Ammo  ijtimoiy  himoyalash  aholining  kam  ta'minlangan  qatlamlari 

hisoblanadigan  -  bolalarni,  nafaqadorlarni,  nogironlarni,  talaba  va  o‟quvchilarni 

moddiy  qo‟llab  -  quvvatlashdangina  iborat  emas.  Kuchli  ijtimoiy  siyosat  mehnat 

bozori  va  bandlik,  aholi  turmush  darajasi, aholi  daromadlari  va  harajatlarida  ham 

o‟z aksini topadi. 

Yurtimizda  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish,  har  tomonlama  barkamol 

avlodni  tarbiyalash,  aholi  o‟rtasida  sog‟lom  turmush  tarzini  targ‟ib  qilish 

masalalariga  alohida  e'tibor  qaratila  boshlandi.  Prezident  I.A.Karimov  tashabbusi 

bilan  qator  yillarning  onalar  va  bolalar  sog‟ligiga,  oilalar  mustahkamligiga, 

aholining  ijtimoiy  himoyasiga  bag‟ishlanganligi,  aynan  farzandlarimiz  sog‟ligini 

mustahkamlash,  sog‟lom  avlod  shakllanishiga  qaratilgan  masalalarning  hal 

qilinishiga  qaratilgan  chora  -  tadbirlarning  ishlab  chiqilishi  va  amalga  oshirilishi 

muhim ahamiyat kasb etadi

3



                                                           



1

O‟zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta‟minot huquqi. TDYI. – T., 2005. – 7-b. 

2

www. press-reliz.uz 



3

Inomova S. Oila farovonligida ijtimoiy muhofazaning ahamiyati//Sog‟lom avlod uchun. -2012/12. 2 bet. 




 

 

Ma'lumki,  o‟tish  davrida  ishsizlar  sonining  ortishi,  ishchi  kuchi  tarmoq 



tarkibining  o‟zgarishi,  ishchi  kuchi  eksportining  kuchayishi,  ishchi  kuchidan 

foydalanish  samaradorligining  pasayishi,  mehnat  resurslaridan  foydalanishda 

hududiy  tafovutlarning  ortishi,  yashirin  ishsizlikning  ko‟payishi  kabi  salbiy 

holatlar  paydo  bo‟ladi.  Bunday  holatlarning  oldini  olish  yoki  ularni  yumtashish 

maqsadida  O‟zbekistonda  mehnat  bozorini  rivojlantirish  va  uni  boshqarishni 

takomillashtirish  hamda  samarali  banlik  siyosatini  amalga  oshirishga  alohida 

e'tibor qaratildi.  

Davlatning  bandlikni  ta'minlashga  oid  siyosati  mehnat  resurslaridan  oqilona 

foydalanish  va  ishsizlikning  oldini  olishga  doir  say'  -  harakatlarda  ham  o‟z 

ifodasini  topadi.  Chunki  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  to‟liq  bandlik  emas,  balki 

samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega. 

Ijtimoiy  himoyaning  asosiy  shakllari  erkin  ijtimoiy  -  iqtisodiy  faoliyatni 

ta'minlash,  ish  bilan  bandlik,  o‟qish  va  ta'lim  olish,  daromadlarni  kafolatlash, 

iste'molchilar  huquqlarining  himoyasi  va  iste'mol  kafolatini  ta'minlash,  aholiga 

tibbiy xizmat ko‟rsatish, aholining kam ta'minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar 

va to‟lovlar joriy etish kabilarni o‟z ichiga oladi

1



Yangi  ish  joylarini  yaratish  dasturlari,  infilyasiyaning  oldini  olish  chora  - 



tadbirlari, kichik va hususiy biznesning erkin faoliyati uchun yaratilayotgan shart - 

sharoitlar,  atrof  -muhitni  muhofaza  qilish  tadbirlari,  Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturining  hayotga  tatbiq  etilishi,  fuqarolar  o‟zini  o‟zi  boshqarishning  mahalla 

tizimini rivojlantirish, eng kam ish haqai miqdorining, davlat sektoridagi ishchi va 

xizmatchilar  ish  haqining  oshirib  borilishi  ijtimoiy  himoya  tizimining  tarkibiy 

qismlariga aylandi.  

Ijtimoiy himoya tizimi keyingi yillarda yanada takomillashtirilib, aholini yalpi 

ijtimoiy  himoya  qilish  tizimidan  uning  manzilli  va  maqsadli  tizimiga  o‟tildi.  Bu 

tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mahalla tizimi orqali kam 

ta'minlangan  oilalar  va  ko‟p  bolali  oilalar  hisobidan  yuz  minglab  oilalar  moddiy 

yordam olmoqda. 

                                                           

1

www.press-reliz.uz 




 

 

O‟zbekistonda  ijtimoiy  siyosatning  muhim  yo‟nalishlaridan  biri  davlat 



tomonidan,  xususan,  byudjet  mablag‟lari  hisobidan  keksaygan,  mehnatga 

layoqatsiz,  boquvchisini  yo‟qotganlarga  moddiy,  tibbiy  va  ijtimoiy  yordam 

ko‟rsatishdan  iboratdir.  Bu  davlat  ijtimoiy  ta'minoti  tizimi  bo‟lib,  o‟z  ichiga 

ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi. 

Pensionerlarga  g‟amxo‟rlik  qilish,  ularning  turmush  sharoiti  vahayot  sifatini 

yaxshilash ijtimoiy yo‟naltirilgan siyosatni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar 

tizimida  muhim  o‟rin  tutadi.  Respublika  davlat  pensiya  ta'minoti  qariyalar, 

nogironlar  va  boquvchisini  yo‟qotgan  oilalarni  qamrab  olgan  keng  ko‟lamli 

ijtimoiy tizimdir

1



Ijtimoiy  ta'minot  bevosita  davlat  va  mahalliy  byudjetlardan  ajratiladigan 

mablag‟lar,  homiylar  va  boshqa  manbalarning  mablag‟lari  hisobidan  amalga 

oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordam ko‟rsatish tartibi va yo‟nalishlari qonunan 

belgilangan,  an'analarga  asoslangan  vaxalqaro  tajribada  sinalgan  tartib-qoidalarga 

ko‟ra shakllantirilgan. Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo‟qotganlik bo‟yicha 

nafaqalar  hamda  nogiron  bolalarga,  bolalikdan  nogironlarga,  ishlamagan  yolg‟iz 

nogironlar va keksalarga belgilangan ijtimoiy to‟lovlar ijtimoiy ta'minotning asosiy 

shaklidir

2



Qariya  va  nogironlarga  ijtimoiy  xizmatlar  ko‟rsatish,  muhtojlarni  tibbiy 



anjomlar bilan ta'minlash, nogironlarni o‟qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va 

dam  olish  uylariga  imtiyozli  yo‟llanmalar  joriy  etish,  jamoat  transportida  yurish 

imtiyozlari  berish,  turar  joy,  soliq  va  maishiy  xizmatlarning  imtiyozli  shakllarini 

joriy  etish  kabilar  respublikamizda  ijtimoiy  ta'minotning  keng  tarqalgan  shakllari 

hisoblanadi. 

O‟zbekistan  Respublikasi  Konstitutsiyasida  "Har  kim  qariganda,  mehnat 

layoqatini yo‟qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‟lganda va qonunda 

nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega. 

                                                           

1

Mametova M. Aholini ijtimoiy qo‟llab – quvvatlashning samarali mehanizmi//O‟zbekiston Milliy axborot agentligi 



sayti. – T., 2012.29.03. 

2

www.press-reliz.uz 




 

 

Pensiyalar,  nafaqalar,  ijtimoiy  yordam  boshqa  turlarining  miqdori  rasman 



belgilab qo‟yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‟lishi mumkin 

emas"


1

, - deb belgilab qo‟yilgan. 

90-yillar boshidan bozor  munosabatlariga o‟tish va ijtimoiy-iqtisodiy  tizimni 

isloh  qilish  davrida  aholini,  ayniqsa  nochor  guruhlarni  aniq  manzilli  va  maqsadli 

ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi, pensiya jamg‟armasi, ijtimoiy nafaqalar, 

pensiyalar  va  nafaqalar  indeksatsiyasi  kabi  tushunchalar  va  tuzilmalar  amal  qila 

boshladi.  Alohida  bir  fuqaroga,  fuqarolar  toifalariga  boshqa  fuqarolar  bilan  teng 

imkoniyatlar  berish  orqali  ularning  to‟laqonli  hayot  kechirishini  ta'minlashga 

qaratilgan chora-tadbirlar majmui yaratildi. 

Ijtimoiy  ta'minot  choralariga  fuqarolarning  pensiya  ta'minoti  (keksalik 

bo‟yicha, nogironlik bo‟yicha, boquvchisini yo‟qotganlik bo‟yicha) va ijtimoiy na-

faqalar (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg‟iz nogiron va 

keksalarga),  muhtojlarni  bepul  protez  ortopediya  va  harakatlanish  vositalari, 

eshitish  moslamalari,  hassa  va  qo‟ltiqtayoqlar  bilan  ta'minlash,  nogiron  bolalarni 

kasbga o‟qitish va ishga joylashishida yordam ko‟rsatish, bepul sanatoriy va dam 

olish uylarida sog‟lomlashtirish, bepul tibbiy xizmat, bepul ta'lim berish, turar joy, 

maishiy xizmat, soliqlarga aloqador imtiyozlar va kafolatlar  kiradi.  

Bu  kafolatlar  va  imtiyozlardan  urush  nogironlari,  qatnashchilari  va  ularga 

tenglashtirilganlar;  o‟zgalar  parvarishiga  muhtoj  yolg‟iz  keksa  pensioner  va 

nogironlar; boquvchisidan ajralgan oilalar, kam ta'minlangan oilalar; "Mehribonlik 

uylari"  va  maktab  internatlarni  bitirib  chiqqan  va  oilasi  yoki  qarindoshlari 

bo‟lmagan yetim bolalar; ijtimoiy xususiyatga ega surunkali va og‟ir kasalliklarga 

chalingan,  lekin  nogiron  bo‟lmagan  shaxslar;  mehnat  organlarida  rasman  qayd 

etilgan ishsiz fuqarolar toifalari foydalanadilar

2



Mamlakatimizda  pensiya  ta'minoti  tizimi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning 



hamjihatlik  tamoyillariga  asoslangan  muhim  tarkibiy  qismi  bo‟lib,  u  avlodlar 

birdamligining mustahkam mexanizmini yaratishga qaratilgan. Bugun ushbu tizim 

                                                           

1

O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. IX bob. 39 modda. – T.,  2009. – 9-b. 



2

Rasulov M. Inson taraqqiyoti to‟g‟risida maruza // O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. T. 4. – T., 2002. 90-b.  




 

 

2,9  million  nafardan  ortiq  fuqaro  yoki  aholining  qariyb  10  foizini  qamrab  olgan. 



Jumladan  mamlakatimizda  2100  ming  nafardan  ortiq  fuqaro  yoshga  doir,  441,5 

ming  nafardan  ortiq  kishi  nogironlik  pensiyasini  olmoqda.  Ayni  vaqtda 

boquvchisini  yo‟qotganlik  pensiyasi  oluvchilar  183,7  ming,  ijtimoiy  nafaqa 

oluvchilar 219,4 ming kishini tashkil etadi

1



Aholini  ijtimoiy  himoyalashning  bosh  maqsadi  mamlakat  aholisining 



manfaatlarini muhofaza qilish, turmush darajasini oshirish, samarali mehnati uchun 

zarur  sharoit  yaratish,  ijtimoiy  barqarorlikni  ta'minlashdan  iborat.  Bu  maqsadga 

aholi 

daromadlarini 



uzluksiz 

oshirib 


borish 

va 


daromadlar 

tarkibini 

takomillashtirish orqali erishish mumkin.  

O‟zbekiston  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  teng  huquqli  a'zosi  sifatida 

MDH  davlatlari  orasida  birinchilardan  bo‟lib,  ko‟plab  xalqaro  hujjatlarni  e'tirof 

etdi va o‟z  zimmasiga xotin  - qizlarga nisbatan kamsitish siyosatini o‟tkazmaslik 

vazifasini oldi hamda  xotin - qizlarning faolligini oshiruvchi tadbirlarni belgiladi. 

Xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  ayollar  faolligini  oshirish,  ularga  nisbatan 

kamsitishlarning  har  qanday  ko‟rinishiga,  shu  jumladan,  bugungi  kunda  ba'zi  bir 

oilaviy  munosabatlarda  yuzaga  kelayotgan  nizolarga  barham  berish  borasida  turli 

xil  qonunlarning  qabul  qilinishi  va  konvensiyaning  ishlab  chiqilganligi  hamda 

ushbu  mavzuga  doir  turli  xil  xalqaro  miqyosdagi  tadbirlarning  muntazam 

o‟tkaziilishining  o‟ziyoq  ayollar  faolligini  oshirish  qanchalik  dolzarb  ekanligi 

anglatadi. 

1995-yil  2-martda  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O‟zbekiston 

Respublikasi davlat va jamiyat qurilishida  xotin - qizlarning rolini oshirish chora - 

tadbirlari  to‟g‟risida"gi  farmoni  chiqdi.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2004-yil  25-maydagi  "O‟zbekiston  xotin-qizlar  qo‟mitasi  faoliyatini  qo‟llab-

quvvatlash  borasidagi  qo‟shimcha  chora-tadbirlar  to‟g‟risida"gi  Farmoni  va 

O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  shu  Farmonning  ijrosini 

ta'minlash  chora  -  tadbirlari  to‟g‟risidagi  2004-yil  30-iyunda  qabul  qilingan  qaror 

                                                           

1

Mametova M. Aholini ijtimoiy qo‟llab – quvvatlashning samarali mehanizmi.//O‟zbekiston Milliy axborot agentligi 



sayti. – T., 2012.29.03. 


 

 

va  boshqa bir qator  meyoriy  hujjatlar xotin  - qizlarning obro‟  -  e'tiborini  oshirish 



va  mustahkamlash,  ularning  jamiyat  hayotida  faol  ishtirok  etishlari  uchun  zarur 

shart - sharoitlar yaratish, oila, mahalla, qishloq va ovullarda diniy, ma'rifiy ishlar 

bo‟yicha  maslahatchilar  tayinlash  respublikamizda  yashayotgan  dinidan,  irqidan, 

millatidan  qat'i  nazar  barcha  xotin  -  qizlar  faolligini  oshirish  davlat  siyosati 

darajasiga ko‟tarilganligidan dalolat beradi

1



  Inson 

manfaatlarini 

himoyalashga 

asoslangan 

Ijtimoiy 

siyosat 


mamlakatimizda  ustuvor  ahamiyatga  ega  ekanligi  ma'lumdir.  Ijtimoiy  himoya 

tizimining  muhim  yo‟nalishlaridan  biri  jazoni  o‟tab  bo‟lgan  xotin  -  qizlarni 

ijtimoiy hayotga moslashtirishdan iboratdir. Mazkur ijtimoiy guruh vakillari bilan 

ijtimoiy ishni tashkil etishning o‟ziga hosliklari va bunda ijtimoiy ish xodimining 

asosiy  maqsadi  ularni  qayta  bunday  qonunga  zid  bo‟lgan  qonunbuzarlik  ishlarini 

qilmasligiga,  oilasi  va  jamiyati  uchun  kerak  inson  ekanligini  ularning  ongiga  

singdirishdan iboratdir. 

Shuning  uchun  ham  bugungi  kunda  jazo  muddatini  o‟tash  muassalaridan 

chiqqan  ayollarni  ishga  joylashtirish,  ular  orasida  muntazam  turkum  seminar  va 

suhbatlar  olib  borib  turish  kerak.  O‟zbekistonda  bir  necha  yildan  buyon 

O‟zbekistonning  barqarorligiga  xavf  soluvchi  jinoyat  sodir  etmagan  ko‟pgina 

mahbuslarni  jazo  o‟tashdan  ozod  qilish,  ularni  kechirish  bo‟yicha  O‟zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  chiqarilayotgan  Farmon  va  qarorlar  hamda 

ularni ijtimoiy hayotga qaytarish to‟g‟risida olib borayotgan siyosatining negizida 

ham insonparvarlik va bag‟rikenglik yotadi. 

"Jazo muddatini o‟tagan xotin - qizlarning jinoyat ishlarini sotsiologik analiz 

qilib  nima  sababdan  bunday  jinoyat  ishlarini  sodir  etganligini  ilmiy  tahlil  qilish 

lozim. Ularning qayta bunday ishlar bilan shug‟ullanmasliklari uchun ijtimoiy ish 

xodimlari doimiy ravishda ular bilan muloqotda bo‟lishlari lozim"

2



Demakki, jazo muddatini o‟tab, o‟z uylariga, yaqinlari orasiga qaytgan xotin - 

qizlarni  ish  bilan  ta'minlash,  ular  bilan  atrofdagi  insonlar  o‟rtasida  samimiy 

                                                           

1

Shodieva D.A. Jazoni o‟tab qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish //Xalq ta‟limi. 2012/1. – 129-b. 



2

O‟sha manba. – 129-b. 




 

 

munosabat  o‟rnatishga  ko‟maklashish,  ularni  yana  avvalgi  yaxshi  hayotlariga 



qaytarish, ular ongiga oilasi va jamiyat uchun hali ham kerakli inson ekanliklariga 

va  davlatimiz,  xalqimizga  nafi  tegadigan  ko‟plab  ishlarni  amalga  oshirishlari 

mumkinligiga ishontirish kerak. 

Yetim  bolalarni  va  ota  -  ona  qarovisiz  qolgan  to‟liq  davlat  ta'minotidagi 

bolalarni  ijtimoiy  himoya  qilish  muhim  masala  hisoblanadi.  Ular  barcha  turdagi 

umumta'lim maktablarini bitirib chiqqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim - 

bosh,  poyabzal  va  anjomlar  sotib  olish  uchun  to‟lanadigan  nafaqalar  miqdorini 

2002-yilda  -  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdorining  80  baravarigacha,  2003-yilda  - 

100  baravarigacha,  shuningdek  pul  nafaqasini  2002-yilda  -  eng  kam  ish  haqi 

miqdorining  3  baravarigacha  va  2003  yilda  -  5  baravarigacha  miqdorda  oshirish 

belgilanadi

1

.  



2000  –  2005-yillarda  ijtimoiy  himoya  tadbirlariga  O‟zbekiston  Respublikasi 

davlat  byudjetidan  yalpi  ichki  mahsulot  hajmining  2,2  -  1,8%  miqdorida 

mablag‟lar  ajratishi  va  uning  asosiy  qismi  kam  ta'minlangan  oilalarga,  shu 

jumladan  bolali  oilalarga  nafaqalar  berishga  sarflandi.  2005-yilda  ijtimoiy 

himoyaga  davlat  byudjeti  xarajatlari  279,6  mlrd.  so‟m  (YAIM  ning  1,8%)  ni 

tashkil  etdi.  Ijtimoiy  ta'minot,  ijtimoiy  yordam,  ijtimoiy  reabilitatsiya  (tiklash) 

tadbirlari ijtimoiy himoyaning tarkibiy qismlarini tashkil etadi

2



Mustaqillik  yillarida  yoshlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,  davlat  tomonidan 

yoshlarini  ijtimoiy  qo‟llab  -  quvvatlash,  O‟zbekistonning  ijtimoiy  -  siyosiy 

hayotida  yoshlarning  ishtirokini  takomillashtirish  yo‟nalishiga  ham  alohida 

ahamiyat qaratildi. 

Prezident  I.A.Karimov  -  "Men  qayerda,  qanday  yig‟ilish,  qanday  anjuman 

bo‟lmasin,  siz,  navqiron  yoshlarimizning  vakillari  bilan  uchrashganda,  sizlarning 

yonib  turgan  ko‟zlaringizni,  kuch  –  g‟ayratga  to‟lgan  qaddi  -  qomatingizni 

ko‟rganda qalbimda beihtiyor katta g‟urur va iftihor paydo bo‟ladi. Men sizlarning 

barchangizni  haqiqatdan  ham  yaxshi  ko‟raman,  sizlar  uchun,  sizlarning  baxtu 

                                                           

1

O‟zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta‟minot huquqi. TDYI. – T., 2005. – 7-b. 



2

www. lex.uz 




 

 

saodatingiz uchun butun borlig‟imni bag‟ishlashga ham tayyorman",



1

 -  deb aytgan 

fikrlari ham yoshlarga bo‟lgan e'tiborning kuchliligidan dalolat beradi. 

Modernizatsiya  va  liberallashtirish  jarayonlaridan  kelib  chiqqan  holda 

O‟zbekiston  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  yoshlar  ishtirokini  takomilashtirish  uchun 

o‟ziga  xos  bo‟lgan  istiqbolli  rivojlanish  yo‟nalishlarini  belgilab  olgan.  Shu 

yo‟nalishlardan  biri  "ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  yoshlar  qatlamlarini  qo‟llab-

quvvatlash,  bu  vazifani  davlatning  ustuvor  vazifalaridan  biri  sifatida  qabul  qilish. 

Davlat  tomonidan  birlamchi  yordamga  muhtoj  qatlam  sifatida  bolalar,  yoshlar  va 

talabalarni alohida ta'minlash"

2

, - hisoblanadi. 



O‟zbekistonda  iqtidorli  yoshlarni  moddiy  rag‟batlantirish  va  ma'naviy 

qo‟llab-quvvatlashning  samarali  tizimi  amal  qilmoqda.  Iste'dodli  yoshlarni  izlab 

topish,  ularga  ko‟maklashish,  ularning  qobiliyati  va  iste'dodini  o‟stirish  bo‟yicha 

maxsus  jamg‟armalar  tashkil  etildi.  Yoshlarni  rag‟batlantirish  maqsadida  atama 

stipendiyalar  tashkil  etildi.  Oliy  o‟quv  yurtlarida  bakalavr,  magistr  va  aspirantlar 

uchun davlat  stipendiyalarining turli shakllari  joriy  etilgan.  Ularning  eng  yuqorisi 

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  stipendiyasidir.  Ushbu  stipendiya  11 

yo‟nalish  bo‟yicha  bakalavrlar  va  magistrlarga  hamda  5  yo‟nalish  bo‟yicha 

aspirantlarga  beriladi.  Bakalavrlar  uchun  muayyan  yo‟nalishlar  bo‟yicha  Alisher 

Navoiy,  Ulug‟bek,  Beruniy,  Al-Buxoriy,  Ibn  Sino  nomidagi  davlat  stipendiyalari 

ham ta'sis etilgan.  

Jumladan, 

1993-2008-yillarda 

O‟zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

stipendiyasi  sovrindorlari  200  nafardan  ortiq  yoshlarni  tashkil  etdi.  A.Navoiy, 

M.Ulug‟bek,  A.Beruniy,  Al-Buxoriy,  Ibn  Sino  nomli  stipendiya  sovrindorlari 

bo‟lgan talaba yoshlar 2200 nafarni tashkil etdi

3



1991-2008-yillar davomida mamlakatda yosh oilalar manfaatlarini ta'minlash 

davlat  siyosatining  uzviy  qismiga  aylandi.  Prezident  I.A.  Karimov  tomonidan 

2007-yil  18-mayda  qabul  qilingan  "Yosh  oilalarni  moddiy  va  ma'naviy  qo‟llab-

                                                           

1

Karimov  I.A.  O‟zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligining  22  yilligiga  bag‟ishlangan  tantanali  marosimdagi  tabrik 



so‟zi. – T., 2013. // Norma. Информационно – поисковые системы 

2

Topiboldiyev O.R. O‟zbekistonning ijtimoiy - siyosiy hayotida yoshlarning tutgan o‟rni (1991 - 2008 yy.) Tarix 



fanlari nomz. .... diss. - T., UzMU, 2011. - 33-b. 

3

O‟sa manba. – 33-b. 




 

 

quvvatlashga doir qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida"gi farmon



1

  yosh oilalarni 

moddiy  va  ma'naviy  qo‟llab-quvvatlashni  yanada  kuchaytirishga  yo‟naltirilgan 

ezgu  ishlarning  izchil  davomidir.  O‟zbekistonda  950  mingdan  ziyod  yosh  oila 

mavjud

2

.  Jumladan,  yosh  oilalarga  uy-joylar  sotib  olish,  rekonstruksiya  qilish  va 



qurish  uchun  17,  1  mlrd.  so‟m  imtiyozli  ipoteka  kreditlari  berildi.  Respublika 

miqyosida  davlat  tomonidan  yosh  oilalarga  imtiyozli  shartlar  asosida  ajratilgan 

ipoteka, iste'mol va mikrokreditlar miqdori jami 135,7 mlrd. so‟mni tashkil etdi

3

.  



Avval  ta'kidlanganidek,  mamlakatimizda  ijtimoiy  ta'minotning  turli  xillari 

mavjud  bo‟lib,  bu  esa  fuqarolar  ehtiyoj  tug‟ilgan  barcha  hollarda  har  tomonlama 

ta'minot olish imkoniyati yaratilganligini bildiradi

4



Xulosa  qilib  aytganda  O‟zbekistonda  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish 

maqsadida  ko‟plab  kafolatlar  va  imtiyozlar  mavjud.  Ulardan    urush  nogironlari, 

qatnashchilari  va  ularga  tenglashtirilganlar;  o‟zgalar  parvarishiga  muhtoj  yolg‟iz 

keksa  pensioner  va  nogironlar;  boquvchisidan  ajralgan  oilalar,  kam  ta'minlangan 

oilalar; "Mehribonlik uylari" va maktab internatlarni bitirib chiqqan va oilasi yoki 

qarindoshlari bo‟lmagan yetim bolalar; ijtimoiy xususiyatga ega surunkali va og‟ir 

kasalliklarga  chalingan,  lekin  nogiron  bo‟lmagan  shaxslar;  mehnat  organlarida 

rasman qayd etilgan ishsiz fuqarolar toifalari foydalanadilanishlari mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

 

                                                           



1

O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yosh  oilalarni  moddiy  va  maьnaviy  qo‟llab-quvvatlashga  doir 

qo‟shimcha  chora-tadbirlar  to‟g‟risida”gi  farmoni.Yoshlarga  oid  O‟zbekiston  Respublikasi  qonunlarining  hujjatlar 

to‟plami. – T., 2008. – 16-18-b. 

2

Yoshlar yili davlat dasturi. – T., 2008. // Norma. Информационно – поисковые системы. 



3

Bekmurodov A., G‟afurov U., Mustafaqulov SH., Kattaev N. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. – T., 2010. – 26-

b.  

4

O‟zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta‟minot huquqi. TDYI. – T., 2005. – 38-b. 




 

 


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish