Yashirinish joylaridan foydalanish qoidalari
60
3
'echiladi. Agar yashirinish joyidan chiqish kerak bo‘lsa, 2-3 kishi
bo‘lib gazniqoblarni (protivogazlami) kiygan holda va tambur
oldida himoya vositalarini kiygan holda tashqariga chiqiladi.
Asosiy xonalar yotish uchun karavotlar (ikki qavatli), o‘tirish
uchun o‘tirgijoylarida, ya’ni dala sharoitida yashovchilarga asosiy xavf soluvchi
radioaktiv zarrachalardir. Mahalliy aholini, shahardan ko‘chib
kelgan aholini va davolash muassasalarini himoyalash uchun
radiatsiyaga qarshi pana joylar tayyorlanadi.
Radiatsiyaga qarshi pana joylar. Bu inshootlar kishilami
radioaktiv moddalardan va yorug‘lik nurlanishidan himoyalanishini
ta’minlaydi. Bundan tashqari, o‘tuvchi radiatsiyadan (shu jumladan
neytron oqimidan), qisman yadro portlashining zarb to‘lqinidan,
zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan va bakterial
vositalarining bevosita kishilar terisiga va kiyim-kechaklariga
tushishidan saqlaydi.
Radiatsiyaga qarshi pana joylaming radioaktiv nurlanishdan
himoya qilish xususiyatlari uning himoya koeffitsienti bilan
baholanadi. Himoya koeffitsienti radiatsiyaga qarshi pana joyning
radiatsiya ta’sirini necha marta kamaytirishini, kishilarning nurlanish
dozasini qancha kam olishini ko‘rsatadi. Radiatsiyaga qarshi pana
joylaming himoya koeffitsienti juda yuqori boiadigan qilib quriladi.
Masalan, yog‘och uylardagi yerto‘lalar radiatsiya nurlanishini 7-12
marta kamaytiradi. G‘ishtli binolar esa 200-300 marta kamaytiradi.
Radiatsiyaga qarshi pana joylar uchun mo‘ljallangan yertoMalar
va uylaming ichki xonalarini jihozlashda odatda, quyidagi ikki
tadbir amalga oshiriladi. Yerto‘lalaming va xonalaming himoya
xususiyatlari oshiriladi va ularga ventilyatsiya o‘matiladi. Xonalarga
va yerto‘lalarga havoni tabiiy ravishda almashtiruvchi ventilyatsion
mo‘rilar o‘matiladi.
Alohida qurilgan radiatsiyaga qarshi pana joylar odatda yer osti
inshooti bo‘lib hisoblanadi. Uni qurish uchun oldin yer qaziladi
61
va unga ustunlar o'rnatiladi. Yog‘och ustunlar o‘rnatish uchun
turli konstruksiyadagi: yalpi rom, rom-blok, rom-shit, sinch-devor
va boshqa shakldagi konstruksiyalardan foydalaniladi. Ustunlar
o‘matib bo‘lingandan so‘ng va sinch-devorlar yig‘ib bo'lingandan
so‘ng devor va to‘siqlardagi barcha teshiklar va yoriqlar berkitib
chiqiladi. Usti 90-100 sm qalinlikdagi tuproq bilan suvoq qilinadi.
Kirish uchun qalin eshik qo‘yiladi va bu yerdan tambur uchun joy
ajratiladi.
Radiatsiyaga qarshi pana joylar tinchlik davrida xalq xo‘jaligi
rejasiga asoslanib qurilishi talab qilinadi, biroq zaruriyat tug‘ilsa
uy-joy sanoat qurilishida qo‘llaniladigan materiallardan, yana
boshqa mahalliy materiallardan tez quriladigan radiatsiyaga qarshi
pana joylar quriladi.
Radiatsiyaga qarshi pana joylarda joylashish va dam olish uchun
bino balandligiga qarab uch, ikki va bir qavatli nar o‘matiladi.
Tabiiy ventilyatsiya binoning birinchi qavatida hamda 50 kishigacha
mo‘ljallangan yerto‘ladagi radiatsiyaga qarshi pana joylarda
o‘matiladi. 50 kishidan ortiq kishiga mo'ljallangan foydalaniladigan
yerto‘la yoki binoning birinchi qavatidagi radiatsiyaga qarshi pana
joylarda mexanik ventilyatsiya tinchlik davrida sharoitga qarab
hamda tabiiy ventilyatsiya bilan ta’minlash mumkin bo‘lmagan
joylarda o‘rnatiladi.
SogMiqni saqlash muassasalari uchun mo‘ljallangan radiatsiyaga
qarshi pana joylarda faqat mexanik qo‘zg‘atuvchi ventilyatsiya
bo‘lishi talab qilinadi. Yerto‘ladagi radiatsiyaga qarshi pana
joylami havo bilan ta’minlash me’yori xuddi yashirinish joylaridagi
toza ventilyatsiyasidek. Isitish umumiy isitish sistemasidan yoki
pechkadan, suv ta’minoti suv tarmog‘idan rejalanadi. Suv tarmog‘i
bo‘lmaganda berkinayotgan kishi o‘zi uchun toza suv saqlovchi
2 liltrli idishda suv olib yurishiga ruxsat etiladi. Yoritishda tashqi
elektr tarmog‘idan, buzilganda esa akkumulyatordan foydalaniladi.
Radiatsiyaga qarshi pana joyda korxona (muassasa) boshqarmasi
62
joylashsa telefon, boshqa vaziyatlarda shahar yoki mahalliy
radiotarmog‘iga ulangan radio o‘rnatiIadi.
Radiatsiyaga qarshi pana joyning himoya xususiyati himoya
koeffitsienti va ortiqcha bosimga chidamliligiga qarab aniqlanadi.
Himoya koeffitsienti qancha yuqori bo‘lsa, shuncha bino ishonchli
bo‘ladi. Masalan: bir qavatli yog‘ochli bino ostidagi yerto‘laning
himoya koeffitsienti 20-30, buni birinchi qavat poliga tuproq to‘kib,
deraza, eshik tirqishlarini yopib bir necha marotaba oshirish mumkin.
Eng oddiy pana Joylar (chuqurlar). Ushbu yashirinish joylari
kishilami odatdagi o‘q otar qurollardan, yondiruvchi moddalardan
hamda ommaviy qirg'in qurollari ta’siridan qisqa muddatga himoya
qilish uchun mo‘ljallangan.
Ma’Iumki, shikast yetkazuvchi oddiy vositalar qo‘ llanilgan Ikkinchi
jahon urushi vaqtida chuqurlar, xandaqlar (transheya) katta o‘rin
tutgan. Keyinchalik ham ommaviy qirg'in qurollari qo‘llaniladigan
urushlarda buning ahamiyati pasaymaydi, balki yanada oshadi.
Eng oddiy pana joylar sifatida xandaqlar (transheya), usti yopiq
xandaqlar, tirqishlar, blindajlar (dala istehkomi), yerto‘lalar va
boshqa chuqurliklardan foydalaniladi. Ushbu pana joylar kishilami
zarb to‘lqinlaridan, yorug‘lik nurlaridan, o‘tuvchi radiatsiyadan
shikastlanishni bir necha barobar kamaytiradi. Shuni esda tutish
lozimki, har xil chuqurliklar, xandaqlar, hatto ulaming usti yopiq
bo‘lgan taqdirda ham kishilami zaharlovchi moddalar va bakterial
vositalar ta’siridan himoya qila olmaydi. Ulardan foydalanayotgan
vaqtda zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar bilan zaharlanish
ehtimoli paydo bo‘lganda himoya vositalaridan
foydalaniladi.
Usti yopiq xandaqlarda ko‘pincha nafas olish organlarini himoya
qiladigan vositalardan, usti ochiq xandaqlar, chuqurliklarda esa terini
himoya qiladigan vositalardan ham foydalaniladi.
Usti ochiq xandaq (transheya). Xandaqning chuqurligi 2 m gacha
yuqori qismining eni 1,1-1,2 m va pastki qisminiki 0,8 metr qilib
qaziladi. Xandaqning bunday o‘lchovlariga rioya qilish yadro zaryadi
63
portlash vaqtida uning ko‘proq mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi
hamda kishiJarni joylashtirish uchun minimal sharoitlar yaratilgan
bo‘ladi. Yashirinuvehi kishilarga yadro zaryadi portlashi natijasida
paydo bo'lgan zarb to'lqinining shikastlovchi ta’sirini kamaytirish
maqsadida u egri-bugri shaklda yoki burchak shaklida tayyorlanadi.
Shunda uning to‘g‘ri ketgan joylarining uzunligi 10-15 metrdan
oshmasligi talab qilinadi.
Xandaq qazilayotgan vaqtda chiqadigan tuproq uning ikki
tomoniga kamida 50 sm nariga tashlanadi.
Xandaq devorlari o‘yilib oziq-ovqat va suv g'amlab qo‘yish uchun
tokchalar qilinadi.
Usti yopiq xandaq. Bunday xandaqlar yadro qurolining bareha
shikastlovchi omillaridan hamda zaharlovchi moddalar, bakterial
vositalar va odatdagi qirg‘in qurollaridan himoya qilish imkonini
ancha oshiradi.
Xandaqlar ustini yopish uchun mustahkam materiallardan
yog‘och yoki qator-qator qilib yotqizilgan 10-15 sm qalinlikdagi
taxtalardan, temir-beton elementlardan va boshqa shu singari qurilish
materiallaridan foydalaniladi va radioaktiv nurlanishdan himoya qilish
quvvatini oshirish uchun tomining ustiga 50-60 sm qalinlikda tuproq
yotqiziladi. Kishilami zarb to‘lqinidan himoya qilishni kuchaytirish
uchun va xandaq ichiga radioaktiv moddalar kirishi oldini olish uchun
eshiklar o‘matiladi yoki qo‘shimcha shchitlar qo‘yiladi. Usti ochiq
xandaqlarda vaqti-vaqti bilan shamollatishni amalga oshirish uchun
xandaqqa kiriladigan eshikning narigi tomoniga ichkaridagi havoni
so'ruvchi tuynuk qo‘yiladi.
6-mavzu. KIMYOVIY QUROL. KIMYOVIY ZARARLANISH
O‘CHOG‘1
Kimyoviy qurol deganda zaharlovchi modda va uni qoilash
uchun qo‘llaniladigan vositalar tushuniladi. Zaharlovchi moddalami
m oijalga olib borish uchun aviatsion bombalar, kichik vazndagi
kassetali aviatsion kimyoviy bombalar, to'kadigan aviatsion
bombalar, raketa vositalari, ko‘p stvolli qurilma (reaktiv minomyot-
lar), artilleriya kimyoviy snaryadlari va minalari, kimyoviy fugaslar,
aerozolli generatorlar, kimyoviy qo‘l granatalari va tutunli shashkalar
qo‘llaniladi.
Zaharlovchi modda tasnifi turli belgilarga qarab o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |