Аsosiy apparatlar:
1. Gidratator. Ichi bo‘sh, butun quyilgan apparat, d
tashqi
=1400 mm,
d
ichki
=1260 mm, futerovkasi misdan. Katalizator qatlamining baland-
ligi 7 m plyus 1 m yoyuvchiniki.
1t absolut spirt uchun katalizator sarfi – 5,25 kg.
To‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya usuli o‘ta istiqbolli, uning ke-
yingi mukammallashtirilishi eng ko‘proq faol katalizatorlarni tan-
lab olish bilan va suyuq fazada gidratatsiya jarayonini olib borish
yo‘llarini qidirib topish bilan bog‘liqdir; shu bilan birga jarayon ha-
roratini pasaytirish va etilen konversiyasini oshirish mumkin bo‘ladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya usuli katta quvvatli qurilmalar yara-
tish imkonini beradi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya jarayonining kamchiligi – kata-
lizatorni tez-tez almashtirilish va qimmatroq konsentrlangan eti-
len fraksiyasini ishlatilishi bo‘ladi. Shu sababli sanoatda ikki usul
mavjud. АQSHda olefinlarni gidratatsiya qilishda sulfat kislota
usuli ishlatiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
gidratatsiya yo‘li bilan etil spirti, sulfat kislota usuli bilan esa
izopropil spirti olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |