Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

32

Pritsep orqasidan o‘zim ham ertalab avtobazaga yetib keldim. Shu kunlar ichida qorayib ketibman, 



kabina yoniga qadab qo‘yilgan kuzatuv oynachasiga qarab o‘zimni o‘zim tanimay qoldim. 

Avtobazada hayot odatdagicha edi. Faqat mengina, go‘yo begona kishilardek, mashinani darvoza 

tomon iymanibgina haydab kelib, sekingina hovliga kirib bordim va mashinani garajdan narirokda, bir 

chekkada to‘xtatdim-da, kabinadan chiqmay o‘tiraverdim. Atrofga ko‘z yugurtirib chiqdim. Odamlar 

ishlarini yig‘ishtirib qo‘yishib, har tomondan menga qarab tikilib turishardi. Eh, qani endi lip etib 

qayrilsang-u boshing oqqan tomonga qochib qolsang. Biroq hech yoqqa qochishning iloji yo‘q edi. 

Kabinadan chiqishga to‘g‘ri keldi. Bor jasoratimni to‘plab, hovlidan yurib, dispetcherxona tomon yo‘l 

oldim. O‘zimni xotirjam tutishga, shaxdam qadam tashlashga urinar-dim, ammo aslida esa saf tortib 

turgan kishilar oldidan o‘tayotgan gunohkor soldatdek yurib borardim. Hammaning meni xo‘mrayib 

kuzatib turganini sezib turardim. Hech kim meni chaqirmadi ham, men bilan salomlashmadi ham. 

Ularning o‘rnida bo‘lganimda, ehtimol men ham shunday qilgan bo‘lardim. 

Ostonaga qoqilib ketdim. Go‘yo yuragim ham qoqilib ketgandek bo‘ldi: eh, Xadicha haqida 

o‘ylamabman, uni sharmanda qildim! Endi nima deyman unga? 

Koridorda nafasimni rostlab, peshonamdagi terni artdim. Boshimni ko‘tarib, u yoq-bu yoqqa 

qarasam, ro‘paramda devoriy gazetamiz «Chaqmoq» sahifasidagi plakat menga tikilib turardi. «Uyat 

senga!» deb yirik harflar bilan yozib qo‘yilgan so‘zlar ostida tog‘ orasida qoldirib ketilgan pritsep 

tasvirlangan edi... 

Men teskari o‘girildim. Yuzlarim shapaloq yegandek lovillab yonardi. Dispetcherxonaga kirdim. 

Xadicha telefonda nimanidir gaplashayotgan edi. Meni ko‘rib gapidan to‘xtab, trubkani joyiga osib 

qo‘ydi. 


— Ma! — deb badbaxt yo‘llanmani stolga otdim. Xadicha achingan qiyofada menga qaradi. Faqat 

shallaqilik qilib yig‘lab yubormasa bo‘lgani deb o‘yladim. 

«Hozir emas, keyin, bo‘lak biror yerda!» — deb yolvordim ichimda. U ham meni tushundi, hech 

narsa demadi. 

— Shovqin ko‘tarishdimi? — deb so‘radim sekin. Xadicha bosh irg‘ib qo‘ydi. 

— Hechqisi yo‘q! — dedim g‘ijinib, uning ruhini ko‘tarish uchun. 

— Seni katta yo‘ldan olishdi, — dedi u. 

— Olishdi? Butunlaymi? — dedim kulimsiragan bo‘lib. 

— Butunlay olishmoqchi edilar — remontga... Ammo yigitlarimiz sening yoningni olishdi. 

Hozircha ichki reyslarga o‘tkazishdi. Boshliqqa uchra, seni chaqirtirishgan edi. 

— Bormayman! Mensiz o‘zlari hal qilishaversin. Pushaymon qilmayman... 

Men xonadan chiqdim. Boshimni quyi solganimcha, koridordan arang chiqib ketdim. Kimdir 

menga peshvoz kelardi. Men unga yo‘l berib, o‘zimni chetga oldim. Bu Alibek edi. U moyga belangan 

qo‘llarini ham artmay garajdan kelayotgan ekan. Men uning yonboshidan o‘tib ketmoqchi edim, ammo 

Alibyok yo‘limni to‘sdi. 

— Yo‘q, shoshma! — deb meni burchakka qisdi. Ko‘zlarimga tikilib, g‘azab bilan shivirladi: — 

Xo‘sh, ishlar qalay, azamat? Isbotladingmi? Itfe’lligingni ko‘rsatding! 

— Ishimiz jo‘nashib ketsin devdim-da, — deb po‘ng‘illadim men. 

— Yolg‘on! 

— Nima yolg‘on? 

— Yolg‘iz o‘zing shuhrat qozonmoqchi bo‘lding! O‘zing uchun tirishding! Biroq muhim ishni 

barbod qilding. Mana endi, shulardan keyin ham pritsep bilan yurish mumkinligini isbotlab ko‘r-chi! 

Ahmoq! Shuhratparast! 

Ehtimol, bu so‘zlar mening o‘rnimda boshqa odam bo‘lganida aqlini yig‘ib olishga majbur 

etarmidi, ammo menga endi baribir edi: o‘z fikrimni hali ham isbotlab, maqsadga erishishim 

mumkinmi, yo‘qmi, bunga befarq qarardim. Agar men shu paytgacha o‘zimcha ich-etimni yeb yurgan 

bo‘lsam, endi shu daqiqadan boshlab kishilarning achchiq tazyiqlarini va menga nafrat bilan 



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish