A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana23.06.2021
Hajmi0,79 Mb.
#99431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Халқаро мун.(лотин)А.Холлиев

 
 
3 mavzu. Qadimgi Rimda xalqaro munosabatlar 
va diplomatiya. 
 
Eng  qadimgi  davrlardan  boshlab  Rimda  mehmondorchilik  huquqi  mavjud 
bo‘lib,  u  Yunonistondagi  prokseniyani  eslatardi.  Qabilalar  va  qabilaviy  ittifoqlar 
o‘rtasida  yuzaga  keladigan  janjallar  va  anglashilmovchiliklarni  tartibga  solgan 
kohinlarning  fetsiallar  kollegiyasi  bor  edi.  Birorta  tashqi  siyosiy  tashabbusni 
fetsiallarning  ijozatisiz  na  boshlab  bo‘lardi,  na  yakunlab.  Xalqaro  kelishuvlarni 
saqlash,  urush  e’lon  qilishning  va  sulh  tuzishning  rasmiy  marosimini  o‘tkazish 
fetsiallar vakolatlarining doirasiga kirardi. 
 
Boshqa  qabilaga  mansub  kishilar  bilan  bo‘lgan  munosabatlarda  Rim  jamoasi 
va  alohida  fuqarolarning  manfaatlarini  rekuperatorlar  deb  nomlangan  martabali 
shaxslar  himoya  qilgan.  Ular,  rimliklar  va  qo‘shni  shaharlar  va  qabilalar  vakillari 
o‘rtasida  paydo  bo‘ladigan  o‘zaro  moddiy  da’volar  negizidagi  janjallarni  va 
tortishuvlarni ko‘rib chiqadigan, soni 3 dan 5 gacha bo‘lgan saylanma hakamlar edi. 
Keyinchalik, mil. avv. II – I asrlarda, rekuperatorlar sudi Rim viloyatlari aholisining 
noiblar ustidan qilgan arzlari va shikoyatlarini ham ko‘rib chiqqan. 
 
Xalqaro  aloqalarning  rivojlanishi  munosabati  bilan  Rimda  xalqaro  huquqning 
kurtaklari  ham  paydo  bo‘lmoqda  edi.  Buni  fetsiallar  huquqida  ko‘rish  mumkin. 
Iqtisodiy xayotning murakkablashishi va qo‘shnilar bilan tinchlik munosabatlarining 
rivojlanishi  sari  faqat  Rim  fuqarolarga  taaluqli  bo‘lgan  qadimgi  “fuqarolar  huquqi” 
bilan  bir  qatorda  “xalqlar  huquqi”  ham  vujudga  keldiki,  u  rimliklar  va  chet  elliklar 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soldi.  
 
Antik davriga oid diplomatik muassasalarning tashkil etilishi va ichki tuzilishi 
Rimda  mavjud  bo‘lgan  siyosiy  tuzumning  xususiyatlarini  aks  ettirgan  klassik 
davridagi Rimda xalq yig‘ini faqat urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal 
qilardi, tashqi siyosatga esa Senat siyosiy rahbarlik qilardi. 


27 
 
 
Rim  tarixining  eng  qadimgi  (podsholik)  davrida  elchilik  yuborish  huquqi 
podshoga  tegishli  bo‘lib,  elchilar  esa  fetsiallardan  iborat  edi.  Respublika  davrida 
ushbu  huquq  Senat  qo‘liga  o‘tdi.  Elchilar  legatlar  va  oratorlar  deb  nomlandi.  Elchi 
shaxsi odat va qonun bilan himoya qilingandi.  
 
Elchiliklar  turli  maqsadlarga  ega  bo‘lishi  mumkin  edi:  urush  e’lon  qilish  va 
sulh  tuzish,  shartnomalarni  imzolash,  bo‘ysundirilgan  viloyatlarning  boshqaruvini 
yo‘lga qo‘yish, ihtiloflar va diniy kelishmovchiliklarni hal qilishda hakamlik qilish.  
 
Senat nafaqat elchiliklarni yuborish, balki ularni qabul qilish huquqiga ega edi. 
Rimga etib keladigan elchiliklar ikki toifaga bo‘linardi:  
1)  G‘anim davlatlarning elchiliklari; 
2)  Do‘stona davlatlarning elchiliklari; 
Ichki  diplomatiya  so‘nggi  antik  davriga  oid  xalqaro  munosabatlar  tizimining 
o‘ziga  xos  xususiyati  sifatida  namoyon  bo‘lgan.  Ichki  diplomatiya  rivojlanishining 
eng yuqori cho‘qqisiga Rim imperiyasi davrida chiqqan. Rim imperiyasida markaz va 
alohida qismlar o‘rtasidagi munosabatlarning mujmalligi sharoitida na faqat tashqi va  
balki  ichki  siyosat  o‘rtasidagi,  na  ichki  va  tashqi  diplomatiya  o‘rtasidagi  aniq 
chegarani belgilashning iloji yo‘qdir. 
 
Rimda  mavjud bo‘lgan davlat huquqi nuqtai nazardan, har bir shahar va hatto 
mamlakatning maydaroq qismi mustaqil siyosiy sub’ekt, ya’ni davlat ichidagi davlat 
sifatida  ko‘rilardi.  Ushbu  mustaqillikning  ko‘rinishlaridan  biri  elchilik  huquqida  o‘z 
ifodasini  topgandi.  Yuqorida  tilga  olingan  har  bir  shahar  yoki  ma’muriy  qism 
markazga  elchilik  yuborishi,  qo‘shnilari  bilan  shartnoma  tuzishi  mumkin  edi  va 
hokazo, bir so‘z bilan aytganda, huquqiy jihatdan mustaqil birlik yoki tomon sifatida 
harakat qilardi. Natijada, ma’lum nuqtai nazardan yagona hisoblangan xalqlar huquqi 
rivoj topdi.  
 
Imperiya  davrida  davlat  boshqaruvi  butunlay  imperator  qo‘liga  o‘tdi. 
Respublika  davrida  davlatning  boshqaruv  muassasasi  hisoblangan  Senat  mavjud 
bo‘lib qolaverdi, lekin imperator qoshidagi kengashga aylanib qoldi. 
 
Tashqi  siyosat  va  diplomatiya  masalalarini  boshqarib  borish  ham  shunga 
muvofiq tarzda o‘zgardi. Imperatorlik davrida tashqi siyosiy masalalar imperatorning 
(prinsepsning)  qaramog‘ida  edi.  Diplomatiya  imperator  xizmatchilarining  vazifasiga 
aylanib  qoldi.  Imperiya  davrida  elchilar  saylanmasdi,  balki,  barcha  amaldorlar  kabi, 
prinseps  tomonidan  tayinlanardi.  Klavdiy  davridan  boshlab, (milodiy  I  asr  o‘rtalari) 
elchilik  ishlari  bilan,  imperator  kotibi  boshchiligidagi,  imperatorning  shaxsiy 
devonxonasi  shug‘ullanardi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  ushbu  devonxona  imperiyaning 
oliy ma’muriy idorasi edi.  
 
Ilk respublika davrida Rimning tashqi siyosati Latsiyada o‘z ta’sirini o‘rnatish 
maqsadida  olib  borilgan  to‘xtovsiz  urushlar  bilan  tavsiflanadi.  Etrusklar,  gallar, 
Italiya qabilalari qarshi urushlar O‘rta Italiya hududlarida Rim ta’sirining yoyilishiga 
olib keldi.  
 
Rim,  O‘rta  Italiyani  zabt  etib,  Janubiy  Italiyadagi  yunon  polislari  bilan 
urushlarni boshladi va ularda muvaffaqiyatga erishdi.  


28 
 
 
Natijada  Rim  boshchiligida  Rim  -    Italiya  konfederatsiyasi  barpo  etildi.  Rim 
butun  Italiyani  “divide et impera” -  “bo‘lib  tashla  va  hukmronlik  qil”  shiori  ostida 
boshqargan. 
 
Shunday qilib, mil. avv. III asrda Rim o‘sha davrning yirik davlatlaridan biriga 
aylandi  va  G‘arbiy  O‘rta  er  dengizi  mintaqasida  hukmronlik  qilish  uchun  kurashni 
boshladi.  Ushbu  yo‘nalishda  Rim  mil.  avv. IX  asrda  Finikiya  koloniyasi  negizida 
asos  solingan  Karfagen  Shimoliy  Afrika  oligarxik  respublikasi  bilan  to‘qnashdi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta er dengizi mintaqasidagi xalqaro munosabatlarni Rim 
tarixidan ajralmas holda ko‘rib chiqish mumkin. Demak, 100 yilda ortiq davom etgan 
Puni  urushlari  boshlandi.  Birinchi  Puni  urushi  (mil.  avv. 264 -  241  yy.)  natijasida 
Rim dastlabki dengiz orti egaliklarini - Sitsiliya, Sardiniya, Korsikani qo‘lga kiritdi, 
va ular Rim viloyatlariga aylantirildilar. 
 
Ikkinchi  Puni  urushi  (mil.  avv. 218 -  201  yy.)  davrida  karfagenlik  mashhur 
sarkarda  Gannibal  Italiyaga  bostirib  kirdi  va  ushbu  hududlarni  15  yil  davomida 
qiyratib,  qator  g‘alabalarga  erishdi  (Kann  yonidagi  jang  -  mil.  avv. 216 y.).  Urush 
yillarida  Rim  diplomatiyasi  o‘zini  yuqori  darajada  namoyon  qildiki,  Karfagen 
ittifoqchisi  -  Makedoniyaning  harakatlari  ma’lum  davrga  betaraf  qilindi,  Etoliya 
ittifoqi bilan esa ittifoq tuzildi. 
 
Rim,  fojiali  mag‘lubiyatlarga  qaramasdan  ham  harbiy,  ham  diplomatik 
usullardan  foydalanib,  ushbu  urushda  g‘olib  chiqdi.  Publiy  Korneliy  Stsipion 
qo‘mondonligida  rimliklarning  g‘alabasi  (Zam  yonidagi  jang  -  mil.  avv. 202 y.) 
oqibatida  karfagenliklar  mag‘lub  etildi.  Ispaniya  Rim  qo‘liga  o‘tdi,  Karfagen  esa 
harbiy - siyosiy qudratidan mahrum bo‘ldi. Rim yirik mamlakatdan G‘arbiy O‘rta er 
dengizidagi eng yirik buyuk davlatga aylandi. 
 
G‘arbiy  O‘rta  er  dengizi  mintaqasining  Rim  hokimiyati  ostida  birlashtirilishi 
Yunonistonning Sitsiliya bilan, hamda Misr va Suriyaning Shimoliy Afrika va Italiya 
bilan  mil.  avv. III asrda  mustahkamlangan  an’anaviy  savdo  aloqalariga  sezilarli 
o‘zgarishlar  kiritdi.  Savdo  yo‘llari  va  iqtisodiy  markazlarning  boshqa  joylarga 
ko‘chishi  jarayoni  boshlandi.  Ikkinchi  Puni  urushidan  so‘ng  Rim  ekspansiyasining 
yangi  davri  boshlandi:  rimliklar  Sharqdagi  ellin  mamlakatlariga  kirib  borishdi. 
Murakkab  xalqaro  vaziyat  va  ellin  davlatlaridagi  ichki  inqiroz  bu  jarayonini 
engillashtirdi. 
 
Rim  tomonidan  Sharqda  olib  borilgan  hujumkor  siyosatning  sabablari  va 
maqsadlari Rim jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqardi. G‘arbdagi muvaffaqiyatli 
urushlar  natijasida  qulchilikning  tez  sur’atlarda  o‘sishi  ko‘zga  tashlanadi.  Ushbu 
urushlar  qullar  va  moddiy  boyliklarning  katta  oqimini  yuzaga  keltirdi.  Bu  jarayon 
iqtisodiyotda  chuqur  o‘zgarishlarga  olib  keldi;  tovar  xo‘jaligi  rivojlandi.  Shuning 
uchun ham Rimning tajovuzkorligi kuchaydi. 
 
Miloddan avvalgi III asrning oxirgi yillari Makedoniyaning siyosiy va iqtisodiy 
jihatdan o‘ta kuchayishi davri hisoblanadi.  
 
Misrning  ichki  qiyinchiliklaridan  foydalanib,  Makedoniya  podshosi  Filipp  V 
va Salavkiylar podshosi Antiox III ittifoq tuzishdi va Misrdan tashqarida joylashgan, 
lekin  ushbu  davlatga  tegishli  bo‘lgan  erlarni  bo‘lib  olishdi.  Ptolemeylarning 
Gellespont  sohili  Kichik  Osiyo  va  Egey  dengizi  sohilidagi  polislari  Makedoniyaga 


29 
 
o‘tdi.  Filippning  istilolari  va  Makedoniyani  Egey  dengizidagi  eng  qudratli  davlatga 
aylanishi  tahdidi  Pergam,  Rodos,  Vizantiy,  Afina  va  boshqa  yunon  shaharlarining 
Filipp  V  ga  qarshi  chiqishiga  sabab  bo‘ldi.  Shunday  qilib,  Egey  dengizi  havzasida 
Makedoniyaga  qarshi  harbiy  ittifoq  shakllandi.  Ittifoqchilar  yordam  so‘rab  Rimga 
murojaat qilishdi. Rimliklar Makedoniyaning kuchayishidan manfaatdor emasdi.  
 
Birinchi Makedoniya urushi (mil. avv. 215 - 205\4 yy.) Bolqon yarimorolidagi 
ziddiyatlarni keskinlashtirdi va Rimning Sharqqa ekspansiyasi davrini boshlab berdi. 
Ikkinchi Makedoniya urushi (mil. avv. 200 - 197 yy.) Filipp V ning mag‘lubiyati va 
Makedoniyaning  Yunonistonda  va  Kichik  Osiyoda  ta’sirini  yo‘qotishi  bilan 
yakunlandi. 
 
Uchinchi  Makedoniya  urushi  (mil.  avv. 171 -  168  yy.)  natijasida  esa 
Makedoniya va butun Bolqon yarimoroli Rimga bo‘ysundirildi (mil. avv. 168 y.) 
 
Miloddan avvalgi III asrning oxiri - II asrning boshida Salavkiylar monarxiyasi 
ellin  dunyosining  eng  qudratli  davlati  edi  va  Sharqiy  O‘rta  er  dengizida  o‘z 
gegemoniyasini  o‘rnatishga  da’vogarlik  qilardi.  Bu,  albatta,  huddi  shunday 
da’volarga  ega  bo‘lgan  Rimga  to‘g‘ri  kelmasdi  va  mil.  avv.  192  yilda  ikki  davlat 
o‘rtasida harbiy harakatlar boshlandi (Suriya urushi  - mil. avv. 192 - 188 yy.) Kichik 
Osiyoda  Magneziya  yonidagi  hal  qiluvchi  jangdan  (mil.  avv. 190 y.)  so‘ng  ushbu 
mintaqada  Rim  ta’sirining  o‘rnatilishiga  asos  solindi.  Rim  Makedoniya  va 
Salavkiylarga  qarshi  kurashish  uchun  Rodos  va  Pergam  bilan  bo‘lgan  ittifoqdan 
foydalandi.  Ushbu  ittifoq  chorak  asrdan  ko‘proq  davr  davomida  mavjud  bo‘ldi. 
Axeyya ittifoqi ham Rimning ittifoqchisi edi.  
 
Sharqdagi  tashqi  siyosat  Rim  jamiyatning  o‘zida  keskin  siyosiy  kurashlarni 
keltirib  chiqardi.  Miloddan  avvalgi  III  asr  oxiridan  boshlab  ikki  siyosiy  oqim 
muayyan  bo‘ldi-ki,  ularning  vakillari,  Rim  zodagonlari  orasidagi  har  xil 
qatlamlarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettirib, davlatning tashqi siyosiy vazifalarini 
va ichki siyosatini turlicha tushunardilar. Shunday guruhlarning biriga ikkinchi Puni 
urushida  Karfagenni  mag‘lub  etgan  Pubiy  Korneliy  Stsipion  Afrikanskiy  boshchilik 
qilardi. Uning guruhi tashqi siyosat bobida Rim tomonidan bosib olingan erlardan bir 
qator qaram davlatlarni barpo etishni bu joylarda viloyat boshqaruvini joriy etmasdan 
ularga  sezilarli  darajada  mustaqillikni  qoldirishni  yoqlab  chiqardi.  Ikkinchi  Puni 
urushidan so‘ng Karfagen bilan, ikkinchi Makedoniya urushidan so‘ng Filipp bilan va 
Antiox III bilan tuzilgan tinchlik shartonmalarni bir - biriga o‘xshab ketadi va tashqi 
siyosatdagi ushbu yo‘nalishni aks ettiradi.  
 
Stsipionga  qarshi  chiquvchilarga  Mark  Porsiy  Katon  rahbarlik  qilgan.  U, 
birinchi galda Rimda o‘sib borayotgan quldorchilik xo‘jaligi va rivojlanayotgan tovar 
ishlab  chiqarishining  manfaatlarini  ilgari  surardi,  bu  esa  ko‘plab  qullarni  va  yangi 
tashqi  bozorlarni  talab  qilardi.  Katon  zabt  etilgan  hududlarni  provinsiyalarga 
(viloyatlarga)  aylantirish  tarafdori  bo‘lgandi;  maqsad  -  mahalliy  aholi  va  tabiiy 
boyliklardan keng foydalanish edi. Bora - bora Katon guruhi ustun keldi.  
 
Yagona  Makedoniya  davlatining  yo‘q  qilinishi  (mil.  avv. 168 y.)  va  qudratli 
Salavkiylar  davlatining  zaiflashishi  natijasida  Sharqiy  O‘rta  er  dengizida  yangi 
xalqaro vaziyat yuzaga keldi va Rimning Sharqdagi tashqi siyosati o‘zgardi. 


30 
 
 
Rodos  -  Pergam  ittifoqining  saqlanib  qolishi  va  yanada  kuchayishi  endilikda 
Rim  manfaatlariga  to‘g‘ri  kelmasdi.  Aksincha,  Rim  ularning  zaiflashishidan 
manfaatdor  edi.  Rim,  o‘z  paytida  Pergam  protektorati  ostiga  berib  yuborilgan, 
Galatiyaning mustaqilligini e’lon qildi, Paflagoniyani ozod deb tan oldi, Pergamning 
doimiy dushmani Vifiniya va savdo raqibi sanalmish Pontdagi Gerakleya bilan ittifoq 
tuzdi.  Bora  -  bora  Pergam  Rimga  qaram  bo‘lgan  ittifoqchiga,  so‘ngra  esa  - 
provinsiyaga  (viloyatga ) aylandi (mil. avv. 133 y.).  
 
Rimning  Rodosga  nisbatan  siyosati  yanada  keskinroq  edi.  Uchinchi 
Makedoniya  urushi  davrida  Rodos  katta  zarar  ko‘rdi.  Shu  sababdan  Rodos  hatto 
Rimga  qarshi  urush  olib  borishga  tayyor  ediki,  agar  Makedoniya  bilan  urush 
to‘xtatilmasa  Rim.  Rim,  tabiyki,  ushbu  davlatning  itoatsizligini  kechira  olmasdi. 
Natijada  Rodos  Rimdan  afv  so‘rashga  majbur  bo‘ldi;  undan  Kichik  Osiyodagi 
egaliklari  tortib  olindi.  Rodosga,  odatda  Rimga  to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri  qaramligini 
niqoblash  uchun  xizmat  qilgan, “Rim  xalqining  do‘stlari  va  ittifoqchilari”  deb 
nomlangan unvon in’om qilindi. Delos oroli “erkin” port maqomini oldi. Savdo endi 
ushbu port orqali olib borildi. Harakatlar Rodos iqtisodiyotiga yomon ta’sir ko‘rsatdi. 
 
Ushbu  mintaqada  Rimga  qarshi  chiqishga  qodir  kuchlar  qolmagandi.  Biroq, 
Rimning  o‘zi  ham  jon  talvasasida  bo‘lgan  ellin  davlatlari  –  zaiflashgan  Salavkiylar 
davlati  va  Ptolemeylar  podsholigini  (Misrni)  zabt  eta  olmadi.  Rim  ularga  nisbatan 
ichki  ziddiyatlarni  alanga  oldirish,  sulolaviy  kurashga  aralashish,  davlatlarni  bir  - 
biriga qarshi qo‘yish siyosatini ustalik bilan olib bordi. Rim o‘zining Sharqiy O‘rta er 
dengizi  mintaqasida  asosiy  raqibi  -  Salavkiylar  davlatini  izchillik  bilan 
kuchsizlantirardi.  Buning  uchun  rimliklar  ushbu  davlatning  ichkarisida  ro‘y 
beradigan  qo‘zg‘olonlarni  qo‘llab  –  quvvatlardilar-(Yaxudiyadagi  qo‘zg‘olon), 
sulolaviy nizolardan foydalanardilar, mamlakatning tashqi va ichki siyosatiga qo‘pol 
ravishda aralashardilar. 
 
Bunga  Suriya  -  Misr  urushi  misol  sifatida  xizmat  qilishi  mumkin.  Miloddan 
avvalgi 168 yilda Suriya urushni muvaffaqiyatli olib bordi va Aleksandriyaga yaqin 
keldi. Misrliklar yordam so‘rab Rimga murojaat qildilar. Suriya podshosi Antiox IV 
xuzuriga  etib  kelgan  Rim  elchisi  unga  ma’lum  muddat  ichida  bosib  olganlarning 
barchasini qaytarib berish va Misrni bo‘shatish talabidan iborat Senatning buyrug‘ini 
topshirdi. Ushbu talab bajarildi.  
 
Rim  Yunonistonga  nisbatan  siyosatini  ham  o‘zgartirdi.  Yunoniston  rasman 
erkin  bo‘lib  qolaverdiyu,  lekin  amalda  esa  mustaqilligining  oxirgi  qoldiqlaridan 
mahrum bo‘ldi. Eng og‘ir qismatni Etoliya ittifoqi boshidan kechirdi: uning hududlari 
Etoliyaning azaliy viloyatlari bilan cheklandi, Makedoniya tarafdorlarining bir qismi 
siyosiy raqiblari tomonidan jazolandi, yana bir qismi esa Rimga jo‘natildi. Umuman 
olganda,  barcha  yunon  davlatlarida  rimliklar  nuqtai  nazaridan  shubhali  hisoblangan 
shaxslar garovga olinganlar deb e’lon qilinardi va Italiyaga jo‘natib yuborilardi.  
 
Salavkiylar  va  Makedoniyaga  qarshi  kurashishda  Rimga  sodiq  ittifoqchi 
bo‘lgan  Misrga  nisbatan  siyosat  o‘zgacha  edi.  Ammo  Misrning  kuchayishi  Rim 
manfaatlariga  to‘g‘ri  kelmasdi.  Sulolaviy  kurashga  aralashib  kelgan  Rim  elchilari 
birorta  da’vogarning  kuchayishiga  yo‘l  qo‘ymasdilar.  Miloddan  avvalgi  II  asrning 


31 
 
o‘rtalaridan  Misr  Rimning  tazyiqini  ko‘proq  seza  boshladi  va  asta  -  sekin  qaram 
davlatga aylana bordi. 
 
Rim  tajovuzining  yangi  bosqichi  mil.  avv. 149 -  146  yillarga  to‘g‘ri  keladi. 
Perseyning  Makedoniyadagi  qo‘zg‘oloni  bostirilganidan  so‘ng  ushbu  mamlakat 
viloyatiga aylantirildi (mil. avv. 148 y.). Endi rimliklar qaram davlatlar tizimidan voz 
kechib,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  hududlarni  bosib  olishga  o‘tishdi.  Rim,  Axeyya  ittifoqi  va 
Sparta  o‘rtasidagi  nizoga  aralashib,  bir  qator  muvaffaqiyatli  janglardan  so‘ng  mil. 
avv. 146 yilda  barcha  yunon  ittifoqlarini  tarqatib  yubordi.  Korinf  shahri,  Senatning 
buyrug‘iga binoan, butunlay vayron qilindi va la’natlandi.  
 
Uchinchi Puni urushi (mil. avv. 149 - 146 yy.) geosiyosiy va iqtisodiy raqobat 
sababli  emas,  balki  faqat  siyosiy  va  harbiy  o‘ch  olishga  qaratilgan  intilishning 
mavjudligi  tufayli  ro‘y  berdi.  Faktik  jihatdan  ushbu  urush  Karfagenni  qamal  qilish 
bilan  ifodalandi.  Shahar  Pubiy  Korneliy  Stsipion  Emilian  tomonidan  shturm  bilan 
ishg‘ol qilindi, hamda Senatning qaroriga ko‘ra vayron etildi va kuydirildi.  
 
Shunday  qilib,  mil.  avv. II asrning  o‘rtalarida  rimliklar  O‘rta  er  dengizini 
batamom  o‘z  nazoratiga  oldilar  va  jahon  miqyosidagi  buyuk  davlati  uchun  zamin 
yaratdilar.  Mustaqilligini  saqlab  qolgan  davlatlar  va  xalqlar  yoki  yaqin  yillar  ichida 
zabt  etildilar,  yoki  keyingi  siyosiy  hayotda  sezilarli  rol  o‘ynamadilar  (Misr,  Suriya, 
Numidiya).  
 
Manfaatlari rimliklarning raqiblariga zid kelgan davlatlar bilan harbiy - siyosiy 
ittifoqlar  tuzish  o‘sha  davrdagi  Rim  diplomatiyasi  uchun  xos  bo‘lgan  xususiyatdir. 
Rim  o‘z  maqsadiga  erishganidan  so‘ng,  Rim  ittifoqlardan  voz  kechardi  va  hattoki 
sobiq ittifoqchilarga urush e’lon qilardi. Yugurtaga qarshi urush (mil. avv. 111 - 105 
yy.)  davomida  Numidiya  podsholigi  yo‘q  qilindi,  chunki  yirik  davlatning  Shimoliy 
Afrikada mavjud bo‘lishi Rim manfaatlariga to‘g‘ri kelmasdi.  
 
Miloddan avvalgi II asrda ellin dunyosining xalqaro jarayonlarida ilgari ishtrok 
etmagan Parfiya, Armaniston, Pont podsholigining kuchayishi boshlandi. 
 
Miloddan  avvalgi  II  asrning  oxiriga  kelib  Qora  dengizning  butun  janubi  - 
sharqiy sohilini egallangan Pont podsholigi ayniqsa rivoj topdi. 
 
Ajoyib sarkarda Mitridat VI Evpator mil. avv. 120 yilda Pont podshosi bo‘ldi. 
Mitridat, Kichik Armaniston, Kolxida, Xersones va yana bir qator erlarni bosib olib, 
Pont  podsholigini  Sharqiy  O‘rta  er  dengizi  mintaqasidagi  eng  yirik  davlatlardan 
biriga aylantirdi.  
 
U  Rimga  nisbatan  ehtiyotkorona  siyosat  olib  bordi,  ammo  tez  orada  Kichik 
Osiyoda o‘z ta’sirini o‘rnatishga qaratilgan jidddiy qadamlar qo‘ydi. Rim qo‘zg‘atib 
chiqargan urushda Vifiniya podshosi va rimliklarning viloyatdagi armiyasini mag‘lub 
etgan Mitridat “Osiyo” deb nom olgan Rim viloyatiga bostirib kirdi.  
 
Miloddan avvalgi II asrning oxirida Makedoniya va Yunonistonda rimliklarga 
qarshi harakat boshlandi. Deyarli butun Yunoniston Rimdan ajrab chiqdi.  
 
Bu voqealar Rim va Pont podshosi o‘rtasidagi birinchi urushga (mil. avv. 88 - 
85 yy.) olib keldi. Rimliklar ushbu urushda g‘alaba qozonishdi. Miloddan avvalgi 85 
yilda  Dardan  shahrida  sulh  tuzildi.  Unga  ko‘ra,  Mitridat  VI  Gaylisa  daryosidan 
g‘arbda  ishg‘ol  etgan  erlardan  voz  kechishga, 3000 talant  miqdorida  harbiy 
kontributsiya to‘lashga va flotning bir qismini rimliklarga topshirishga majbur bo‘ldi.  


32 
 
 
10  yil  o‘tgach, 70 -  yillarda  Rimning  ichki  qiyinchiliklaridan  foydalanib, 
Mitridat  Rimga  qarshi  yangi  urushni  diplomatik  va  harbiy  jihatdan  tayyorlay 
boshladi.  U  Misr  va  O‘rta  er  dengizi  qaroqchilari,  hamda  Armaniston  bilan  ittifoq 
tuzdi.  
 
Eng katta xavotirni Armaniston - Pont ittifoqi keltirib chiqarardi. Deyarli butun 
Suriya, sharqiy Kilikiya, Finikiya va Yaxudiyaning katta qismi Tixron II Buyukning 
hokimiyati ostiga o‘tdi, Salavkiylar poytaxti Antioxiya arman podshosining qarorgohi 
bo‘lib  qoldi.  Shunday  qilib,  mil.  avv. I asr  70  -  yillarning  o‘rtalarida  Old  Sharq 
hududlarining kattaroq qismi Pont va Armaniston o‘rtasida bo‘lib olingandi.  
 
Pont  podshosi  Rimga  vasiyat  qilingan  Vifiniyani  bosib  oldi.  Bu  esa 
Mitridatning Rimga qarshi Uchinchi urushini boshlab berdi (mil. avv. 74-64 yy.).  
 
“Osiyo” viloyatidagi yunon shaharlari Rimdan ajrab chiqishdi. Dastlab harbiy 
harakatlar Armanistonga qarshi urush olib borgan Rim uchun muvaffaqiyatli kechdi. 
 Lekin  keyinchalik  vaziyat  Mitridat  va  Tixron  II  foydasiga  o‘zgardi.  Rim 
qo‘shinlariga  Pompey  qo‘mondonlik  qila  boshlagidan  so‘ng  harbiy  omad  Rim 
tomoniga  o‘tdi.  Pompey  Armanistonga  tahlikali  bo‘lgan  shartnomani  Parfiya  bilan 
tuzishga  erishdi.  Ushbu  shartnoma  Armanistonning  harakatlarini  zararsizlantirdi. 
Mitridat  o‘z  mag‘lubiyatini  tan  oldi  va  ilgarigi  chegaralariga  qaytdi;  ushbu  davlat 
Rimning  qudratli  raqibidan  katta  bo‘lmagan  va  amalda  Rimga  qaram  bo‘lgan 
mamlakatga aylandi.  
Pompeyga qarshilik ko‘rsatishga qodir bo‘lmagan Mitridat xalok bo‘ldi.  
Pompey bosib olingan erlarda “Vifiniya va Pont” viloyatini barpo etdi, so‘ngra 
janubga  Suriyaga  qarshi  harakatlandi  va  uni  zabt  etib,  viloyatga  aylantirdi. 
Yaxudiyada  ro‘y  bergan  taxt  uchun  kurashga  aralashib  ushbu  mamlakatni  Rimga 
qaram qilib qo‘ydi.  
Natijada Old Sharq xaritasida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Rim deyarli butun Kichik 
Osiyoni  o‘ziga  bo‘ysundirdi.  Armaniston  va  Parfiya  Rimning  sharqdagi  qo‘shnilari 
bo‘lib qolishdi. Shunday qilib, Rim Sharqiy O‘rta er dengizi havzasining hukmdoriga 
aylandi. 
Rim Miloddan avvalgi I asrda Parfiya bilan urushlar olib bordi. Rimliklar Pont 
podshosi  Mitridat  VI  Evpator  bilan  kurash  olib  borayotgan  paytda  parfiyaliklar 
Rimga  birinchi  bor  duch kelishdi. Miloddan  avvalgi 92 yilda tuzilgan bitimga ko‘ra 
Rim  va  Parfiya  podsholigi  o‘rtasidagi  chegara  sifatida  Frot  daryosi  tan  olingandi. 
Miloddan  avvalgi  53  yilda  Mark  Litsiniy  Krass  qo‘mondonligidagi  Rim  qo‘shnilari 
Parfiya podsholigi tarkibidagi Mesopotamiyaga bostirib kirishdi, ammo Karra shahri 
yonidagi  jangda  (mil.  avv. 53 y.)  qaqshatqich  mag‘lubiyatga  uchrashdi.  Miloddan 
avvalgi  40  yilga  kelib  parfiyaliklar  deyarli  butun  Kichik  Osiyoni,  Suriyani  va 
Falastinni  bosib  olishdi.  Bu  esa  Rimning  Sharqdagi  hukmronligiga  tahdid  solardi. 
Miloddan aavalgi 37 yilda rimliklar ushbu viloyatlar ustidan o‘z nazoratini tikladilar.  
 
Rimliklarning  Frot  daryosi  ortiga  harkatlanishi  Antoniyning  mil.  avv. 36 
yildagi mag‘lubiyatidan so‘ng to‘xtatildi.  
 
Miloddan avvalgi 58 - 50 yillarda Transalp Galliyasi zabt etildi. ( YUliy Sezar 
yurishlari ). 


33 
 
 
Milodiy I asrda Rim imperiyasi Kappadokiyani (17 y.), Mavrinatiyani (40 - 46 
yy.), Britaniyani (43 y.), Frakiyani (46 y.) bosib oldi.  
 
II  asrda  Dakiya  (106  y.),  Arabiston  (106  y.),  Armaniston  (114  y.), 
Mesopotamiya (115 y.), Ossuriya (115 y.) zabt etildi. Oxirgi uch viloyatdan rimliklar 
tez orada chiqib ketishdi. Shunday qilib, II asrda imperiya hududiy jihatdan eng katta 
kengayishiga erishdi. 
 
Ilk  imperiya  davrida  Rimning  tashqi  siyosatini  Parfiya  podsholigi,  hamda 
shimoliy  va  shimoliy  -  Sharqiy  chegaralar  (Reyn  va  Dunay  daryolari)  bo‘ylab 
joylashgan qabilalar bilan bo‘lgan munosabatlar belgilab berardi. Parfiyaga qarshi 54 
-  66, 114 -  117, 163 -  165  yillardagi  urushlarda  goh  rimliklarning,  goh 
parfiyaliklarning qo‘li baland kelardi. 
 
Qabilaviy  ittifoqlarning  asta  -  sekin  kuchayishi  sababli  imperator  Adrian 
davrida  rimliklar  tajovuzdan  mudofaaga  -  ya’ni  siyosiy  -  strategik  mudofaaga 
o‘tishga majbur bo‘lishdi. 
 
Rim  Mesopotomiyadan  ham  voz  kechishga  majbur  bo‘ldi  va  Parfiya  bilan 
chegara  sifatida  yana  Frot  daryosi  belgilandi.  Reyn  va  Dunay  daryolari  bo‘ylab 
chegaralar  mustahkamlandi.  Britaniyada  dengizdan  dengizgacha  cho‘zilgan  va 
shimoliy  qabilalardan  himoyalanish  uchun  mo‘ljallangan  ulkan  Adrian  qo‘rg‘oni 
barpo etildi.  
 
Mark Avreliy (161 - 180 yy.) davrida Rim imperiyasi va varvarlar periferiyasi 
(atrof  o‘lka,  markazdan  chet,  uzoqdagi  joylar)  o‘rtasidagi  kuchlarning  barqaror 
muvozanati  buzildi.  Mark  Avreliy  davridan  boshlab  Rim  mudofaalanuvchi  tomon 
sifatida namoyon bo‘ldi.  
 
Markoman  urushlari  (167  -  180  yy.)  kelgusi  asrlarda  ro‘y  bergan  varvarlar 
bosqinining  muqaddimasi  edi.  Varvarlarning  bir  qismi  surib  chiqarildi,  ikkinchi 
qismini  esa  Rim  hukumati  Dunay  daryosi  bo‘yidagi  erlarda  ittifoqchi  federatlar 
sifatida  joylashtirishga  majbur  bo‘ldi.  Shunday  qilib,  varvarlar  nafaqat  imperiyaga 
bosqinlar uyushtirishardi, balki uning erlarida o‘rnashib olishardi.  
 
III  -  asrning  o‘rtalarida  Rim  imperiyasi  og‘ir  ahvolga  tushib  qoldi.  Gotlar 
Dunay  daryosidan  o‘tib,  Meziya  va  Frakiyaga  bostirib  kirishdi.  Ular  bilan  kurashda 
imperator Detsey (249 - 251 yy.) halok bo‘ldi.  
 
Imperator  Valerian  (253  -  260  yy.)  va  uning  o‘g‘li,  hamda  otasi  bilan  birga 
hukmdorlik qilgan imperator Galen (253 -  268 yy.) davrida gotlar va ularga ittifoqchi 
bo‘lgan  varvar  qabilalari  Rimning  Dunay  oldi  viloyatlariga  qirg‘in  keltiradigan 
bosqinlarini  davom  ettirardilar.  Franklar  va  allemanlarning  qabilaviy  ittifoqlari 
Reyndan  Galliyaga  o‘z  bosqinlarini  amalga  oshirardilar  va  Pireneylargacha  etib 
borishardi.  Sharqda  Sosoniylar  davlati  hujumga  o‘tdi  -  shoh  Shopur  260  yilda 
Mesopatomiyaga bostirib kirdi. Shimoliy Mesopotamiyadagi Edessa shahri yonidagi 
hal  qiluvchi  jangda  rimliklar  qaqshatgich  mag‘lubiyatga  uchradilar.  Imperator 
Valerian  asirga  tushdi.  Mesopotamiyani  egallash  uchun  Rim  va  Eron  o‘rtasidagi 
kurash keyinchalik ham - Rim imperiasining tugashigacha davom etdi; omad esa goh 
bu tomon, goh u tomonda bo‘ldi. 
 
III  asr  o‘rtalarida  Gallien  hukmronligi  davrida  Galliya  va  Ispaniya  (259  y.) 
Rimdan  ajrab  chiqdi  va  Galliya  imperiyasini  tashkil  etishdi  (259  -  273  yy.)  Palmira 


34 
 
ham 262 yilda ajrab chiqdi. Ushbu hududlar faqatgina 272 - 273 yillarda Rimga qayta 
bo‘ysundirildi. Imperiyaning tiklanishi imperatorlar Diokletian va Konstantin davrida 
ro‘y  berdi.  Lekin  shunga  qaramasdan  markazdan  qochirma  (harakat  vaqtida 
markazdan chetga tomon yo‘nalish, qochish) tendensiyalar kuchayib bordi. Imperator 
Feodosiyning o‘g‘illari davrida imperiya uzil - kesil ikki qismga bo‘linib ketdi (395 
y.).  
 
G‘arbiy  Rim  imperiyasining  tarixi  quldorchilik  munosabatlarining  inqirozi  va 
varvarlar  qabilalarining  bosqini  sababli  iqtisodiyotning  va  davlat  boshqaruvining 
jontalashishi  bilan  bog‘liqdir.  Britaniya,  Ispaniya,  Afrika  birin  -  ketin  Galliyaning 
tarkibiy qismlari varvarlar qo‘l ostiga asta - sekin o‘tdi. 
 
G‘arbiy  Rim  imperiyasi 476  yilda  batamom  quladi.  Vizantiya  deb  nomlangan 
Sharqiy Rim imperiyasi yana 1000 yil atrofida umr ko‘rdi. 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish