Iqtisodiy bilim asoslari


Pul   —  mahsulot  va  xizmatlar  uchun  to‘lovni  amalga  oshi rishga  mo‘ljallangan maxsus ayirbosh lov vositasi.  Ayirboshlash



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/205
Sana23.06.2021
Hajmi7,33 Mb.
#99428
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Pul
  —  mahsulot  va  xizmatlar  uchun  to‘lovni  amalga  oshi rishga 
mo‘ljallangan maxsus ayirbosh lov vositasi.
 Ayirboshlash 
— bir mahsulotni sotish, sotib olish yoki boshqasiga 
al mashtirish.
Tovar
 — ayirboshlash maqsadida ishlab chi qarilgan mahsulot.
almashtira  boshlagan,  ya’ni,  ayirboshlagan.  Shu  tariqa  ayirboshlashga 
mo‘ljallangan mahsulot – tovar vujudga kelgan.
http:eduportal.uz


40
misol bo‘ladi. Shuningdek naqd (qog‘oz va tanga) va naqdsiz (bank hisob 
raqamidagi yozuv ko‘rinishidagi) pullarni ham farqlaydilar.
—    Pul  emissiyasi  tizimi  –  pul  belgilarini  muomalaga  chiqarish  va 
aylanishi  tartibidir.  Pul  emissiyasi  Markaziy  bank  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Markaziy  bank  pul  aylanishini  chegaralash  va  muvofiqlash 
ishlarini ham amalga oshiradi.
Pul  aylanishi  –  bu  tovar  oldi-sotdisidagi,  tovarsiz  to‘lovlardagi 
va  boshqa  har  xil  hisob-kitoblardagi  muomalada  bo‘lgan  pullarning 
harakatidir.
Pul  aylanishining  tarkibiy  qismlari  deb    quyidagilarni  keltirish 
mumkin:
— To‘lov aylanishi – bu  ish haqi, soliqlar, qimmatbaho qog‘ozlar 
sotib olish va boshqa majburiy to‘lovlarning amalga oshirilishidir. 
—  Naqdsiz  pul  aylanishi  –  bu  pul  aylanishining  bankdagi  hisob 
raqamidagi yozuvlar orqali naqd pulsiz amalga oshiriladigan qismidir.
— Naqd pul aylanishi – bu jami pul aylanishining muomala va to‘lov 
vositasi sifatida naqd pul ishlatiladigan qismidir. 
Pul sifatida ishlatilgan narsa quyidagi xususiyatlarga, sifatlarga ega 
bo‘lishi lozim:
—  odamlar  o‘zlari  bilan  olib  yurishlari  uchun  qulay,  ya’ni  ixcham 
bo‘lishi;
— pishiq, chidamli materialdan bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan o‘z sifatini 
va qiymatini yo‘qotmasligi;
—  kamyob,  hammaning  unga  erishishga  bo‘lgan  imkoniyati 
cheklangan bo‘lishi;
— har xil qiymatlarni ifodalovchi xillarining mavjudligi
— oson taniladigan va uni soxtalashtirish qiyin ekanligi. 
  Pulning  birinchi  funksiyasi  —  pul  bu  muomala  vositasidir.  Pul 
yordamida tovarlar pulga ayirboshlanadi. Natijada, tovar — pul almashuvi 
amalga  oshiriladi.  Ikkinchidan,  pul  —  bu  tovar  qiymatining  o‘lchov 
vositasidir. Har bir tovarning qiymati pul bilan o‘lchanadi.  Tovarning 
pulda ifodalangan qiymati – uning narxini belgilaydi. Uchinchidan, pul 
boylik  jamg‘arish  vositasidir.  Tovarni  pulga  almashib,  tushgan  pulga 
boshqa tovar olmasdan, uni ma’lum vaqtgacha saqlash ya’ni jamg‘arish 
mumkin.
Xalqaro  savdoda  pul  –  dunyo  pullari,  tovar  uchun  pul  to‘laganda 
esa - to‘lov vositasi funksiyalarini ham bajaradi.
http:eduportal.uz


41
Hozirgi zamonda pullarning naqd – tanga va qog‘oz pullar; kredit 
– veksel, banknota va chek ko‘rinishidagi pullar; naqdsiz pullar; kredit 
va to‘lov plastik kartalardagi pullar; elektron pullar turlari mavjud.
Pul  massasi  –  bu  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  hamda  davlat 
ixtiyoridagi muomaladagi naqd va banklar hisob raqamlaridagi naqdsiz 
pullarning umumiy hajmidir. Pul massasi pulning qanday ishlayotganligini 
ko‘rsatuvchi  muhim  ko‘rsatkichdir.  Zamonaviy  pul  tizimi  sharoitida 
pulning  aylanish  tezligi  jadallashmoqda,  pul  massasining  o‘sishi  esa 
sekinlashmoqda. Ya’ni, pul yaxshiroq ishlamoqda.
Djon Meynard Keyns bozor iqtisodiyotiga davlatning keng aralashu-
vining zarurligini asoslab berdi va pul-kredit siyosati bo‘yicha o‘zining 
modelini taklif qildi. Unga ko‘ra qat’iy soliq siyosati va yengil pul siyosati 
uyg‘unlikda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
1. Qadimda mahsulotlarni ayirboshlash jarayoni haqida ma’lumot bering.
2. Oltin tangalar misolida pul o‘z vazifasini qanday bajargan?.
3. Har qanday narsa ham pul vazifasini bajara oladimi? 
4. Pulning  har  bir  funksiyasini  yaqqol  ko‘rsatuvchi  hayotiy  misollar 
keltiring.
5. Sizningcha, pul qanday xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i kerak?
6. Pulning qanday turlarini bilasiz?
7. Pul tizimi nima? Uning elementlarini ayting.
8. Pul aylanishining tarkibiy qismlarini tushuntirib bering.
9. Pul massasi nima?
10. Pulning xususiyatlari va funksiyalari haqida nimalarni bilasiz?
11. Keyns modeli haqida umumiy fikr bildiring

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish