33
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham iqtisodiy klasterlar keng tarqal-
moqda. Tashkil qilinayotgan paxta-to‘qimachilik, baliqchilik, oziq-ovqat
klasterlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Iqtisodiy klasterning xususiyatlari quyidagilardan iborat: geografik
jihatdan o‘zaro yaqinlik; texnologiyalarning turdoshligi; xom ashyo ba-
zasining
umumiyligi; innovatsion faoliyatning mavjudligi.
1. Yuqoridagi rasmlar asosida paxtada n har xil tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish bilan bog‘liq korxonalar ro‘yxatini tuzing.
2. Ro‘yxatga yana qanday korxonalarni qo‘shish mumkin?
3. Chigit ekishdan boshlab toki tayyor mahsulotning iste’molchiga borib
yetishigacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining zanjirini mantiqiy
ketma-ketlikda quring.
4. Birgina erkaklar ko‘ylagini ishlab chiqarishda qanday: a) tabiiy;
b) kapital; d) mehnat resurslari ishlatilishini aniqlang.
5. Agar rasmlardagi korxonalarni umumiy tizimga birlashtirilsa, bu
qanday afzalliklar berishi mumkinligi bo‘yicha o‘z fikringizni bildiring.
3 – E. Sariqov, B.
Haydarov
Masala1: Ikkita ishchi birinchi 5 kunlikda 500 ta, ikkinchi 5 kunlikda
750 ta mahsulot tayyorladi. Bitta ishchining birinchi va ikkinchi besh
kunlikdagi bir kunlik mehnat unumdorligini toping va o‘zaro taqqoslang.
Yechimi: Sarflangan umumiy vaqt = Ishchilar soni . Har bir ishchi
sarflagan vaqt = 2 ishchi . 5 kun = 10 kun
Bitta ishchining birinchi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi:
U=Q:T=500:10=50 taga,
Bitta ishchining ikkinchi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi esa:
750:10=75 taga teng.
Endi ularni taqqoslaymiz: 75:50=1,5, ya’ni, bitta ishchining ikkin-
chi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi birinchidagiga qaraganda 1,5
baravar ko‘p bo‘lgan.
Masala 2 (mustaqil yechish uchun): Tikuvchilik fabrikasida 120 nafar
ishchi xaftasiga 5 kundan ishlaydi. Fabrika 2019- yilning 1- martidan
31- mayigacha 95040 ta ko‘ylak tikdi. Ishlab chiqarish jarayoni 1- iyundan
ixtisoslashtirildi, 1- sentabrdan boshlab esa klaster tizimiga o‘tildi. Agar
1- iyundan 31- avgustgacha 117000 ta, 1- sentabrdan 30- noyabrgacha
140400 ta ko‘ylak tikilgan bo‘lsa, bir ishchining ixtisoslashmagan, ix-
tisoslashgan va klaster tizimi sharoitlaridagi mehnat unumdorliklarini
toping va o‘zaro taqqoslang. Masalani yechishda taqvim (kalendar)dan
foydalaning. Ba’zi sonlarni yaxlitlashga to‘g‘ri kelishi ham mumkin.
http:eduportal.uz
34
1. Nima sababdan hozirda iqtisodiyotni o‘rganmoqchi bo‘lganlar soni
ko‘payib bormoqda?
2. Iqtisodiyotni faqat iqtisodchilar bilishi kerakmi?
3. Iqtisodiy bilimlar zarur bo‘lgan vaziyatlarga misollar keltiring.
4. Nega inson ehtiyojlarining poyoni yo‘q?
5. Cheklanganlik muammosining mohiyati nimadan iborat?
6. Cheklanganlik muammosiga 5 ta misol keltiring.
7. Tanlov va uning muqobil qiymati nima?
8. Mehnat unumdorligini oshiraverib, cheklanganlik muammosini hal
qilish mumkinmi?
9. Mehnat unumdorligini oshirishdan ko‘zlangan maqsad nima?
10. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning mohiyatini tushuntirib bering.
11. Iqtisodiyotning uch asosiy savoli haqida nimalarni bilasiz?
12. An’anaviy va markazlashgan iqtisodiy tizimlarni o‘zaro taqqoslang.
13. Bozor iqtisodiyoti tizimi Nima? Qanday? Kim uchun? degan
savollarga qay tarzda javob berishini tushuntirib bering. Bozor
iqtisodiyotining asosiy xususiyatlarini sanang.
14. Aralash iqtisodiy tizimning vujudga kelishiga nimalar sababchi
bo‘lgan deb o‘ylaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: