Iqtisodiy bilim asoslari



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/205
Sana23.06.2021
Hajmi7,33 Mb.
#99428
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   205
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Iqtisodiy tizim
 — jamiyat (mamlakat) iqtisodiy hayotini tashkil qilish 
shakli.
An’anaviy iqti so diyot
— iqtiso diyot ning asosiy savollariga jamiyatdagi 
an’ana larga asoslanib javob beradigan iqti sodi y tizim.
Markazlashgan  rejali  iqtisodiyot  tizimida  deyarli  barcha  ishlab 
chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo‘lib, barcha iqtisodiy yechimlar, 
http:eduportal.uz


30
Bozor  iqti sodiyoti 
— xususiy  mulk chilikka  asoslangan,  barcha 
iqtisodiy  qarorlar  erkin  qabul  qilinadigan,  iqtisodiy  ne’matlar  esa 
bozorlar yordamida taq simla nadigan iq ti so diy tizim.
Markazlashgan  re jali iqtisodiyot
 — deyarli barcha ishlab chiqarish 
vositalari davlat tasarrufida bo‘lib, iqtisodiy yechim lar markazlashgan 
holda  davlat  tomo ni dan  qabul  qilinadigan  va  rejaga  ko‘ra  amalga 
oshiri ladigan iqtisodiy tizim.
Bozor  iqtisodiyoti tizimida deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari 
xususiy  korxonalar,  shaxslar  qo‘lida  bo‘lib,  barcha  iqtisodiy  yechimlar 
iste’molchi  va  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  erkin  qabul  qilinadi. 
Nimadan, qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi talab va taklifga 
asoslangan bozor mexanizmi yordamida aniqlanadi (bu mexanizm haqida 
keyinroq batafsil to‘xtalamiz). Masalan, iste’molchilarda tamakini sotib 
olishga bo‘lgan xohish, ya’ni talab bo‘lmasa, fermer xo‘jaliklari tamaki 
ekmay qo‘yadi, chunki uni hech kim sotib olmaydi va undan foyda yo‘q. 
Uning o‘rniga esa foydaliroq bo‘lgan don ekinlarini ekadi va hokazo.
nimani  qancha  miqdorda,   qay  tariqa  ishlab  chiqarish  ham  oldindan 
rejalashtirilib, markazda o‘tirgan bir guruh mutaxassislar tomonidan hal 
qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot hukumat tomonidan taqsimlanadi. 
Ishlab chiqarishdan olingan foyda davlat ixtiyorida qoldiriladi va u ham 
rejaga asosan taqsimlanadi. Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi sobiq 
ittifoq va qator sotsialistik davlatlarda mavjud edi.
Aralash  iqtisodiyot tizimida ishlab chiqarish resurslarining bir qismi 
davlat tasarrufida, qolganlari esa xususiy korxonalar va shaxslar qo‘lida 
bo‘ladi.  Ba’zi  turdagi  tovar  va  mahsulotlar  davlat  tomonidan  ishlab 
chiqarilsa, qolganlari xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. 
Shuningdek,  aralash  iqtisodiyotda  davlat  iqtisodiyotni  tartibga  solib 
turuvchi  kuch  sifatida  qatnashadi  va  shu  bilan  bir  qatorda  ishlab 
chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi ham ta’minlanadi. Shu bois, aralash 
iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning 
“qorishmasi”dan iborat iqtisodiyot deb atash mumkin. Hozirda dunyoning 
ko‘plab  davlatlarida  aralash  iqtisodiyot  tizimi  hukm  surmoqda.  Bunga 
misol  qilib,  Germaniya,  Shvetsiya,  Norvegiya,  Finlandiya,  Kanada 
kabi qator davlatlarni keltirish mumkin. Shunisi qiziqki, bu davlatlarda 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi borgan sari takomillashib bormoqda.
http:eduportal.uz


31
1. Nima? Qanday? Kim uchun? savollari qanday muammolarni o‘z ichiga 
oladi?
2. Iqtisodiy tizimlar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
3. An’anaviy iqtisodiyotning afzallik va kamchilik tomonlarini ayting.
4. Markazlashgan rejali iqtisodiyotini tavsiflab bering.
5. Bozor iqtisodiyoti haqida  gapirib bering.
6. Har bir iqtisodiy tizimga misollar keltiring va ularni izohlang.
7. Aralash iqtisodiy tizimning vujudga kelishiga nimalar sababchi bo‘lgan 
deb o‘ylaysiz?
8. Mamlakatimizda qaysi iqtisodiy tizim asoslari yaratilmoqda?
9. Aralash  iqtisodiyot  sharoitida  quyidagi  ishlab  chiqarish  va  xizmat 
ko‘rsatish sohalarining qaysilarini davlat, qaysilarini xususiy firmalar 
boshqarsa  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi,  deb  o‘ylaysiz?  Javobingizni 
asoslashga harakat qiling.
  a) ta’lim;     
 
b) televideniye
 
d) tez tibbiy yordam;
  e) mudofaa;                   f) elektr tarmog‘i;   
g) temir yo‘l; 
  h) avtomobil yo‘llari;   i) qishloq  xo‘jaligi;  
 
   
   
    j) atrof-muhitni muhofaza qilish.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish