130
- mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlari haqqoniylashtirildi. Ya’ni, yillik
iqtisodiy o‘sishning 8% dan ortiq deb ko‘rsatilishi noreal, haqiqatdan
yiroq deb tan olindi va real iqtisodiy ko‘rsatkichlar keltirildi. Bu
ko‘rsatkichlarning shaffofligi ta’minlandi;
- ilgarigi davrda O‘zbekistonga xos bo‘lgan global tizimdan ajra-
lib, yakkalanishga qaratilgan iqtisodiy siyosatdan voz kechildi va
iqtisodiyotimizni jahon global iqtisodiy tizimiga integratsiyalash bo‘yicha
jadal harakatlar boshlab yuborildi;
- iqtisodiyotga davlat aralashuvini minimallashtirish bo‘yicha choralar
ko‘rila
boshlandi;
- valuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga
oshirildi. Natijada qisqa vaqt ichida valutani erkin konvertatsiyalash
yo‘lga qo‘yildi;
- tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlar faoliyatiga
mavjud to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha tizimli choralar belgilandi;
- bojxona to‘lovlari sezilarli
darajada kamaytirildi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha to‘siqlar olib tashlandi;
- chet mamlakatlar, eng avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan iqtisodiy
aloqalarni yaxshilash bo‘yicha keskin choralar ko‘rildi;
- tub soliq
islohotlari boshlab yuborildi;
- pul muomalasi sohasidagi islohotlar natijasida naqd va naqdsiz pul
qiymatlari orasidagi farq yo‘q qilindi.
Shuningdek, bank sohasidagi, ma’muriy sohadagi, raqobat muhitini
yaxshilash sohasidagi, davlat buyurtmalarining bozordagi o‘rni bo‘yicha
islohotlarga ham turtki berildi.
Yuqorida sanalgan va yana bir qator boshqa yo‘nalishlardagi islohotlarni
tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–2021- yillarda O‘zbekistonni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ilgari
surildi.
Harakatlar strategiyasiga kirgan beshta ustuvor yo‘nalishdan ne-
gizgisi deb 3- ustuvor yo‘nalish – Iqtisodiyotni rivojlantirish va libe-
rallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini qarash mumkin. Chunki faqat
mustahkam iqtisodiy asos, poydevor mavjud bo‘lsagina boshqa to‘rtta
ustuvor yo‘nalishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mobaynida davlatimiz tomonidan
quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
- iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalar miqdorini keskin oshirish.
Ayniqsa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish;
http:eduportal.uz
131
- davlat kompaniyalari boshqarish
tizimini tubdan isloh qilish;
- davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yangicha yondashuvga
asoslangan faoliyatni yo‘lga qo‘yish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorini isloh qilish;
- agrar sohadagi islohotlarni
yanada jonlantirish;
- bank-kredit, soliq, bojxona sohalaridagi islohotlarni davom ettirish;
- raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirish;
- iqtisodiyotdagi innovatsiyalarning, zamonaviy texnologiyalarning
rolini kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: