III.Bob. Rauf Parfi ijodida bir paytning o`zida birdan ortiq san`atlarning
qo`llanishi.
Erk, Haqiqat, Ezgulik va Go‘zallikning tahmi, rangi, chehrasi
umumbashariy. Dunyodagi barcha ellar va elatlar uchun tanish, jondosh va
qondosh. Rauf Parfi she’riyatidagi Ishq, Qush, Daraxt, Nur timsollari erkka intilib
yonib yashayotgan Shaxs ruhiy hayotini aks ettiruvchi yangi ramzli ma`nodorlik
kasb etdi. Tomchida oftob aks etgani singari Rauf Parfi she’rlari — bu ichki
«men» shaklida zohir bo‘layotgan shaxsning namoyon bo‘lish jarayonlarini aks
ettiradi. Qaysi satrini o‘qimang, undan shoirning nigohini tuyasiz, nafasini his
etasiz. O‘tkir, sinchkov, olov ko‘zlarini ko‘rasiz.
Hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirish o‘zbek she’riyati
taraqqiyotining barcha davrlari uchun ham bosh xususiyat bo‘lib kelgan. Lekin
unga erishish yo‘llari ko‘p, usullari nihoyatda xilma-xil. Shoir bu yorug` dunyoda
yashayotgan Insonning cheksiz-chegarasiz kechinmalarini so‘z bilan ifoda
qilguvchi shaxsdir, — deydi Rauf Parfi. — Shoir ko‘zining o‘rnida daryolar oqqan,
elkasida tog`lar yiqilgan, o‘z tanidan chiqib, ruhga aylangan zotdir . Uning o‘z
tahbiri bilan aytganda, shoirni kuylatgan hazrati inson. Uning haqqi-huquqlari —
she’riyatning ham haqqi-huquqlaridir. Jaholatning ranglarini, zulmning ma`nosini,
zo‘ravonlik, adolatsizlikning sirti shakar-botini zahar tabiatini obrazlar tiliga
ko‘chirgan timsolli haqiaqtlar Rauf Parfi ijodiy individualligini tayin etadi.
Ushbu xususiyat Rauf Parfi O‘zturk va boshqa bir qator shoirlarimizning
(Cho‘lpon Ergash, H.Xudoyberdieva. Shavkat Rahmon, Tohir Qahhor, Xurshid
Davron, Abdulla Sher, Usmon Qo‘chqor va h.k.) ijodiy izlanishlaridagi etakchi
uslubiy yo‘nalishdir. Majoziy obrazlilik — ramzlar vositasida fikrlash madaniyati
XX asrning 70-yillaridan ehtiboran o‘zbek she’riyatida etakchi tamoyilga aylandi.
Rauf Parfi qo‘liga qalam tutgan asnolardan etiboran she`r — uning uchun
qismatga, bir umrlik taqdirga aylangan edi. Rauf Parfinining nazdidagi shoir
«jafokash shu xilqat aro qora qalamga hamnishin tutingan», g`amgusor va
62
motamsaro fikr sochayotgan» insondir, norizo odamdir. Ammo uning norizoligi
avvalo o‘ziga qaratilgan. Insonning «qafas ichra uyg`ongan navo», «toshloqlarda
qon yutgan lola» singari ilojsizligi, «havosi so‘rib olingan havo»dagi hayoti uni
qiynaydi. Shoir 70-yillardayoq yozgani kabi: «Yuzma-yuz kelgandek go‘yo o‘t va
suv, Yuzma-yuz keladir shoir va zamon». Zero, «buyuk e’tiqoddir muborak ilhom»
va shoirning yuragida qasos yashaydi, unda «sobit intiqom».
Yuksak ideallarga intilgan Rauf Parfining sevib ergashgan shoiri Blok
she’rni tushuntirish imkonsizligini ta’kidlab «dostentning dastidan dodlagan»
satrlarni bitgandi. Biz ham shoir fenomenni tushuntirish niyatidan yiroqmiz.
Ammo bu ham bir urinishda. Rauf Parfining majoziy timsollardan tiklangan badiiy
tafakkuri ilk satrlaridanoq erk istagi va ozodlik ruhi, jamiyatdagi zulmga, ijtimoiy
adolatsizlikka, tengsizlikka, nohaqlikka qarshi isyon g`oyalari bilan to‘yingandi.
Rauf Parfi XX asr o‘zbek poeziyasida fikr bilan kechinmaning sintezini badiiy
sanat darajasiga ko‘tardi, sof tuyg`uning tabiiy oqimini, qabariq majoziy ifodasini
betakror yo‘sinda omuxtalashtirdi. Uning go‘zallik hodisasiga aylangan dardli
she’riyatida Erk, Haqiqat, Ezgulik va Go‘zallikning tamini tuyish, rangini ko‘rish,
chehrasiga tik boqish mumkin.
Rauf Parfini hayot haqiqati emas, qalb haqiqati ko‘proq o‘ziga tortadi.
Mening nazarimda, u kundalik turmushda qanday yashamasin, odamlar bilan qay
tarzda muloqot qilmasin, she’r yozayotganda qandaydir ruhiy yuksaklikda turib
yozardi. Bir-ikki marta uning jahlini chiqarishga, fikrini shu taxlit bilishga urinib
ko‘rganman. «Nega siz ham «Oy chiqar goh zaholi, Qizlar ko‘pdir vafoli» yoki
«Kigadir yoqar rayhon, Kim atirgul shaydosi» singari satrlarni yozmaysiz?» - deb
so‘raganman. Va undan javob ololmaganman. Uning satrlari zalvorli, u
donishmand, u vijdon singari bir so‘roqchi. Bu fenoman hali o‘rganilishi kerak. U
o‘zbek she’riy madaniyatidagi sarbast she`r tuzilishini o‘zbek xalqining nafaqat
orzu-armonlari, dardu-alamlari, shu bilan barobar yana tafakkur madaniyati, qalb
zarblari, o‘zbekona milliy ruhi bilan boyitdi, raufona oksimoron tisollar tizimini
yaratdi. Hislar oqimi she`r musiqiyligini hosil etishi — yolg`iz Rauf Parfi ijodiy
63
izlanishlari uchun xos bo‘lgan betakror samaradir. Satrlardagi ichki qofiyalanish,
alliterastiya — ohangdosh so‘zlar bilan boyitilish sherning tafakkur to‘lqinining
ong-shuurlarda mixlanib qolishini taminladi
1
.
Rauf Parfi ijodida odatiyliklardan qochish kuzatiladi, u she`riy san`atlarni
she`riyatiga singdirishga harakat qilmaydi, balki uning ijod olamiga she`riy
san`atlarning o‘zi tashrif buyuradi. Ijodkor she`rlarida birdan ortiq she`riy san`atlar
talaygina.
Do'stlaringiz bilan baham: |