1.So‘z takroridan vujudga kelgan takrir san`ati :
Vahshiy dunyo ,qonxo‘r dunyo quturdi,
Inson faryodiga to‘ldi koinot,
Nabiylar,dohiylar,shoirlar turdi,
“Chora, chora ”,-deya so‘rdilar najot. (T)
She`riy misrada so‘z takrori ma`noni ta`kidlash uchun xizmat qiladi. Bandda
qo‘llangan chora so‘zini takrorlashdan ko‘zlangan maqsad ham ayni shu. So‘z
takroridan hosil bo‘lgan takrir san`ati fikrdagi qat`iyatni hamda his-tuyg`uni ,ruhiy
kechinmalarni, qahramon ichki dunyosini ravshan ifodalaydi. Shoir ijodida
bunday misralar talaygina.
Do'stlaringiz bilan baham: |