Pensiya ishi


-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/46
Sana23.06.2021
Hajmi0,95 Mb.
#99107
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

1-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN 

BYUDJETINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 

 

1.1.  Konsolidatsiyalashgan byudjet, uning mazmuni, tarkibi 

va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati 

 

Byudjet (ingl. byudjet – hamyon, mablag’) belgilangan muddat uchun ishlab 

chiqilgan,  me’yorlashtirilgan  hamda  qonuniy  ravishda  tasdiqlangan  daromadlar  va 

xarajatlar  yig’indisini  ifodalaydi  hamda  davlatning  oldida  turgan  maqsad  va 

vazifalarini  moliyaviy  ta’minlashga  mo’ljallangan  pul  mablag’lari  fondini 

shakllantirish va xarajat qilish shaklini aks ettiradi.  

Davlat  byudjetining  mazmunini  yoritishga  turli  davr  va  turli  yo’nalishdagi 

iqtisodiy  maktablar  vakillari  fikr  bildirgan.  Masalan,  “Davlat  byudjeti  deyilganda, 

eng  avvalo,  ikki  tushunchaning  qo’shilishini  tushunmoq  kerak:  birinchisi  davlat 

miqyosida  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM)ni  taqsimlash  natijasida  vujudga  keladigan 

iqtisodiy  (moliyaviy)  munosabatlar  (iqtisodiy  kategoriya)  va  ikkinchisi  shu 

kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”

3



deb izohlangan. 



Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga nazar 

tashlasak,  masalan,  “Public  budgeting  systems”  nomli  qo’llanmada  keltirilishicha, 

“davlat  byudjetining  kelib  chiqishi,  rivojlanishi  va  isloh  qilib  borilishi  davlat 

boshqaruvidagi  rasmiy  shaxslarni  o’z  xatti-harakatlari  uchun  javobgarlik  va 

mas’uliyatga  chaqirishga  bo’lgan  intilish  bilan  bog’liq”

4

.  “Demokratik  jamiyatda 



byudjet  –  bu  hukumatning  kuch  va  imkoniyatlarini  cheklash,  bir  qolipga  solish 

vositasi sifatida qaralishi mumkin”

5

 



                                                           

3

 Malikov T., Xaydarov N. Davlat byudjeti. – T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 5-b. 



4

  Robert  D.Lee  Jr.,  Ronald  W.Johnson,  Philip  G.  Joyce.  PUBLIC  BUDGETING  SYSTEMS. 

Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. – P. 6-8. 

5

  Robert  D.Lee  Jr.,  Ronald  W.Johnson,  Philip  G.  Joyce.  PUBLIC  BUDGETING  SYSTEMS. 



Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. – P. 7. 


7

 

 



O’zbekiston  Respublikasining  konsolidatsiyalashgan  byudjeti  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  moliya  yili  yakunlari  bo’yicha  tahliliy 

maqsadlar  uchun  hamda  byudjet  tizimi  byudjetlarining  (byudjet  tashkilotlarining 

byudjetdan  tashqari  jamg’armalari  bundan  mustasno)  barcha  tushumlari  va 

xarajatlarini  hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi 

mablag’larini,  ular  o’rtasidagi  transfertlarni  hisobga  olmagan  holda  hisobga  olib 

borish uchun tuziladi.  

Davlat  vazifalari  va  funksiyalarini  moliyaviy  jihatdan  ta’minlash  uchun 

mo’ljallangan  markazlashtirilgan  pul  jamg’armasi  davlat  byudjetining  mohiyatini 

ifodalaydi.  Uning  samarali  faoliyat  ko’rsatishi  iqtisodiy  o’sishning  sifatiga  va 

ijtimoiy  farovonlikning  darajasiga  bevosita  ta’sir  ko’rsatadi.  Davlat  byudjetining 

barqarorligi  mamlakat  iqtisodiyoti  va  eng  avvalo,  uning  ijtimoiy  sohasi  holatini 

xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir

6



O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti YIM va milliy 

daromadning  taqsimlanishi  jarayonida  davlatning  jamiyat  oldidagi  vazifalarini 

bajarishi  uchun  maqsadli  ravishda  shakllantirilgan  markazlashtirilgan  pul  fondi 

bo’lib, mamlakatda yashovchi barcha aholining moliyaviy manfaatlarini ifoda etadi. 

Rivojlagan  mamlakatlarda  kuzatilayotgan  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozning 

mavjudligiga qaramasdan, mamlakatimizda kuzatilayotgan barqaror iqtisodiy o’sish 

sur’atlarining  ta’minlanishida  izchil  olib  borilayotgan  byudjet-soliq  siyosatining 

ahamiyati  g’oyat  yuksakdir.  Buni,  o’z  navbatida,  keyingi  yillarda  kuzatilayotgan 

byudjet  profitsiti,  rejalashtirilgan  davlat  byudjeti  daromad  ko’rsatkichlarining 

orttirib  bajarilayotgani,  davlat  byudjeti  ijrosining  g’aznachilik  tizimi  yanada 

rivojlantirilishi 

natijasida 

byudjet 

xarajatlarining 

manzilli 

va 


maqsadli 

sarflanayotgani bilan izohlash mumkin. “Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini 

inobatga  olgan  holda  ustuvor  yo’nalishlar  uchun  moliyaviy  resurslarni  jamlashda 

asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi”

7

. 



                                                           

6

 Mamatov B.S. Pensiya jamg’armasi faoliyati. – T.: “Barkamol fayz media”, 2017. 27-b. 



7

  Malikov  T.,  Haydarov  N.  Moliya:  umumdavlat  moliyasi.  –  T.: “IQTISOD-MOLIYA”,  2009. 

21-22-b. 



8

 

 



O’zbekiston  Respublikasining  konsolidatsiyalashgan  byudjeti  tarkibini 

quyidagi rasm orqali ifodalaymiz. 

 


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish