3.2. O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti
moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari
Mamlakatimizda davlat byudjeti oldingi yillar byudjetlari singari asosiy
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumatimiz tomonidan chora-tadbirlarni
davom ettirishga qaratilgan. “Davlat byudjetining umumiy xarajatlarida ijtimoiy
60
soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan xarajatlarini oshirish ko‘zda
tutilmoqda
49
.
Ijtimoiy infratuzilma subyektlarining soliq yukini qisqartirish, ijtimoiy
sohadagi munosabatlar ma’muriy tartibga solinishining soddalashtirilishi, ijtimoiy
xizmatlardan, shu jumladan, ta’lim xizmatlaridan foydalanish sharoitlari
yomonlashishishga yo‘l qo‘yilmasligi byudjet siyosati ijtimoiy yo‘naltirilganligining
muhim tamoyillari hisoblanadi. Ta’limdan davlat ta’lim grantlari doirasida umumiy
foydalanishni kafolatlovchi oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosati prinsiplaridan kelib
chiqqan holda oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi
o‘zgarishsiz qolmoqda. Byudjet siyosati asosiy yo‘nalishlarida ham davlat grantlari
asosida qabul qilingan, ham shartnoma-to‘lov asosida o‘qitilayotgan talabalar uchun
oliy o‘quv muassasalarida amaldagi o‘qish va o‘tkazish qoidalariga biron bir
o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutmaydi
50
.
Davlat byudjeti xarajatlarini yanda samarali boshqarishini takomillashtirishda
quyidagi takliflardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi:
byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan
samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi
xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilish;
byudjetdan mablag’ oluvchi muassasalarning moddiy texnik bazasini
inobatga olgan holda, byujetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan
amalga oshirilgan to’lovlar ko’chirmasini o’z muddatlarida hisobotlarda aks
ettirilishini ta’minlash maqsadida, ushbu hujjatlarni tegishli operatsiyalar amalga
oshirilgandan so’ng g’aznachilikda to’g’ridan-to’g’ri byudjet muassasasiga elektron
tarzda yuborish va shu asosda byudjet muassasalari tomonidan hisobotlarni o’z
vaqtida va sifatli tuzishga erishish maqsadga muvofiq bo’lardi;
49
www.mf.uz
(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).
50
Sayriddinov I. Davlat byudjeti ijtimoiy soha xarajatlarini samarali boshqarishni takomillashtirish
masalalari. “O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining dolzarb muammolari”
mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislar to’plami. 2017-yil 24-mart. –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2017. 211-b.
61
davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish
ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq
munosabatlar
doirasida
byudjet
tizimini
boshqarish
organlari
doirasida
integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va
murakkab masala bo’lib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush
sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oila va shaxslarni etarli darajada
ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy
masalalarini to’g’ri hal qila bilishga bog’liqdir. Bunda mahalliy byudjetlarga
tushadigan soliq va yig’imlarning turi, miqdorini belgilash alohida ahamiyat kasb
etadi. Davlatning moliya-soliq siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bu moliya
tizimini va uning bo’g’inlarini isloh qilishdan iboratdir. Ushbu yo’nalishdagi muhim
muammolardan biri – davlat moliyasini, shu jumladan, byudjet tizimini
takomillashtirish hisoblanadi.
Mahalliy byudjet mablag’lari hududlar moliyaviy resurslari tarkibida muhim
rol o’ynaydi va bu resurslar mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan tasarruf
etiladi
51
. Bugungi kunda mahalliy byudjetlar potentsialini mustahkamlash
maqsadida qonuniy tarzda, nafaqat, mahalliy soliq va to’lovlarning tarkibini aniq
belgilab qo’yishi, balki respublika ahamiyatidagi davlat soliqlarining mahalliy
byudjetlar daromadlaridagi ulushlari dinamikasini tahlil qilish va uni yanada
takomillashtirish ham zarurdir. Ushbu strategik maqsadga erishish yuzasidan soliq
tizimini takomillashtirishning ayrim muhim vazifasini bajarilishiga erishish kerak.
Buning uchun:
byudjet va soliq tizimini joylarda o’z mahalliy byudjetlarning o’z soliq
bazalari takomillashuvini hamda mustahkamlashuvini rag’batlantirish lozim;
mahalliy byudjetlar daromadlari umumiy hajmda tartibga soluvchi
soliqlardan tushumlarni ham qo’shganda o’z daromadlari bilan ta’minlanish
darajasini maksimal darajaga etkazish lozim.
51
Yuldashev A. Hudud byudjet resusrlarining shakllanishi va uning zimmasidagi ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalar. – Toshkent: “Moliya” ilmiy jurnali. 2-son, 2017. 40-b.
62
O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichida
yaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari mushtarakligini ta’minlash talab
etilmoqda
52
. Bunda: davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy
iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldi olinishi; mahalliy byudjetlar huquq
va majburiyatlarining kengayib borishi sharoitida shunga mos ravishda ular
imkoniyatlarini yaxshilashning zarurligi.
Davlatning maqsadli jamg’armalarini shakllantirish, ularning moliyaviy
resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bugungi kundagi dolzarb masalalardan
biri bo’lib kelmoqda
53
. Bizning fikrimizcha, davlat maqsadli jamg’armalar
moliyaviy barqarorligi quyidagi mezonlarga ham bog’liq bo’ladi: davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjeti hamda davlat maqsadli
jamg’armalari daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning samaradorlik
ko’rsatkichlari; YaIM tarkibidagi soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa
to’lovlarning ulushi; aholining turmush darajasi (daromadliligi); soliqlar, majburiy
ajratmalarning aholi va iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida taqsimlanish xususiyatlari;
davlat moliya siyosatining asosiy yo’nalishlari; mavjud iqtisodiy vaziyatlarni
inobatga olgan holda belgilangan vazifalar ko’lami; byudjet defitsiti darajasi va
boshqalar.
Davlat maqsadli jamg’armalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash, bizning
fikrimizcha, quyidagi asosiy vazifalarni hal etish bilan bog’liq: davlat maqsadli
jamg’armalarining boshqaruvchi organlar faoliyati samaradirligiga; davlat moliyaviy
nazoratining samaradorligiga; mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli
islohotlarga; mamlakat YaIM tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ulushini kattaligini hisobga olib, ushbu subyektlar rivojlanishi va ko’lamini
kengayishi uchun shart-sharoit; davlat maqsadli jamg’armalarni qo’shimcha
52
Nuritdinova
V.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
hududlar
moliyaviy
imkoniyatlarini oshirishda hududiy dasturlarning ahamiyati. – Toshkent: “Moliya” ilmiy jurnali.
3-son, 2017. 40-b.
53
Xamidov A.T. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar moliyaviy barqarorligini
ta’minlash. “O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining dolzarb muammolari”
mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislar to’plami. 2017-yil 24-mart. –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2017. 261-b.
63
daromad manbalarini oshirish; davlat maqsadli jamg’armalar faoliyati bilan bog’liq
tizimida samaradorlik va tejamkorlik prinsiplari asosida o’zgarishlar kiritish; davlat
maqsadli jamg’armalar faoliyatiga doir huquqiy bazani takomillashtirish va
boshqalar.
Davlat maqsadli jamg’armalari barqarorligini ta’minlashning yana bir
mehanizmi bu integrallashgan axborot tizimlarini takomillashtirishdir. Ma’lumki,
respublikamizda davlat maqsadli jamg’armalari daromad qismi ijrosini amalga
oshiruvchi organlar asosiy ishtirokchilari – Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi,
Davlat bojxona qo’mitasi, Markaziy bank hamda tijorat banklari hisoblanadi.
Bundan tashqari, davlat byudjeti daromad qismining ijrosi bilan bog’liq jarayonda
qonunchilikka muvofiq davlat byudjetiga majburiy to’lovlarni hisoblash va undirish
bo’yicha vakolat berilgan Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirlik
hamda idoralarning tarkibiy bo’linmalari ham ishtirok etadi. O’z bazasida
qonunchilik va ijro hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatli vazirliklar,
qo’mitalar va idoralar foydalana oladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni
hisoblash va to’lash bo’yicha axborotga ega bo’lgan birlashgan integratsiyalashgan
tizimni takomillashtirish davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish va ijro
etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirishni
yaxshilash samarasini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Birlashgan integratsiyalashgan axborot bilan ta’minlash tizimi uzatilayotgan
va qabul qilinayotgan moliyaviy va boshqa ma’lumotlarning asosiy oqimlarini va
parametrlarini inobatga olishi, turli davlat organlari o’rtasida axborot almashinuvi,
shuningdek, ular tomonidan boshqa vazirliklarning ma’lumotlar bazasida mavjud
bo’lgan axborotlardan ham joriy ishda, ham rejalashtirish va prognozlashtirish
maqsadlarida foydalanish imkonini berishi lozim. Boshlang’ich bosqichda bu vazifa
vazirliklar va idoralar guruhi doirasida hal etilishi, ya’ni ular o’rtasida
almashiladigan ma’lumotlar tarkibi va xajmi aniqlanishi, keyinchalik esa
umumdavlat miqyosida axborot almashishning global tizimini yaratishga qaratilgan
masalaning echimiga o’tish mumkin.
64
Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
ham muhim o’ringa ega. Bizning fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlarning samarali
amalga oshirilishi O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari
evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish imkonini
yaratadi. Jumladan, moliyalashning turli manbalari hisobidan O’zbekiston Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasining resurs bazasini yanada mustahkamlash, Jamg’arma
resurslarini iqtisodiyotning real sektoriga faol yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Bu
esa, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash
jarayonlarini amalga oshirishda O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
rolini oshirish hamda ishtiroki ko’lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi
tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini
birgalikda moliyalash hajmlarini ko’paytirish, istiqbolda esa yirik investitsiya
loyihalarini samarali moliyalashtirish imkonini beradi.
Investitsiya loyihalarini O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
mablag’lari evaziga moliyalashtirishda “hamkorlikda moliyalashtirish” usulini joriy
qilishni faollashtirish zarur. Bu holat investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda
loyiha risklarini pasaytirish va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini
beradi. O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga
strategik ahamiyatga molik bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik
jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlashni takomillashtirib borish
maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari
evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mamlakat hududlarining
taraqqiyoti mutanosibligini (balanslashuvini) ta’minlashga asosiy e’tibor qaratish
zarur. Bu esa, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mutanosibligini
ta’minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |