Respublika yo’l jamg’armasining daromadlari tizimi
37
№
Daromadlar ko'rsatkichlari
2015-yil
2016-yil
2017-yil
mlrd.
so'm
jamiga
nis.
foizda
mlrd.
so'm
jamiga
nis.
foizda
mlrd.
so'm
jamiga
nis.
foizda
1.
Daromadlar ko'rsatkichlari
2782,6
100,0
2669,4
87,3
3059,2
89,3
1.1.
Tovar
(ish,
xizmat)lar
realizatsiyasi hajmidan majburiy
ajratma
1684,4
60,5
1718,6
56,2
1863
54,4
1.2.
Avtotransport
vositalarini
olganlik va (yoki) O’zbekiston
Respublikasi
hududiga
vaqtinchalik olib kirganlik uchun
yig’im
448,6
16,1
530
17,3
550
16,1
1.3.
Chet
davlatlar
avtotransport
vositalarining
O’zbekiston
Respublikasi hududiga kirganligi
va uning hududi orqali tranzit
tarzida o’tganligi uchun yig’im
54
1,9
56,2
1,8
67,5
2,0
1.4.
Xalqaro
moliya
institutlari
zayomlari
584,6
21,0
352,6
11,5
536,7
15,7
1.5. Boshqa tushumlar
11
0,4
12
0,4
42
1,2
2.
Yil boshiga qoldiq
0
0,0
389,6
12,7
365,7
10,7
Jami daromadlar
2782,6
100,0
3059
100,0
3424,9
100,0
Respublika yo’l jamg’armasining mablag’laridan:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish,
rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash, saqlash, shu jumladan jihozlash (texnologik
asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar olish);
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari sohasidagi maxsus vakolatli
organ, uning hududiy yo’l-ekspluatatsiya tashkilotlari boshqaruv apparati
xodimlarining hamda muhandis-texnik xodimlarining va Jamg’armaning
ijro etuvchi direktsiyasi xodimlarining malakasini oshirish;
37
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi
40
Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasini, umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo’llari sohasidagi maxsus vakolatli organning ijro etuvchi devonini
hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo’l-
ekspluatatsiya tashkilotlarini saqlab turish;
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi.
9-jadval
Respublika yo’l jamg’armasining xarajatlari tizimi
38
№
Xarajatlar ko'rsatkichlari
2015-yil
2016-yil
2017-yil
mlrd.
so'm
jamiga
nis.
foizda
mlrd.
so'm
jamiga
nis.
foizda
mlrd.
so'm
jamiga
nis.
foizda
1.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil
yo'llarini loyihalashtirishga xarajatlar
15
0,54
20
0,65
20
0,58
2.
Avtomobil
yo'llarini
qurish
va
rekonstruksiya qilishga xarajatlar
1467,9
52,75
1632,6
53,37
2006,7
58,59
shu
jumladan:
xalqaro
moliya
institutlari mablag'lari hisobiga
584,6
21,01
352,6
11,53
536,7
15,67
3.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil
yo'llarini
saqlash
va
ta'mirlashga
xarajatlar
838,9
30,15
853,6
27,90
752,4
21,97
4.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil
yo'llarini ekspluatatsiya qilish uchun
mashina va mexanizmlarni sotib olish
uchun xarajatlar
120
4,31
100
3,27
80
2,34
5.
Respublika Yo'l jamg'armasi boshqaruv
apparatini saqlash xarajatlari
5,6
0,20
6,6
0,22
7,3
0,21
6.
“O'zavtoyo'l”
DAK
markaziy
boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari
2,3
0,08
2,5
0,08
3,3
0,10
7.
“O'zavtoyo'l”
DAKning
hududiy
yo'llarni
ta'mirlash
tashkiloti
boshqarmasi
apparatini
saqlash
xarajatlari
12,5
0,45
13,5
0,44
17,6
0,51
8.
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 25-oktyabrdagi
PQ-499 sonli qaroriga binoan tabiiy
ofatlar
oqibatlarini
bartaraf
etish
zahirasi
110
3,95
100
3,27
100
2,92
9.
Umumiy
foydalanishdagi
yo'llarni
qurish, saqlash, ta'mirlash bilan bog'liq
bo'lmagan xarajatlar
100
3,59
0
0,00
0
0,00
10.
Bojxona
postlarida
undiriladigan
yig'imlar
va
valyuta
tushumlarini
nazorat
qilish
bo'yicha
Yo'l
jamg'armasi, Davlat bojxona qo’mitasi
va
xizmat
ko'rsatuvchi
banklar
o'rtasidagi
o'zaro
hamkorlik
shartnomalarini bajarish
1,2
0,04
1,4
0,05
1,4
0,04
11.
Boshqa xarajatlar
109,2
3,92
109
3,56
141,8
4,14
12.
Yil oxiriga qoldiq
0
0,00
219,8
7,19
294,4
8,60
Jami xarajatlar
2782,6
100,00
3059
100,00
3424,9
100,00
38
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi
41
Yuqorida keltirilgan 9-jadvalda biz Respublika yo’l jamg’armasining
xarajatlari tizimi va uning oxirgi yillardagi ijrosi ko’rsatkichlarini ko’rishimiz
mumkin. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki Yo’l jamg’armasining asosiy
xarajatlari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarni qurish va qayta qurish
uchun xarajatlariga to’g’ri kelmoqda.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi. Davlat
mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasining daromadlari:
davlat mulki bo’lgan korxonalarni, xo’jalik jamiyatlarining ustav
jamg’armalaridagi aktsiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni
realizatsiya qilish;
ustav jamg’armalarida davlat ulushi bo’lgan xo’jalik jamiyatlarini
tugatishdan tushgan tushumlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasining
mablag’laridan:
xususiylashtirishdan
tushgan
umumiy
mablag’lardan O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
yoki
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining qaroriga ko’ra bir yo’la to’lanadigan to’lovlar;
davlat aktivlarini olish bo’yicha belgilangan tartibda bekor qilingan
shartnomalar yuzasidan mablag’larni sotib oluvchilarga qaytarish;
davlat aktivlarini realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlar;
davlat korxonalarini xususiylashtirishda aktsiyalarni chiqarish, saqlash va
realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlar;
baholash, ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotlari va
boshqa tashkilotlar, mustaqil ekspertlarning amaliy tadqiqotlarni bajarish, tegishli
ekspertizani o’tkazish, normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, davlat aktivlarini
sotishdan oldingi tayyorgarlikni o’tkazish xizmatlari haqini to’lash xarajatlari;
yuridik shaxslarning aktsiyalari, ulushlari, paylarini, shuningdek boshqa
aktivlarni davlat manfaatlarini ko’zlab olish bilan bog’liq xarajatlar;
42
davlat aktivlarini boshqarish bo’yicha xizmatlar haqini to’lash xarajatlari;
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsaddagi xarajatlar uchun
foydalaniladi.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasining
mablag’lari quyidagicha taqsimlanadi va yo’naltiriladi:
1) xususiylashtirishdan tushgan mablag’larga, davlat aktivlari yuzasidan
tuzilgan hamda bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari bo’yicha jarimalar va
penyalar summalariga, berilgan kreditlar va qarzlardan tushgan mablag’larga
taalluqli qismi: O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga; ijtimoiy-
iqtisodiy
rivojlantirish
loyihalarini
moliyalashtirish,
bozor
infratuzilmasi
institutlarini shakllantirish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika
byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar
byudjetiga; bunday mablag’larni maqsadli ravishda faqat bozor infratuzilmasini
rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish
uchun O’zbekiston Savdo-sanoat palatasiga; taqsimlash va boshqarish vazifalarini
amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun, shu jumladan
Xususiylashtirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborot jihatidan
ta’minlash va qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturini amalga oshirish,
shuningdek qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish xarajatlari uchun davlat
aktivlarini boshqaruvchi vakolatli organning hisobvaraqlariga yo’naltiriladi;
2) rezidentlar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan
mablag’larga taalluqli qismi: O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat
byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga infratuzilmani rivojlantirish
hamda hududlarni obodonlashtirish uchun maqsadli ravishda foydalanish uchun
yo’naltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi.
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining daromadlari: belgilangan
miqdordagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari; vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni
43
joylashtirishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar
hisobidan shakllantiriladi
.
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining mablag’laridan: ishsiz deb
topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash xarajatlari; ishsizlik bo’yicha nafaqalar, bandlikka ko’maklashish va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan ishlash uchun boshqa
joyga ixtiyoriy ravishda ko’chib o’tish munosabati bilan kompensatsiyalar to’lash
hamda ishsizlarga moddiy yordam berish; ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan
ilgari pensiya tayinlanishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi xarajatlarining o’rnini
qoplash; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ishlariga haq to’lash;
nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan boshqa toifalari
mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o’rinlarini va ishlab
chiqarishlarni tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish; qonun
hujjatlariga muvofiq bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
markazlarining alohida bo’linmalarini saqlab turish, shuningdek ularni moddiy-
texnik jihatdan ta’minlash; respublika miqyosida va hududiy miqyosda sotsiologik
kuzatuvlarni tashkil etish va o’tkazish, bandlik masalalari bo’yicha aholining ayrim
guruhlarida anketa so’rovlarini o’tkazish; mehnat bozorining respublika va hududiy
axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, shu
jumladan texnika vositalari olish; ish bilan band bo’lmagan aholiga yordam
ko’rsatish, shu jumladan ishga joylashtirishga ko’maklashish va maslahat xizmatlari
ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar; aholi bandligi bilan bog’liq masalalar bo’yicha
xalqaro hamkorlikni hamda xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni
moliyalashtirish;
chet
elga
ishga
yuborilgan
O’zbekiston Respublikasi
fuqarolarining ishga joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza
qilinishini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar; belgilangan tartibda aniqlanadigan
boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi
.
44
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan
yyerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi. Sug’oriladigan yyerlarning
meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi daromadlari:
har yili tasdiqlanadigan Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash jamg’armasining asosiy parametrlari doirasida qishloq xo’jaligi tovar
ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona er solig’i bo’yicha
tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag’lar;
byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining
mablag’laridan:
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari
doirasida magistral (viloyatlararo), tumanlararo, xo’jaliklararo ochiq kollektorlarni
va ulardagi inshootlarni, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini, vertikal drenaj
quduqlarni, meliorativ nasos stantsiyalarini hamda kuzatish tarmoqlarini qurish,
rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va tozalash;
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlariga
kiritiladigan loyihalarni amalga oshirish bilan bog’liq loyiha-qidiruv hujjatlarini
ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqish;
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida
nazarda tutilgan boshqa ishlar uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |