2.2.
Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan foydalanish
amaliyoti tahlili
Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg’armalar davlat maqsadli
jamg’armalaridir. O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 33-moddasiga
muvofiq davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarning byudjet
sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iboratdir:
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi;
davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar
smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi;
davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari daromadlari prognozini
davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida etkazadi;
davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlariga o’zgartirishlar kiritish
tartibida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga
o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar va boshqa tushumlar
to’liq hamda o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi
to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish jarayonida
tushumlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga
oshiradi;
davlat maqsadli jamg’armalarining Yagona g’azna hisobvarag’i va boshqa
bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;
33
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosining byudjet hisobini
yuritadi;
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining daromadlari va xarajatlari
balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy
ekspertizadan o’tkazadi;
davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar qonun hujjatlariga
muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin;
davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab
chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar
manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan
tarkib topadi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini taqchillik
bilan ishlab chiqishga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi
davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini oluvchilar tomonidan ularning bir yil
uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy bo’lingan holda tuziladi va
tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar
smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi
davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini
tasdiqlash joriy yilning 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Davlat maqsadli
jamg’armalarining mablag’lari bo’yicha tasdiqlangan xarajatlar smetalarini
ro’yxatdan o’tkazish davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar
tomonidan joriy yilning 1 aprelidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg’armalar ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha
vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha
vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun davlat maqsadli jamg’armalar
ijrosi amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat maqsadli
34
jamg’armalarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni
o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi. Davlat maqsadli
jamg’armalarining daromadlari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari O’zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
tomonidan
ochiladi.
Davlat
maqsadli
jamg’armalarining byudjetlari moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan
taqdirda, moliya yili mobaynida xarajatlarning umumiy summasi qabul qilingan
Davlat
byudjetiga
va
davlat
maqsadli
jamg’armalari
byudjetlariga
muvofiqlashtirilishi kerak.
Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga nisbatan ularning
xarajatlarini 10 va undan ortiq foizga ko’paytirishni yoki kamaytirishni nazarda
tutadigan o’zgartirishlar kiritish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning
tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 10 foizdan kam ko’paytirish yoki
kamaytirishni
nazarda
tutadigan
o’zgartirishlar kiritish davlat maqsadli
jamg’armalari taqsimlovchi organlarining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining xarajatlarini ularning tasdiqlangan parametrlariga
nisbatan ko’paytirish ularni qoplash manbalari mavjud bo’lgan taqdirda amalga
oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining xarajatlariga ularning
tasdiqlangan umumiy parametrlarini ko’paytirmasdan yoki kamaytirmasdan
o’zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko’ra amalga
oshiriladi. Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar har oyda
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni taqdim etadi.
Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning
35
shakllari, taqdim etish tartibi va muddatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Quyida davlat maqsadli jamg’armalar daromadlari va xarajatlarining oxirgi
yillardagi ijrosining tahlilini keltirib o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining daromadlari:
yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan miqdordagi tushumlari;
fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta
badallari;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |