Germaniy (Ge32, 1886). Nemis kimyogari K. Vinkler
topgan va o‘z vatani nomiga qo‘ygan.
Mishyak (As33). Bu nom ruscha bo‘lib «mish» -
«sichqon» va «yad» - «zahar» so‘zlaridan tashkil topgan.
Sichqonlarga qarshi zahar, degan ma’noni anglatadi.
Elementning yunoncha simvoli «arsenikuk» so‘zi kuchli,
organizmga beto'xtov ta’sir qiluvchi, demakdir.
Selen (Se34, 1817). Yunoncha «Selena», ya’ni «Oy»
so‘zidan olingan.
Brom (Br35, 1826). Yunoncha «bromos» - «badbo‘y»
demakdir. Element sassiq hidi uchun shunday atalgan.
Krípton (Kr36, 1898). Sanskritcha «kriptos» - «yashirin»
so‘zidan olingan. Havodan ajratib olish murakkabligi uchun bu
element shunday atalgan.
Rubidiy (Rb37, 1861). Lotincha «rubidus» - to‘q qizil
so‘zidan olingan. Spektridagi ikkita to‘q qizil chizig'i uchun
shunday atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |