Uran (U92, 1780). Element hosil qilinmasdan bir necha yil
ilgari topilgan Uran sayyorasi nomiga qo‘yilgan.
Neptuniy (Np93, 1940). Neptun sayyorasi nomiga qo'yil-
gan.
Plutoniy (Pu94, 1941). Pluton sayyorasi nomi bilan atal-
gan.
Ameritsiy (Am95, 1944). Aktinoid elementlaridan biri.
Bu element Amerika qit’asi nomi bilan atalgan.
Kyuriy (Cm96, 1944). Radioaktivlik haqidagi fanning
asoschilari, radiy va poloniy elementlarining kashfiyotchilari
bo‘lmish Mariya va Pyer Kyurilar sharafiga qo'yilgan. Kyuriy
elementining lotincha simvolidagi kichik «m» harfi ayol olimga
alohida izzat-hurmat yuzasidan «Mariya» ismidan olingan.
Berkliy (Bk97, 1950). AQSH ning Berkli shahridagi
radiatsiya laboratoriyasida hosil qilinib, shu shahar nomi bilan
atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |