Tomchilatib sug‘orgich (5.14-rasm) KVU-3 va boshqa tipidagi
kletkali batareyalarda har xil yoshdagi va turdagi parrandalarni sug‘orishga
mo‘ljallangan. U nippel tiqilgan korpusdan iborat. Korpus ichida yuqorigi
2 va pastki 5 klapanlar joylashtirilgan. Parranda suv ichish uchun tumshig‘i
bilan pastki klapanning chiqib turgan qismining pastki uchidan turtadi.
Pastki klapan yuqoriga harakatlanib yuqorigi klapanni ochadi. Natijada
76
5.15-rasm. Kosali avtosug‘orgich umumiy ko‘rinishi:
1 - fiksatsiyalovchi quvurcha; 2 - kosa; 3 - uchburchakli ilgak; 4 - kapronli shnur;
5 - egiluvchan quvur; 6 - kryuk; 7 - boshcha; 8 - rezinali egarcha; 9 - yostiqcha;
10 - quvurcha; 11 - shtuser; 12 - prujina; 13 - klapan; 14 va 16 - gaykalar; 15 - korpus;
Do'stlaringiz bilan baham: |