Elakli separatorlar. Elakli separatorlarda donlar kengligi va qalinligi
bilan farq qiladigan begona o‘tlaming urug‘lari va boshqa jismlardan
tozalanadi. Asosiy ishchi qismi dumaloq yoki cho‘ziq teshikli elaklar
sistemasidan tuzilgan bo‘lib, ular ilgarilama-qaytma harakatlanadi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan elakli separatorlar (ZSM tipidagi)
4 ta modifikatsiyaga ega va ular ish unumi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Ish unumdorligi 1,5...10 t/soat oralig‘ida o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |