O’rinbosar terapiya bo’lganligi tufayli preparat uzoq muddat beriladi. Preparat oshqozon ichak traktidan tez szriladi. Lekin moddaning 70-90 % ichak shilliq qavatida metabolizmga uchraydi. Preparat organizmda dofaminga va boshqa metabolitlarga aylanadi. Bu jarayon DOFA-dekarboksilaza, KOMT va MAO ta’sirida namoyon bo’ladi. Natijada qabul qilingan levadopaning 1% MNS ga boradi. Metabolitlari va o’zgarmagan qismi buyrak orqali organizmdan chiqib ketadi. Kuzatilishi mumkin bo’lgan nojo’ya effektlari: ishtaxani buzilishi, ko’ngil aynash, qusish, ortostatik gipotenziya, yurak aritmiyasi, ruxiy o’zgarishlar, harakatni buzilishi (ba’zi bir bemorlarda xoreya tipidagi harakatlar vujudga keladi) Midantan Xolinergik ta’sirni susaytiruvchi moddalar Stiklodol :(artan, trigeksifenidil gidroxlorid)
Do'stlaringiz bilan baham: |