Pardaboyeva Faridaning " Ayol borki olam munavvar, jannat-onalar oyog’I ostidadir"


Xalqaro xotin-qizlar kunini bayram sifatida nishonlash qachondan boshlangan? 8-mart tarixi



Download 0,72 Mb.
bet2/3
Sana23.03.2022
Hajmi0,72 Mb.
#506391
1   2   3
Bog'liq
8-martga maruza

Xalqaro xotin-qizlar kunini bayram sifatida nishonlash qachondan boshlangan? 8-mart tarixi
Xalqaro xotin-qizlar kunining ildizi ayollarning erkaklar bilan teng ravishda jamoat hayotida ishtirok etish huquqi uchun ko‘p asrlik kurashiga borib taqaladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni — bu ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy yutuqlariga bag‘ishlangan global kun. Shuningdek, bu kunda gender tengligini tezlashtirish uchun harakatlarga da’vat etiladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni 8-martda butun dunyoda keng nishonlanadi. “Daryo” kun tarixi haqida hikoya qiladi.
Har yili 8-martda nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar kuni yilning eng muhim kunlaridan biri hisoblanadi. Bu kun o‘zida quyidagi maqsadlarni ifoda etadi:

  • ayollarning erishgan va erishayotgan yutuqlarini nishonlash;

  • ayollar huquqlari tengligi to‘g‘risida xabardorlikni oshirish;

  • gender tengligi masalalarini keng tashviqot qilib, tezlashtirish;

  • ayollar xayriya tashkilotlari uchun mablag‘ yig‘ish.

Xalqaro miqyosda taniqli feminist, jurnalist va jamoatchilik harakati faoli Gloriya Steynem bu kunni bir paytlar shunday tushuntirgan edi: “Ayollarning tenglik uchun kurash tarixi hech qanday feministik targ‘ibotga yoki biror davlat, tashkilotga tegishli emas, balki inson huquqlari bilan shug‘ullanadigan barcha odamlarning jamoaviy harakatlaridir”.
Bu kunning o‘ziga xos ranglari ham mavjud. Xalqaro xotin-qizlar kunini ifoda etuvchi asosiy ranglar uchta: binafsha, yashil va oq ranglar. Binafsha rang adolat va qadr-qimmatni anglatadi. Yashil umidni anglatadi. Oq rang garchi u munozarali tushuncha bo‘lsa-da, poklikni anglatadi. Ranglar 1908-yilda Buyuk Britaniyadagi Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi (WSPU) tomonidan qabul qilingan.
Bo‘sh kastryulkalar marshi
1857-yil 8-martda Ayollar sotsial-demokratik tashkilotining chaqirig‘iga binoan Nyu-Yorkdagi to‘qimachilik fabrikasining ayol ishchilari Manhetten ko‘chalarida bo‘sh idish-tovoqlar, kastryulkalar bilan yurib, ayollarning mehnatiga ish haqining pastligi, ish sharoitining yomonligi va erkaklar bilan teng huquq berilishini talab qildi. O‘sha paytda ayollar kuniga 16 soatgacha ishlardi va mehnati uchun juda kam ish haqi olardi. Ungacha 16 soatlik ishga qarshi erkaklar ham bir necha bor qo‘zg‘alon qilgan bo‘lib, buning natijasida 10 soatlik ish kuni va mehnat huquqini himoya qiluvchi tashkilot tuzilishiga erishgan edi. Keyinroq Qo‘shma Shtatlarning ko‘plab fabrikalarida kasaba uyushma tashkilotlari paydo bo‘ldi va erkaklar bu uyushmalar a’zoligiga qabul qilindi. Ayollar qoshiqlarni bo‘sh kastryulkalarga urib, o‘zining noroziliklarini ifoda etib, turli mazmundagi chaqiriqlar va shiorlar aytdi. Bu marshda 15 mingga yaqin ayol qatnashdi. Bu hodisa nafaqat Amerika jamoatchiligi, balki butun dunyoning e’tiborini tortdi. Marshdan bir kun o‘tib Herald Tribune (hozirgi The New York Times) gazetasida “Bo‘sh kastryulkalar marshi” sarlavhasi ostida maqola paydo bo‘ldi va butun dunyoga ovoza bo‘ldi. 1857-yil 8-martdan keyin birinchi marta ayollar kasaba uyushmalariga a’zo bo‘ldi. Bundan tashqari, shu kuni Nyu-Yorkning ko‘plab shaharlarida yuzlab ayollar saylov huquqi berilishini talab qilib namoyishga chiqdi.
1910-yil 27-avgustda Daniya poytaxti Kopengagendagi Butun Yevropa ayollar forumida Nyu-Yorkdan kelgan ayollar delegatsiyasi ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida taniqli nemis inqilobchisi Klara Setkin ham bor edi. U forumda otashin nutq so‘zlab, shunday dedi: “Nyu-York ayollari haq edi, yevropalik ayollar ham bunday talablarni qo‘yishlari kerak. Men 8-martni ayollarning ijtimoiy huquqlari uchun kurash kuni deb nomlashni taklif qilaman”.
Mana shu nutq 8-mart bayramiga asos soldi.
Birinchi marta Xalqaro xotin-qizlar kuni 1911-yil 8-martda nishonlandi. Asta-sekin ushbu sanani u yoki bu darajada nishonlanadigan mamlakatlar soni ko‘payib bordi. 1957-yilda BMTda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar ijtimoiy huquqlari uchun kurash kuni, degan yozuv .
Rossiyada 1913-yilda 8-martdagi birinchi ayollar namoyishi Yevropa ayollari bilan birdamlikda bo‘lib o‘tdi. 1965-yilda SSSR 8-martni dam olish kuniga aylantirishga qaror qildi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish