Qo‘shbarg tuyatovon (zigofillum oksianum) - juftbargdoshlar oilasiga mansub, 40-70 sm keladigan ildizbachkisidan ko‘payuvchi ko‘p yillik o‘tchil o‘simlik. Barglari 2 ga bo‘lingan. Tog‘oldi tumanlarda, cho‘l, adir zonasida, lyoss tuproqli adirlarda, loydan qurigan eski imoratlarning o‘rnida o‘sadi. O‘zbekistonning hamma viloyatlarida tarqalgan. Yaylovlarda chorvo mollari deyarli yemaydi. Ammo ayrim hollarda boshqa yea-xashak o‘tlar bo‘lmaganda yeyilsa, qoramollar, tuyalar zaharlanishi mumkin.
Ranunculus arvensis L. — Дала айиқтовони, туятовон
Tajribada 3,1 kg tuyatovon yedirilgan qorakul qo‘ylarida zaharlanish alomatlari kuzatildi, asosan gemoliz hodisasi yuz beradi. Samarqand davlat universitetining fiziologiya kafedrasida o‘tkazilgan ayrim tajribalar tuyatovonning yashil massasiga nisbatan pichani parazitroq ekanligini ko‘rsatdi. Ammo tuyatovonning parazitligi siloslash paytida ancha kamayadi va ayrim mutaxasislarning fikricha, to‘yimliligi bilan makkajo‘xori va jo‘xori silosiga tenglasha oladi. Shu nuqtai nazardan tuyatovonni chuqurroq o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Tuyatovon xalq medisinasida askarida va boshqa yumaloq chuvalchanglarga qarshi kurashishda dori sifatida qo‘llaniladi.
Kampirchopon (Trichodesma incanum (Bge)Dc) -Kampirchopon bachkilaydigan o‘q ildizli ko‘p yillik yirik o‘t bo‘lib, dengiz sathidan 400-1100 metr balandlikdagi yerlarda keng tarqalgan. Tekis va adir yerlarda aprelning birinchi yarmida. Tog‘li hududlarda aprel oxirida va mayning birinchi yarmida o‘sa boshlaydi.
Urug‘ yirik (6-10 mm), yalpoq, loviya yoki yurak shaklida, nayza uchli bo‘ladi. Po‘sti kulrang, bir tomoni taram-taram yo‘lli, ikkinchi tomoni g‘adir-budur. U sermoy. Ming donasining og‘irligi 55 gramm keladi. Birinchi yili poyasining bo‘yi 30 sm. ga yetib, ildizi 1,5 m. gacha o‘sadi. Bargi bandsiz, tuxumsimon yoki keng xanjarsimon shaklda, nayza uchli, poyaga juft-juft bo‘lib, qarama-qarshi joylashgan. Poya va barglari oq tuklar bilan qalin qoplangan. Ikki-uch yil davomida tupi tarvaqaylab o‘sib, bo‘yi bir metrga, eni 0,5 m. ga yetadi. Ildizning sirti g‘adir-budir bo‘lib, yo‘g‘onligi 2-4 sm, uzunligi 4 m. ga yetadi. Kampirchopon kombayn bilan o‘rilgandan yoki ketmon bilan chopilgandan keyin tezda ildizdan sal yotiq o‘sadigan bir necha poya chiqaradi.
Kapirchoponning gullari pastki qismidan ochila boshlaydi. Gullash davri may oxiri va iyun boshida (tog‘larda iyulda) boshlanib, sentabrgacha, qaytadan ko‘karganlarida esa sovuq tushguncha davom etadi. Guli yirik (diametri 2,5 sm), havorang, keng og‘izli qo‘ng‘iroqchaga o‘xshaydi va beshta gulbargi bo‘ladi. Gullagandan keyin 2-3 hafta o‘tgach, urug‘i yetiladi. Yetilgan urug‘lar kuzgacha to‘kilmaydi.
Kampirchopon ekinlarning har gektarida 450 dan 5500 tupgacha, ba’zi joylarda 40 ming tupgacha o‘sadi. Bir tup kampirchopon 150 dan 2000 donagacha urug‘ tugadi. Urug‘ida 2,7 barg va poyasida 1,5 foiz alkoloid (zahar) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |