Parallel proyeksiyalash xossalari:
1. Parallel proyeksiyalashda: nuqta-nuqtaga, kesma-kesmaga, to`g`ri chiziq-to`g`ri chiziqqa o`tadi;
2. Parallel to`g`ri chiziqlar proyeksiyalari parallel bo`ladi yoki ustma-ust tushadi;
3. Shaklning to`g`ri chiziqli kesmalari proyeksiyasi ham kesmalardan iborat bo`ladi;
4. Shaklning parallel kesmalari proyeksiyasi ham parallel kesmalardan iborat bo`ladi;
5. Bitta to`g`ri chiziqda yoki parallel to`g`ri chiziqlarda yotgan kesmalar uzunliklari nisbati o`z proyeksiyalari uzunliklari nisbatiga teng.
Shakllarning_parallel_proyeksiyalari.'>2. Shakllarning parallel proyeksiyalari.
Quyida berilgan shakllarning parallel proyeksiyalari qanday shakllar bo`lishi mumkinligi haqidagi ma`lumotlar keltirilgan:
№
|
Shakl
|
Uning parallel proyeksiyasi
|
1
|
Ixtiyoriy uchburchak:
|
Ixtiyoriy uchburchak:
|
2
|
To`g`ri burchakli uchburchak:
|
Ixtiyoriy uchburchak(xususan, to`g`ri burchakli uchburchak):
|
3
|
Teng yonli uchburchak:
|
Ixtiyoriy uchburchak(xususan, teng yonli uchburchak):
|
4
|
Teng tomonli uchburchak:
|
Ixtiyoriy uchburchak(xususan, teng tomonli uchburchak):
|
5
|
Parallelogramm:
|
Parallelogramm:
|
6
|
To`g`ri to`rtburchak:
|
Parallelogramm(xususan, to`g`ri to`rtburchak ham):
|
7
|
Romb:
|
Parallelogramm(xususan, romb ham):
|
8
|
Kvadrat:
|
Parallelogramm(xususan, kvadrat ham):
|
9
|
Ixtiyoriy trapetsiya:
|
Ixtiyoriy trapetsiya:
|
10
|
Teng yonli trapetsiya
|
Ixtiyoriy trapetsiya(xususan, teng yonli trapetsiya):
|
11
|
To`g`ri burchakli trapetsiya:
|
Ixtiyoriy trapetsiya(xususan, to`g`ri burchakli trapetsiya):
|
12
|
Aylana:
|
Ellips:
|
3. Parallel proyeksiyaning amaliyotdagi tadbiqlari.
Parallel proyeksiyalashga misol qilib, quyosh nurlari ta`sirida aniq jismning tekislikda hosil bo`lgan soyasini keltirish mumkin.
Parallel proyeksiyalashning tadbiqlarini kundalik hayotda ko`plab uchratish mumkin. Xususan, arxitekturada yirik impossibilizm(impossibility – imkonsiz) nomli yo`nalish mavjud bo`lib, ushbu yo`nalishda parallel proyeksiyalashdan foydalanib, golland arxitektori M.Esher(1898-1972) “Belverder”(3-rasm), “Sharshara”(4-rasm), “Ko`tarilish va tushish”(5-rasm) nomli bir qancha obyektlar qurgan.
3-rasm. 4-rasm. 5-rasm.
Z amonaviy shved arxitektori O.Rutersvard o`zining rassomchilik ishlarida parallel proyeksiyalashdan keng foydalangan holda quyidagi ko`rinishdagi chizmalar ustida ishlar olib brogan(6-rasm):
6-rasm.
Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash:
Dars savol-javob asosida o`tkazilgani bois, munozaralarda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi va baholanadi.
Uyga vazifa:
Darslikning 116-betidagi 4.62 va 4.63-masalalarni bajarib kelish.
Erkaboyeva Zavra,
Samarqand viloyati Qo`shrabot tumani
34-ixtisoslahtirilgan davlat umumta`lim maktabining
matematika fani o`qituvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |