Panjiyev Javohir 213 20 guruh talabasi
Dinshunoslik 3 topshiriq
1-vazifa. Berilgan savollarga javob yozing
Т/r
|
Savol
|
Javob
|
1
|
Zamonaviy xalqaro missiyalarning bugungi kundagi faoliyati
|
Xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko‘ngilli homiylarni topishda missionerlik bazalarining ahamiyati beqiyosdir. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur. Sekta bu – faqat o‘zini haq din, insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar.
|
2
|
Missionerlikda yoshlarga alohida e'tibor berilishining sabablari
|
Missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidlash lozim. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning asosiy ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
|
3
|
"Missionerlik" va "prozelitizm" tushunchalarini misollar bilan izohlang
|
Missionerlik so‘zi asli lotincha bo‘lib, «vazifa topshirish», «yuborish» degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
|
4
|
Missionerlikni oldini olishning huquqiy asoslari
|
O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlarga olib kelishini hisobga olgan holda bu borada tegishli qonuniy asoslar ishlab chiqildi. Qonunlarda missionerlik harakatlari taqiqlandi. Ma’lumki, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun (yangi tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar».
|
Do'stlaringiz bilan baham: |