Panarthropoda katta tipi Onychophora Tardigrada va Arthropoda tiplari Reja



Download 80 Kb.
bet5/5
Sana31.05.2022
Hajmi80 Kb.
#623439
1   2   3   4   5
Bog'liq
Panarthropoda katta tipi Onychophora Tardigrada va Arthropoda ti

Trilobitlar filogeneyasi. Trilobitlar paleontologik manbalarda to’liq shakllangan va ixtisoslashgan organizmlar sifatida quyi kembriy yotqiziqlarida (540 mln yil oldin) uchraydi. Dastlabki vakillari ekzoskeleti tarkibida minerallarni bo’lmaganligi tufayli ularning qazilma turlari qoldiqlari saqlanib qolmagan. Bo’g’imoyoqlilarning kladistik tahlili shuni ko’rcatadiki, trilobitlarni qisqichbaqasimonlarga yaqin qarindosh ekanligiga shubha tug’ilmaydi. Lekin trilobitlarda segmentar juft parapodiyalarni bo’lishi ularni xelitseralilarga ham juda yaqin ajdod ekanligini ko’rsatadi. Chunki hozirgi qilichdumlilar va qisqichbaqa chayonlar tuzilishi bu qarindoshlikni tasdiqlaydi. Trilobitlar va xelitseralilar birgalikda mandibulata taksoniga egizak bo’lgan Arachnata taksonini hosil qilgan. Arachnatalardan trilobitlar antenalarini saqlab qolgan, xelitseralilarda antenalar yo’qolgan. Trilobitlar va qilichdumlilar ostki tomonidan qaraganda bir biriga aniq o’xshaydi. Shuning uchun qilichdumlilar trilobitlardan kelib chiqqan deyiladi. BIRLAMCHI TRAXEYALILAR (Rgotracheata) — onixoforalar (onychophora) tipining, asosan, tropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan sinfi. Tuzilishi halqali chuvalchanglarga oʻxshash. Qurtsimon tanasi boʻgʻimlarga (13 dan 43 gacha) boʻlingan, boʻgʻimlarining ikki yonida bir juftdan boʻgʻimlarga boʻlinmagan oddiy oyoqlari va oyoqlarining uchida bir juftdan xitinlashgan tirnoqchalari borTana uz. 4—15 sm, yupka xitinli kutikula bilan qoplangan. Boshida bir juft uzun moʻylovi, ular asosida bir juft oddiy koʻzi bor. Boshining pastki tomonida soʻrgʻichlar bilan oʻralgan ogʻzi va ikkita ogʻiz oldi soʻrgʻichlari joylashgan. Ogʻzida bir juft xitin plastinkadan iborat jagʻi boʻladi. Tana boʻshligi aralash (miksotsel). Bosh miyasi 3 ta boʻlimdan iborat. Nafas organi vazifasini sodda tuzilgan, oʻzaro tutashmagan bir tutam traxeya naychalari bajaradi. Qon aylanish sistemasi ochiq. Ichagi naysimon, ayirish organi har bir oyogʻining ostki tomonida joylashgan metanefriydan iborat. Ayrim jinsli, asosan tirik tugʻadi. 70 ta turi bor. Jan. va Gʻarbiy Afrikada, Markaziy va Jan. Amerikada, Indoneziyada, Avstraliyaning jan. sohillarida, Yangi Zelandiya va Shim. Hindistonda tarqalgan. Toshlar, chirigan yogochlarning ostida yashaydi. Yirtqich, oʻljasini ogʻizoldi soʻrgʻichlaridan chiqaradigan yopishqoq suyuq modda yordamida tutadi. Zoologiya fanlari sistemasi. Zoologiya (grekchadan zoon – hayvon, logos – ta‘limot, fan) hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlari, ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o‘rganadi. Zoologiya kompleks fan bo‘ lib, bir qancha fanlarni o‘z ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqiga asoslanib turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi iyerarxik (tobe‘lik) munosabatlarini o‘rganadi. Morfologiya hayvonlarning tashqi tuzilishi, anatomiya esa ichki tuzilishi, solishtirma va evolyutsion morfologiya turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini tekshiradi. Embriologiya hayvonlarning embrional rivojlanishi (ontogenezi), filogenetika hayvonot dunyosi evolyutsiyasini, hayvonlar ekologiyasi ularning tashqi muhit bilan va o‘zaro munosabatlarini, etologiya hayvonlarning turqatvorini solishtirib o‘rganadi. Zoogeografiya zoologiya va fizik geografiya fanlarining bir tarmog‘i bo‘lib, hayvonlarning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlar paleozoologiya, organizm funktsiyasi fiziologiya fanlari tadqiqot ob′ekti hisoblanadi. Barcha hayvonlar atrof-muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lishadi. Organizmlarning atrof-muhit bilan o‟zaro munosabatini o‟rgnuvchi fan ekologiya deb ataladi. Hayvonlarning geografik taqsimlanishi va ko‟pligiga ta‟sir qiluvchi omillarni o‟rganishga alohida qiziqish namoyon bo‟lmoqda. Ekologiya fani atrof-muhitdagi qo‟zg‟atuvchilar orqali qanday ta‟sirlanishi va o‟z moddalar almashinuvi va fiziologiyasini tartibga solgan holda ularga qanday javob qaytarishini tadqiq qiladi. Barcha organizmlar atrof-muhit ta‟siriga javob beradi, bu xususiyat ta‟sirlanish deb ataladi. Ta‟sir va uning javobi juda sodda bo‟lishi, masalan, bir hujayrali hayvonnning yorug‟lik manbaiga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi yoki zaharli (xavfli) moddadan qochishi, yoki ancha murakkab bo‟lishi ham mumkin, masalan, qushlarning qo‟shilish marosimidagi signallarning juda murakkab tizimiga javob berishlari (36-bobga q.). Hayot va atrof-muhit ajralmasdir. Biz organizmlar shajarasining evolyusion tarixini, bu evolyusiya roy bergan muhitdan ajratgan holda o‟rgana olmaymiz. Yetarli ma‟lumotga ega bo‟lmagan kishi uchun hayotning ushbu sakkiz xususiyati fizikaning eng asosiy qonunlarga ziddek tuyuladi. Vitalizm, hayot qandaydir mistik hayotbaxsh kuch tomonidan yaratilgan degan g‟oY. Bir zamonlar keng tarqalgan bu g‟oya fizik va kimyoviy qonunlarga zid. Biologik tadqiqotlar barcha tirik tizimlar fizika va kimyoning asosiy qonunlariga rioya etishini ko‟rsatgan holda vitalizm g‟oyasini butunlay rad etdi. Energiya va uning almashinishini tushuntiruvchi qonunlar (termodinamika) hayotni anglash uchun ayniqsa muhim (4-bobga q.). Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning almashish qonunidir. Energiya (o‟z-o‟zidan) paydo yoki yo‟q bo‟lmaydi, ammo bir shakldan ikkinchisiga o‟tishi mumin. Hayotning barcha jabhalari energiya va uni almashinishini talab etadi. Yerdagi hayotni ta‟minlash uchun energiya quyoshdagi termoyadro reaksiyalaridan ajralib chiqadi va yerga yorug‟lik va issiqlik ko‟rinishida yetib keladi. Yashil o‟simliklar va sianobakteriyalar (ko‟k va yashil suvo‟tlar) tomonidan yutilgan quyosh nuri fotosintez orqali kimyoviy bog‟larga aylanadi. Kimyoviy bog‟lardagi energiya potensial energiya bo‟lib, u bu bog‟ parchalanganda ajralib chiqadi; bu energiya ko‟p sondagi hujayra ichidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi. O‟simliklarda boshqa shaklga o‟tgan va jamlangan energiya, keyinchalik, ularni yeydigan hayvonlar tarafidan ishlatiladi, va bu hayvonlar ham o‟z navbatida, ularni yeydigan hayvonlarni energiya bilan ta‟minlaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‟ra fizik tizimlar tartibsizroq bo‟lgan holatga, yoki entropiyaga intilishga moyil bo‟lishadi. O‟simliklar tarafidan yutilgan va jamlangan energiya, keyinchalik turli mexanizmlar orqali ajraladi va nihoyat issiqlik shaklida tarqalib ketadi. Tirik hujayralardagi murakkab molekulaviy tuzilma bu tuzilma enerigiya bilan ta‟minlanib turgandagina hosil bo‟ladi va yashay oladi. Hujayralarlagi materiallarning "hayotidagi" so‟nngi bosqich ularning kimyoviy bog‟larining issiqlik ko‟rinishidagi energiya shaklida tarqalib va parchalanib ketishidir. Organizmlarning tobora murakkablasha borishidan iborat bo‟lgan evolyusiya jarayoni bir qarashda termodinamikaning ikkinchi qonunini buzgandek tuyuladi, ammo bu jarayon ashub qonunni aslida buzmaydi. Organizmlarning murakkabligi quyoshdan biosferaga oqib kelayotgan energiyadan uzluksiz foydalanish va tarqalishi tufayli erishiladi va saqlanadi. Hayvonlarning tirik qolishi, o‟sishi va ko‟payishi oziqa moddalarining murakkab molekulalarini sodda organik chiqindilarga aylantirishdan ajraladigan energiyani talab etadi. Hayvonlarning energiyani oziqlanish va nafas olish orqali iste‟mol qilishlari jarayonlari bizga ko‟pgina fiziologik fanlar orqali ma‟lum. Ba‟zi organizmlar hayvonlar va o‟simliklarning xususiyatlarini birlashtiradi. Masalan, Evglena (1.10-rasm) harakatlanuvchi bir hujayrali organizm bo‟lib, u o‟simliklarga ham, fotosintez qobiliyati tufayli, hayvonlarga ham, oziqa zarralarini yutishi tufayli o‟xshaydi. Evglena eukariotlarning alohida shajarasiga oid va bu shajara eukariotlarning ilk bosqichidagi o‟simliklar va hayvonlarga xos belgilar farqlana boshlagan davrda ajralgan. Evglena va boshqa bir hujayrali eukariotlar ba‟zan Bir hujayralilar (Protista) guruhiga birlashtiriladi, garchi bu guruh o‟zaro bog‟lanmagan shajaralarning guruhga birlashtirilishi bo‟lib, taksonomik tamoyillarga ziddir. Hayvonot dunyosining evolyusiyasi natijasid yuzaga kelgan asosiy tuzilmaviy va rivojlanishga oid xususiyatlar 8 va 9 boblarda keltirilgan1 . Zoologiyani tadqiqot obyektlariga binoan ham bir qancha fanlarga ajratish mumkin. Masalan, protozoologiya bir hujayralilarni, gelmintologiya - parazit chuvalchanglarni, entomologiya- hasharotlarni, akarologiya- kanalarni, ixtiologiya- baliqlarni, ornitologiyaqushlarni, teriologiya- sutemizuvchilarni o‘rganadi. Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va qishloq xo‘ jaligi bilan uzviy bog‘liq. Zoologiyaning ko‘p bo‘limlari parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o‘rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi vazifasiga kiradi. Tuproqda hayot kechiruvchi hayvonlarni o‘ rganish esa tuproq hosil bo‘ lish jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Zoologik tadqiqotlar baliqchilik va chorvachilikni rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va ko‘paytirish, qishloq xo‘ jaligi zararkunandalariga qarshi kurashni tashkil etishga yordam beradi. Hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, ular organizmidagi bio-kimyoviy o‘zgarishlarni tekshirish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Zoologiya sohasidagi tadqiqotlar kishilar ongida tabiatga nisbatan ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Zoologiya fanlari to‘plagan ilmiy dalillar organik olamning rivojlanishi to‘g‘risidagi evolyutsion ta‘limotni yaratish uchun asos bo‘ldi. Inson ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasida hayvonot dunyosidan ajralib chiqib, evolyutsion taraqqiyotning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan ongli mavjudot hisoblanadi.
Adabiyоtlar:
1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966.
2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966.
3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y.
4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y.
Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish