Palmadoshlar oilasining umumiy ta'rifi, vakllari, tuzilishi, xususiyatlari va ahamiyayti



Download 45,68 Kb.
bet4/8
Sana29.04.2022
Hajmi45,68 Kb.
#592108
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PALMADOSHLAR OILASINING UMUMIY TA\'RIFI, VAKLLARI, TUZILISHI, XUSUSIYATLARI VA AHAMIYAYTI

Bugʻdoydoshlar (gʻalladoshlar) (Poaceae yoki Gramineae) — bir urugʻ pallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻt, baʼzan buta yoki daraxtlardan tashkil topgan. Poyasi silindrsimon tik yoki yonboshlab koʻtarilib oʻsadi, boʻgʻimlarga boʻlingan, ichi gʻovak, shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Boʻyi 1 sm dan bir nechta oʻn m gacha; baʼzilarining poyasi yogʻochlanib baland boʻlib oʻsadi (mas, bambukning boʻyi 40 m, diametri 30 sm gacha). Barglari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, baʼzan bir jinsli, mayda, koʻrimsiz, oddiy toʻpgullarga (boshoqchalarga) yigʻilgan; bular esa murakkab toʻpgullar, shingil, roʻvak va boshqa hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, baʼzan koʻp gulli. Mevasi don, baʼzan danaksimon, yongʻoqsimon yoki rezavor. Urugʻining koʻp qismi kraxmalli endospermdan iborat. B.ning koʻpchiligi uzun ildiz poyali va popuk ildizli. B.ning 600 turkumi, 10000 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 91 turkumi (270 turi) usadi. Kupincha B. uchta kenja oilachaga bulinadi. B. yer sharining hamma qismida keng tarqalgan, koʻpchilik turlari tropik mamlakatlarda uchraydi. B. qalin oʻtzorlar, pichanzorlar, oʻtloqlar, savanna, preriy va boshqa hosil qiladi. B.ga muhim madaniy don oʻsimliklaridan — bugʻdoy, sholi, makka, suli, arpa, javdar, tariq, oq joʻxori va boshqa (qarang Donli ekinlar) hamda shakarqamish kiradi, shuning uchun ham kishilar hayotida ularning ahamiyati katta. Yovvoyi holda oʻsuvchi — oqsoʻxta, raygras, bugʻdoyiq va boshqa koʻpchilik turlari qishloq xoʻjaligi hayvonlari uchun yemxashak (qarang Yem-xashak ekinlari) hisoblanadi.
B.ning baʼzi turlaridan texnik oʻsimlik sifatida foydalanib, ulardan kraxmal, spirt, qogʻoz, xushboʻy va yeyiladigan moy olinadi va qurilish materiallari, arqon, chutka va boshqa tayyorlashda foydalaniladi. Koʻpchilik turlari dorivor, baʼzilari manzarali. Kuchma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladigan turlari ham bor. Baʼzilari begona oʻt. nashrdan chiqarildi.
Palmadoshlar, palmalar (Palmae yoki Arecaceae) — bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. P.ning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Amerikada, P.ning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi. Baʼzi turlari butasimon, lianasimon (300 m gacha). Barglari patsimon, daraxtsimonlarida tana uchida tuda boʻlib, butasimonlarida esa yer bagirlab osilib yotadi. Barglarining uz. hatto 15 m cha. P. bir va ikki uyli oʻsimlik. Ayrim turlari har yili, baʼzilari faqat bir marta gullab mevalaydi. Toʻpguli yirik, oq, sargʻish yoki koʻkish, ayrim jinsli, baʼzan qoʻsh jinsli mayda gullardan iborat. Mevalari — quruq yoki etli danak: kamroq rezavor-mevasimon, baʼzilari mayda, boshqalari esa kichik xandalakdek keladi. P. 5—12 yoshida gullaydi, 30—50 yil yashaydi.
P. 2 oilachaga boʻlinadi. Koʻpgina P.ning mevasi yeyiladi. Xom mevasidan kokos suti olinadi. Pusti archilgan mevalaridan yogʻ va margarin olishda foydalaniladi (moyli palma). Poya tolalaridan juda pishiq arqon, barg tolalaridan savat, shlyapalar toʻqiladi. Poyasining kraxmalli oʻzagidan sago (sago palmasi, mavrikiya palmasi) olinadi. Finikiya palmasippnt mevasi isteʼmol qilinadi.
P. Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Gʻarbiy Gruziyada, Qrimning jan. soqillarida, Turkmanistonning gʻarbiy qismida va boshqa yerlarda qadimdan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. P. urugʻidan, baʼzi turlari parhishlab koʻpaytiriladi.[1]
Palmadoshlar, palmalar (Palmae yoki Arecaceae) — bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. P.ning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Amerikada, P.ning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi. Baʼzi turlari butasimon, lianasimon (300 m gacha). Barglari patsimon, daraxtsimonlarida tana uchida tuda boʻlib, butasimonlarida esa yer bagirlab osilib yotadi. Barglarining uz. hatto 15 m cha. P. bir va ikki uyli oʻsimlik. Ayrim turlari har yili, baʼzilari faqat bir marta gullab mevalaydi. Toʻpguli yirik, oq, sargʻish yoki koʻkish, ayrim jinsli, baʼzan qoʻsh jinsli mayda gullardan iborat. Mevalari — quruq yoki etli danak: kamroq rezavor-mevasimon, baʼzilari mayda, boshqalari esa kichik xandalakdek keladi. P. 5—12 yoshida gullaydi, 30—50 yil yashaydi.
P. 2 oilachaga boʻlinadi. Koʻpgina P.ning mevasi yeyiladi. Xom mevasidan kokos suti olinadi. Pusti archilgan mevalaridan yogʻ va margarin olishda foydalaniladi (moyli palma). Poya tolalaridan juda pishiq arqon, barg tolalaridan savat, shlyapalar toʻqiladi. Poyasining kraxmalli oʻzagidan sago (sago palmasi, mavrikiya palmasi) olinadi. Finikiya palmasippnt mevasi isteʼmol qilinadi.
P. Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Gʻarbiy Gruziyada, Qrimning jan. soqillarida, Turkmanistonning gʻarbiy qismida va boshqa yerlarda qadimdan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. P. urugʻidan, baʼzi turlari parhishlab koʻpaytiriladi.

Palma daraxtida nima o'sadi? Palma oilasi. Hindiston yong'og'i palmasi. Xurmo palmasi. Qirollik palmasi. Xurmo daraxti haqida hamma narsa: bu o'simlik nima, u qaerda va qancha o'sadi, shuningdek, u fotosuratda qanday ko'rinishga ega? Palma daraxtining yoshini qanday aniqlash mumkin


Ko'p odamlar tropik bog' yaratmoqchi yoki uyda palma daraxti bo'lishni xohlaydi. O'sish uchun palma daraxti uyda, siz mahalliy tropik sharoitlarni yaratishingiz va sabr-toqatli bo'lishingiz kerak. Ulug'vor daraxt bir necha o'n yillar davomida o'sib bormoqda.
Turlarning xilma-xilligi, o'lchamlari va navlari biz qaysi uy palmasini olishni xohlayotganimizni tanlashni qiyinlashtiradi. Ko'pchilik juda tez o'sadi, ulkan nisbatlarga etadi va kichkina kvartirada o'zini qulay his qilmaydi. Bizning maqolamiz sizga xilma-xillikni tushunishga va uyda foydalanish uchun to'g'ri o'simlikni tanlashga yordam beradi.


Download 45,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish