Xorazmning I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklari Amirobod madaniyati misolida o‘rganadi. Bu davrda alohida kanal bo‘ylarida dehqonchilik rivojlanadi. YOdgorliklarda erto‘la, yarim erto‘la, er usti engil qurilishlari tadqiq qilingan. Mil. av. VI-V asrlarda vohada atrofi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan manzilgohlar tarqala boshlaydi. Ulardan Qal’aligir va Ko‘zaligirlardan qazish ishlari olib borilgan. Manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o‘ralib, burjlar bilan kuchaytirilgan. Ko‘zaligirdan yirik imorat hamda uchta minora simon inshoat aniqlangan. Ko‘rinishidan bu diniy xarakterga ega bo‘lgan. Qalamgirda katta hajmdagi saroy o‘rni aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra bu inshoot ahamoniylarning Xorazmdagi vakiliga tegishli bo‘lgan.
Xorazmning Qadimgi qishloqlarini o‘rganishda Bozorqal’a xarobasi muhimdir. Qadigi Xorazm qishloqlarida imoratlar tig‘iz qurilgan. Ayniqsa bu davrda uy qo‘rg‘onlar paydo bo‘ladi. Bu davrga oid Dingelji uy-qo‘rg‘oni to‘liq qazib ochilgan. O‘rta Osiyoning qadimiy tarixiy madaniy viloyatlaridan biri bo‘lgan o‘lka Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xorazm viloyati, Qoraqolpag‘iston avtanom respublikasi va Turkmaniston Respublikasining Toshxovuz viloyatlari hududlari mos keladi. Bu o‘lka qadimdan mustaqil siyosat yurgizib, yunonlar davlati tarkibiga kirmagan. Faqat ellin madaniyatining ayrim alomatlari O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari orqali kirib kelganligini ko‘rish mumkin. Xitoy manbalarida keltirilgan ma’lumotlardagi Kanguylar davlatining kichik mulklaridan biri bo‘lgan YUegan ko‘pchilik tadqiqotchi olimlar tomonidan Xorazm xududi bilan qiyoslanadi.
Qadimgi davrlardan boshlab Amudaryodan bosh olgan anhorlar atrofida hayot shakllanib, aholi manzilgohlari taraqqiy etgan. Arxeologik jihatdan bu erdagi manzilgohlarning shahar shaklidagi yirik va qishloqlardan iborat kichik shaklidagi ikki turi mavjud bo‘lganligi aniqlangan. O‘lkada dastlabki shaharlar mil. av. VI asrdan boshlab taraqqiy etganligini Ko‘zaliqir yodgorligi misolida guvoh bo‘lish mumkin. Bu shahar ahamoniylar davrida barpo qilinib, janubiy hududlar shaharlar qurilish an’anasi asosida barpo qilingan. Keyingi asrda Qal’aligir o‘rnida yirik shahar shakllanadi.
Antik davri jamiyat taraqqiyoti shaharlar sonining o‘sishiga sabab bo‘ladi. O‘lkada bir necha markazlar paydo bo‘ladi. Ulardan ilgari mavjud bo‘lgan Ko‘zaliqir, Qal’aligir shahar turidagi manzilgohlaridan tashqari Jonbosqal’a, Turpaqqal’a, Qirqizqal’a, Xozorasp Qo‘yqirilganqal’a, Tuproqqal’a va boshqa manzilgohlar paydo bo‘ladi. Xorazmning qadimgi davr shaharlarining aksariyati O‘rta Osiyoning boshqa hududlari shaharlaridan o‘ziga xos tamonlari bilan farq qiladi. Ularda sitadel qismi kam holatlarda mavjud bo‘lgan. SHahriston mudofaa devoridan tashqaridagi atrof qismi shakllanmagan va shaharlarda hunarmandchilik qismi uchramaydi. Lekin keyingi yillarda Xazorasp ko‘hna shahrida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida ularning ayrimlarini inkor qiluvchi ma’lumotlar aniqlandi.
Bu yodgorliklardan Qo‘yqirilganqal’a va Tuproqqal’a turli davr shahar qurilishini anglashda muhim ahamiyatga ega. Ularda arxeolog olim S.P.Tolstov tamonidan o‘tgan asrning 50-yillarida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Qo‘yqirlganqal’a mil. av. IV- milodiy I asrlarga oid silindr shaklidagi 42 metr diametrdan iborat minorasimon inshootda joylashgan manzilgoh bo‘lib, atrofii 9 ta minoradan tashkil topgan mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Inshoot 8 metr balandlikda saqlanib qolgan. Inshoot ibodatxona va observatoriya vazifalarini bajargan. Bu erdagi xonalardan birida yirik xumlar joylashgan. Asosiy topilmalari ma’budalarning haykalchalari, haykal shaklidagi ossuariylar va sapol sirtiga bitilgan yozuv namunalaridan iborat.
Xorazmning so‘nggi antik davriga oid manzilgohlaridan biri Tuproq qal’a hisoblanib, Xorazmshoxlarning saroyi bo‘lgan. Bu erdagi ikkita imorat kishi qiziqishini o‘yg‘otadi. Ularning devorlari boy tasviriy san’at namunalari bilan bezatilgan.
Xorazmliklarning asosiy xo‘jaligi dehqinchilik bo‘lgan. Dehqonchilik Amudaryo va Aqchadaryo chiqarilgan anxor suvlari bilan sug‘orilgan. Arpa bug‘doy, tariq ekilgan. Sopol idishlari O‘rta Osiyoning janubiy hududlariga o‘xshash, so‘ngi davrga oid sopol idishlari tayyorlanishi va shakliga ko‘ra farq qiladi.
CHorvachilik iblan shug‘ullangan ko‘chmanchi qabilalar Avestoda turlar, yunon tarixchilarining asarlarida skiflar va massagetlar ahamoniylar davri yozuvlarida esa ular saklar nomi bilan keltirilgan.
O‘rta Osiyoning dasht va tog‘li rayonlarida yashagan saklarning yodgorliklari Quyi Zarafshon, Amudaryo, Orol bo‘yi, Pomir va Tyan-shan tog‘larida topilgan. Ular asosan mozorqo‘rg‘onlardan iborat. Topilmalar bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar zeb-ziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi.
Saklarning mozor-qo‘rg‘onlaridan ot anjomlari uchraydi. Gerodotning ma’lumotlariga ko‘ra saklarning xo‘jaligida yilqichilik asosiy o‘rin tutgan.
Qadimgi YUnon va Rim tarixchilarining asarlarida saklarni uchguruhi keltirilgan. Ularning ko‘pchiligini saka-tigraxuada, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar. Ular Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston erlarida yashaganlar. Saka-tiay-tara-daraya, ya’ni daryo orti saklari. Ular Sirdaryoning quyi oqimi va Orol bo‘yida yashaganlar. Uchunchi guruh saklar Pomir tog‘lari va Farg‘ona vodiysida yashab, saka-xoumovarka deb atalganlar.
Tagisken mozor qo‘rg‘oni. Bu mozor to‘rt burchak va xalqasimon qo‘rg‘on shaklda. Ular ilk va so‘ngi davrga oid ikki guruh qabrlardan iborat. Bugungi guruh qabrlar (mil. av. IX-VIII asrlar) xomg‘ishtdan qurilgan bo‘lib, ko‘rinishidan qabila qabila oqsoqoliga tegishli bo‘lgan. Marhum oltin va bronzadan ishlangan zeb-ziynat buyumlari, bronza paykonlari, qo‘lda va kulolchilik charxida qilingan sopol idishlari bilan birga qo‘shilgan. So‘ngi davrga qilingan sopol idishlari bilan birga qo‘shilgan. So‘ngi davrga (mil. av. VII-V asrlar) oid ikkinchi guruh qabrlarda ham ko‘pgina topilmalar uchraydi. Ularning ichida sarmatlarnikiga o‘xshash qurollar, ot anjomlari, yirtqich hayvon shaklidagi topilmalar mavjud. Sarmatlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligidan dalolat beradi. Tagisken mozor-qo‘rg‘oni saklarga tegishli bo‘lgan.
Sirdaryoning quyi oqimida qadimgi irmog‘i Inkar daryo bo‘yida Uygarak qabristoni topilgan yodgorlik xalqa shaklida. Kichik mozor-qo‘rg‘onlardagi oddiy qabrlarda bronzadan yasalgan o‘q uchlari, sopoldan yasalgan idishlar uchraydi. Katta mozor-qo‘rg‘onlardagi sak urug‘ va qabila boshliqlarining qabrlarida qurol -yarog‘ anjomlari zeb-ziynat buyumlar topilgan.
Tomdi va Alichur mozor-qo‘rg‘onlari, (VI-IV asrlar) sharqiy Pomirdagi Alichur, Tomdi mozor qo‘rg‘onlaridan temirdan yasalgan harbiy qurollar: qilichlar, harbiy boltalar, xanjarlar, bronzadan yasalgan o‘qlar topilgan. O‘qlar bargsimon, ikki yoki uch qirrali. Bu davrda o‘qlar bronzadan tashqari temirdan ham yasalgan. Bronzadan zeb-ziynat buyumlari hamda dumaloq tagli sopol idishlari ham mavjud. Saklarning ot anjomlari va jangovar qurollari skiflarnikiga o‘xshash bronzadan yasalgan san’at buyumlarida ham katta o‘xshashlik bor. Ular bir-birlari bilan doimiy madaniy aloqada bo‘lganlar.
Qo‘chmanchilarning uylari erto‘la va chaylasimon shaklda bo‘lgan. ular chorva izidan doimo ko‘chib yurganliklari tufayli doimiy o‘troq hayot ular uchun muxim rol o‘ynamagan. Ko‘chmanchi sak qabilalarining mozor qo‘rg‘onlaridagi moddiy topilmalarga ko‘ra ularga mulkiy tengsizlik mavjud bo‘lgan. Lekin ularda chorva qachon sinfiy jamiyat paydo bo‘lganligi noaniq. Olimlarning fikriga ko‘ra, mil. av. VII-VI asrlarda ko‘chmanchilar orasida harbiy-siyosiy qabila uyushmalari mavjud bo‘lgan.
SHunday qilib mil. av. I ming yilliklarning birinchi yarmi O‘rta Osiyo tarixi o‘ziga xos jarayonlar bilan belgilanadi. Janubdagi mintaqalar bilan xo‘jaligi va madaniyatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qilar edi. Janubda (Janubiy Turkmaniston va Janubiy O‘zbekiston) ilk temir davrida mil. av. II ming yillikning O‘rtalarida shimoldan siljigan ko‘chmanchi-chorvador qabilalarining ta’sirida madaniyat taraqqiyoti kuzatilib, keyinchalik shahar madaniyati qaror topgan bo‘lsa, shimoliy mintaqalarda bu jarayon ancha kech sodir bo‘ladi. Bu mintaqalarda dehqonchilik ilgari o‘troqlikka o‘ta boshlagan aholi hududiga ko‘chmanchi chorvador qabilalarning ikkinchi bor kelib joylashishi natijasida sodir bo‘ladi.
Umuman, O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida mil. av. I ming yillikning birinchi yarmida dehqonchilik yanada taraqqiy etib, yirik shahar markazlari qaror topadi. Bunday yirik shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan (Urqo‘rg‘on, Uzunqir, Ko‘zaliqir, Qiziltepa va boshqa shaharlar) o‘ralgan. O‘rta Osiyo shaharlarida qurilish, me’morchilik, ihtisoslashgan hunarmandchilik va savdo hiyla rivojlangan. Malakali binokorlar tomonidan aholi yashaydigan uy-joylar, saroylar va diniy imoratlar aniq reja asosida, mahalliy sharoitga moslab barpo etilgan.
SHaharlarda ihtisoslashgan hunarmandchilikning ko‘pgina sohalari: kulolchilik, to‘qimachilik, zargarlik, metalga ishlov berish va boshqalar hiyla rivojlangan. SHahar harobalarida hunarmandchilik ustaxonalari o‘rnining topilishi fikrimizni isbotlaydi. Hunarmandchilik buyumlari tovar xarakterida bo‘lib, qo‘shni vohalar bilan savdo aloqalarini olib borganlar.
YOzma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘rta Osiyo mahsulotlari Eron, Messopatamiya va Qadimgi SHarqning boshqa o‘lkalariga olib borilgan. Masalan, Badaxshon Lojuvardi Misrgacha olib borilgan.
O‘rta Osiyo hududida eng qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishi muhim masaladir. Bu masalaga aniqlik kiritishda yozma va arxeologik manbalar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, Avesto va antik davri avtorlari qoldirgan ma’lumotlardir.
Ktesiyning «Persika» asarida Qadimgi Baqtriya davlati haqida bir qancha uzuq-yuluq (istehkom va qal’alar, ularning ko‘p sonli aholisi hamda Ossuriya podshosi Ninning Baqtriya tuprog‘iga qilgan yurishlari to‘g‘risida) ma’lumotlar keltiriladi.
Olib borilgan arxeologik qazish ishlarining natijalari Ktesiyning ma’lumotlarida to‘liq tasdiqlangan. Uning ta’kidlashicha Baqtriyaning markazi Baqtro shahri bo‘lgan. U mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan yirik shahar bo‘lgan.
Lekin O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish jarayoni ancha ilgari sodir bo‘lgan. Bu jarayon O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida bronza davridayoq namoyon bo‘la boshlaydi. Mil. av. 1 ming yillikning boshlarida bu jarayon to‘liq shakllanadi. Bunday davlatlar ma’lum daryo vohasi doirasida bo‘lib, ularning ma’muriy markazlari (Elkantepa, Eztepa, Qiziltepa, Bandixontepa, Uzunqir) vujudga keladi.
Ko‘rinishidan ushbu davlatlar asosida Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm kabi yirik davlatlar qaror topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |