Ijtimoiy xo’jalik yuritish – mil.av. neolit davriga xos ijtimoyiy ishlab chiqarish bo’lib, termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan chorvachilikka o’tishni bildiradi.
Birinchi mehnat taqsimoti – bronza davri, ya’ni mil.av. 3 – 2 ming yillikka xos ikki sohaning ajralib ketishi: chorvachilik va dehqonchilik.
Sopollitepa – Surxondaryo viloyatidagi bronza va temir davrlariga xos manzilgoh.
Zardushtiylik – mil.av. 8 – 7 asrlarda paydo bo’lgan yakka xudolikka asoslangan Markaziy Osiyo xalqlarining dini.
Avesto – Zardushtiylikning muqaddas kitobi.
Baqtriya – mil.av. 8 – 6 asrlarda paydo bo’lgan ilk davlat birlashmalaridan biri, uning hududi hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikiston, shimoliy Afg’oniston.
Doro I – mil.av. 416 yillarda O’rta Osiyoga yurish qilgan eron shohi.
To’maris – qadimgi qabilalardan bo’lgan massagetlar malikasi, milliy qahramon.
Shiroq – mil. Av. Davrlarda yashagan sak qalasining sardori, milliy qahramon.
Do'stlaringiz bilan baham: |