Paleolit – insoniyat paydo bo’lishidagi eng qadimgi davr. “Paleo” qadimgi, “litos tosh”. Mezolit



Download 22.65 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi22.65 Kb.
O’zbekiston tarixidan atamalar lug’ati
Tarix - arabcha tadqiq etish, grekcha “istoria” so’zidan olingan bo’lib, o’tmishda odamlarning qanday yashaganligi va hozirgacha hayoti qanday o’zgarib qolganligini bildiruvchi fan.

Paleolit – insoniyat paydo bo’lishidagi eng qadimgi davr. “Paleo” qadimgi, “litos tosh”.

Mezolit – o’rta tosh davri bo’lib. Mil.av. 12 – 7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. “mezos” o’rta “litos” tosh.

Neolit – yangi tosh davri. Mil.av. 6 – 4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. “neo” yangi “ litos” tosh.

Pitekantrop – paleolit davriga xos insonning eng qadimgi vakili.

Sinantrop – hozirgi O’zbekiston hududidan topilgan odam turi. U mil.av. 800 – 500 ming yillari yashagan bo’lib, uning qoldiqlari Farg’ona viloyatining Selengur g’oridan topilgan.

Mug’onalik – qadimgi davrlarning ilk diniy tasavvurlaridan biri bo’lib, o’sha davrlar uchun sehrgarlik hisoblangan.

Teshiktosh – Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi o’rta paleolit xos manzilg’oh.

Ijtimoiy xo’jalik yuritish – mil.av. neolit davriga xos ijtimoyiy ishlab chiqarish bo’lib, termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan chorvachilikka o’tishni bildiradi.

Birinchi mehnat taqsimoti – bronza davri, ya’ni mil.av. 3 – 2 ming yillikka xos ikki sohaning ajralib ketishi: chorvachilik va dehqonchilik.

Sopollitepa – Surxondaryo viloyatidagi bronza va temir davrlariga xos manzilgoh.

Zardushtiylik – mil.av. 8 – 7 asrlarda paydo bo’lgan yakka xudolikka asoslangan Markaziy Osiyo xalqlarining dini.

Avesto – Zardushtiylikning muqaddas kitobi.

Baqtriya – mil.av. 8 – 6 asrlarda paydo bo’lgan ilk davlat birlashmalaridan biri, uning hududi hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikiston, shimoliy Afg’oniston.

Doro I – mil.av. 416 yillarda O’rta Osiyoga yurish qilgan eron shohi.

To’maris – qadimgi qabilalardan bo’lgan massagetlar malikasi, milliy qahramon.

Shiroq – mil. Av. Davrlarda yashagan sak qalasining sardori, milliy qahramon.

Iskandar Zulqarnayn – mil.av. 329 yilda O’rta Osiyoga yurish qilgan grek-makedon shohi.

Dovon – mil.av. 3 asrlarda tashkil topgan davlat bo’lib, uning hududi hozirgi Farg’ona, Andijon, Namangan hududlariga to’g’ri keladi.

Qang’ – mil.av. 250 yillarda ko’chmanchi saklardan tashkil topgan davlat. Uning hududi hozirgi Toshkent viloyatidan Xorazm hududlarigacha borgan.

Kushonlar – mil.av. 1 asrlardan tashkil topib, milodiy 4 asrlargacha yashagan buyuk imperiya.

Buyuk ipak yo’li – G’arb bilan Sharqni tutashtirib turuvchi savdo yo’li.

Feodalizm – quldorlik tuzumidan keyingi bosqich bo’lib, bunda yerga egalik qilishga erishiladi. “Feod” yer degan ma’noni anglatadi.

Turk hoqonligi – milodiy 5 asrlarda Turondagi yirik davlat. Unga aka – uka Bumi va Istamilar asos solgan.

Movaraunnahr – hozirgi O’zbekiston hududi bo’lib, arablar davrida, ya’ni “daryoning narigi yuzasidagi yerlar” deb atalgan.

Xiroj – arablar davrida Movarauunahrda joriy qilingan asosiy soliq turi.

Uyg’onish davri – ilm – fan, san’at, madaniyatning gullab yashnashi. Sharqda birinchi uyg’onish davri o’rta asrlar, ya’ni IX –XII asrlarda ro’y bergan, G’arbda esa bu davr XIV asrlarga to’g’ri keladi.

Islom dini – musulmonlarning diniy e’tiqodi. Islom dini Markaziy Osiyoga arablar tomonidan VII asrlarda kirib kelgan.

Somoniylar – arab xalifaligidan keyingi Sharqdagi yirik markazlashgan mustaqil davlat.

Vaqf – o’rta asrlarda machit madrasalarga berilgan yer turi.

Amir Temur – nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun Sharqda mo’g’ullardan keyin yirik imperiya asoschisi. 1336 yil Keshda tug’ilgan.

Mirzo Ulug’bek – Amir Temurning nevarasi. Uning o’g’li Shohrux Mirzoning farzandi. Buyuk astronom olim.

Observatoriya, ya’ni rasadxona – Mirzo Ulug’bek tomonidan Samarqandda qurdirilgan yirik astronomik inshoat, 1018 ta yulduzni tekshirib, uning katalogini tuzgan. 1908 yil Vyatkin tomonidan ochilgan.

M.Gerasimov – yirik tarixchi antropolog olim. U Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bolaning qiyofasini tiklagan.

Xattotlik – Temuriylar davrida rivoj topgan xusnixat sohasi. Mirali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, Qilqalam shu sohaning dong’i ketgan asoschilari.

Shayboniylar – XVI asrlarda Dashti Qipchoqdan Movaraunnahrga kelgan yirik ko’chmanchilar davlati. Uning asoschisi Muhammad Shayboniy.

Buxoro amirligi – XVIII asrlarda Markaziy Osiyoda tashkil topgan yirik mustaqil xonlik. Uning asoschisi Muhammad Rahimbiy.

Amir Umarxon – XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon taxtini boshqargan xon. U Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan.

Devonbegi – xonliklar davridagi saroy lavozimlaridan biri bo’lib, moliya xazina ishlariga javobgar shaxs.

Fon Kaufman – chorizm bosqini va mustamlakachiligi davridagi Turkiston general gubernatori.

Kamolon – Toshkentning 12ta davrvozasidan biri.

Jadidchilik – XIX asrning oxirida Turkistonda vujudga kelgan milliy ziyolilar harakati.

Istiqlolchilar – XX asr boshlarida Turkistonda milliy istiqlolchilik harakati.

Shermuhammadbek – Turkistondagi Istiqlolchilar harakatining yirik vakili.

Quloqlashtirish siyosati – sovetlar tomonidan O’zbekiston o’tkazilgan siyosat bo’lib, uning mohiyati yirik yer egalari va mulkdorlarni yo’qotish edi.

Yangi iqtisodiy siyosat – 20 – 30 yillarda sovetlar tomonidan O’zbekistondagi siyosat, uning mohiyati oziq ovqat razvyortkasi, harbiy kommunizm edi.

Repressiya – qatag’onlik degan ma’noni anglatadi.

Yer – suv islohoti – 20 yillarda sovetlar tomonidan o’tkazilgan O’zbekistondagi siyosat.

Ma’muriy – buyruqbozlik – barcha sohalarning markazga bo’ysundirilishi va Kompartiyaning yagona bo’yrug’i ostida faoliyat yuritish. Ma’muriy – buyruqbozlikda hech qachon respublikalarning milliy manfaatlari hisobga olinmagan.



Mustaqillik – erk, o’zaro hurmat, o’z fikrini o’zi erkin bayon qilish, o’z imkoniyatlari to’la yuza chiqarish, jahon davlatlari bilan teng bo’lish va ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish imkoniyati.. “Mustaqillik” tushunchasi “Istiqlol” tushunchasi tarzida ham keladi. O’zbekistonda davlat mustaqilligi 1991 yil 31 avgustda e’lon qilingan.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa