Paleekologiya va sivilizatsiya dinamikasi fanidan



Download 453,5 Kb.
bet2/7
Sana14.04.2022
Hajmi453,5 Kb.
#552506
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avestoda ekologiya masalalari

Ahura Mazda - asl Avestodagi shakli “Ahura Mazdax”. Haqiqat va ezgulik olamining yaratuvchisi. Uning nomlari “Xurmazd”, “Urzmad”,”Ahura Mazda”, ”Hurmuz”, ”Ahura Mazd “ kabi va “Avesto“ matnlarida bu nom uch holatda ishlatilgan: “Ahura”, “Mazda” “Ahura – Mazda” va bu nom “Avesto”da Ahura buyuklik va haqqoniyat timsoli. U xudolar va odamlar orasida faqat ezgulik, adolat, mardlik va poklik himoyachisi.
Ahuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchilari :
1)Vohu Manax -- chorva mollari va ezgu fikr xudosi
2) Asha Vahihsta -- olov va yuksak haqiqat homiysi
3) Xshatra Varya -- ma’dan va hokimiyat, qudrat homiysi
4)Sienta Armati -- yer va diyonat homiysi
5) Xarvatat -- suv va salomatlik (Anahita -- hosildorlik va suv ilohi )
6) Ameretat -- o’simlik va mangulik homiysi .
Ahura- Mazda bu yordamchilarini muqaddas ruh yordamida yaratgan . Ular ham Ahura-Mazda kabi abadiylar.
Ashah (Asha)—to’g’rilik ma’niosini anglatib, Amshosipandlardan biri Ardabihisht “Avesto”da “Ashah- Vahiyshta “ nomining juz’idir. “Ashah” gohlarning hindiy, avru-
Poiy va forsiy nusxalarida rostlik , haqiqat, hakam, olam tartibi, yaratilishning abadiy qonuni, mukammal nazm va tartib , murakkab mazdoiy kabi ma’nolarni anglatadi.
“Ashah” ba’zida mazdaparastlarning o’rnida qo’llaniladi. “Ashim Vuhun” o’nida qo’l-
laniladi. Ehtimol o’zbek vafors tillarida “shoh “ so’zining o’zagi ham “ashah” dir.(tar)
Amurdod—“Avesto”da “Amirmitota” pahlaviyda “Amurdod” ,forsiyda ““Amurdod”yoki “Murdod” . Ma’nosi –“umrboqiylik “, “abadiyat” . Gohlari Ahura- Mazdaning ilohalridan, “Yangi Avesto”da esa Amshoasipandlardan biri deyiladi.
Ama – kuch –qudrat va bahodirlik ilohi. U aksariyat hollarda iloh Bahromning nomi bilan baqamti qo’llaniladi va “mahluqlar sarasi , yaxshisi “ yoxud “”zabardast” sifatlari bilan ziynatlanadi. “Bahrom yasht”da iloh Bahrom novvos va ot jasadning oldida namoyon bo’ladi. Shunda iloh Ama novvos shohida va ot peshonasida ko’zga tashlanadi.
Surush- “Avesto”da “sravsha”, “sru” o’zagidan. Ma’nosi – tinglamoq, tinglash, itoatkorlik, ya’ni ilohiy amrlarni tinglamoq va ilohiy farmonlar va ahmonlarga itoat etmoq. U Mazdaparastlik dinidagi eng buyuk ilohlardan biri bo’lib, itoatkorlik, parhezkorlik va halollik ramzidir. Bu ilohning maqomini iloh Mehr bilan barobar bilishadi va gohida amshosipandlar safiga zikr etiladi. Odamlarning yaxshi-yomon amallarini ishalarini sarhisob qilish iloh Surush zimmasidadir. “Surush yasht hoduxt” “Yangi Avesto”ning o’n birinchi yashti “Avesto”ning yo’qolib ketgan yigirmanchi “Hoduxt nask” ning bir parchasi hisoblanadi.”Tun borishi Surush yasht” (57-yasna)o’limdan so’ng uch kecha davomida va undan butun yil davomida har tun iyqudan so’ng o’qiladi. “Kichik Avesto” dagi “Surush boj” olqishi va “Surush dravna” (3,8- yasna)duosi ham bu buyuk ilohning qudrat va azamati , bemisl fidokorligi , odamparvarligidan dalolat berdi. Oyning o’n yettinchi kunida ham bu shon – shavkatli iloh nomi bilan yuritiladi.
Rashn- “Avesto”da “rashnu”. Ma’nosi – parhezkorlik yoxud porloqlik. Hakamlik ilohi
bo’lib, mazdaparastlik dinida ham muhim o’rin tutadi. Rashn oxirat kuni Mehr va Surush ilohalaridan keyin uchinchi maqomda turadi va odamlarning yaxshi-yomon amallariga hakamlik qiladi. U Ahura-Mazda va Sipandormazning o’g’loni, ilohi Ashaning ,Surush, Mehr va ma’buda Dinning birodari. Iloh Rashn Mehr va Bahrom ilohalri bo’ladilar va ularga muzaffariyat baxsh etadi.Bu ilohning nomiga ko’p o’rinlarda “rost”yoki “barchadan rost , to’g’ri, haq” sifatlari ilova qilib aytiladi. Iloh Arshtot bilan yaqin hamkorlikda bo’ladi. “Avesto”ning o’n ikkinchi yashti , oyning o’n sakkizinchi kuni iloh Rashn nomi builan yuritiladi.

Download 453,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish