Paleekologiya va sivilizatsiya dinamikasi fanidan



Download 453,5 Kb.
bet1/7
Sana14.04.2022
Hajmi453,5 Kb.
#552506
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avestoda ekologiya masalalari





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI


PALEEKOLOGIYA VA SIVILIZATSIYA DINAMIKASI FANIDAN



Mavzu: “AVESTO”da ekologiya masalalari


Bajardi: Azimova Iroda Xomidjon qizi
o’zbekiston tarixi kafedrasi
1-bosqich magistranti
Qabul qildi: Yo’ldoshev Salimjon Valiyevich
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori,
dotsent
MAVZU: “AVESTO” da ekologiya masalalari


REJA:
Kirish.

  1. bob. “Avesto” zardushtiylikning muqaddas kitobi

1.1. Avesto tarixiy manbaa sifatida.


1.2. Avestoning tarkibiy qismlari

  1. bob. : “Avesto” da ekologiya masalalari

2.1. “Avesto”da ekologik tarbiya masalalari
2.2. Muqaddas to’rt unsur haqida
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.


Kirish.
O’zbek xalqi insoniyat tarixiga madaniyat olib kirgan dunyoning sanoqli xalqlaridan hisoblanadi. Movorounnahr insoniyat taraqqiyotining sarchashmasi, umuminsoniy sivilizatsiyaviy hodisalarning beshigidir. Ming yilliklar mobaynida kishilik taraqqiyoti tarixida katta madaniy yuksalishlar , renessans hodisalari, siljishlar bevosita ana shu sarzaminda yuz bergan.
Zardushtiylik dini insoniyat tafakkurida keskin burilish yasagan , kishilik jamiyati mohiyatini anglash, tushinish va uni yangi mazmun bilan boyitishda o’ziga xos sivilizatsiyaviy hodisa sifatida dunyoga keldi. U kishilik tarixida ilk marta ezgulik va yovuzlik , yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat g’oyasini ilgari surib, o’z hududida insonni anglash va o’zini – o’zi baholash konsepsiyasini ilgari surdi. O’rta Osiyo , Eron , Kavkaz, Hindiston hamda Kichik Osiyoda yashayotgan xalqlar hayotida tub burilish yasab, ularni ibtidoiy tafakkur tarziga chek qo’yib, keskin to’ntarish qildi. Butun mintaqa xalqlari taqdirini , taraqqiyot omillarini bir g’oya atrofida birlashtirdi va o’zida ifoda etdi.1
I.A.Karimov: “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab, bunday degan edilar: “Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida “Avesto” paydo bo`lgan zamonlardan beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi”. Butun O`rta Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek elati tashkil topgan.
"Avesto" – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlaridan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan dunyoqarash mavjud.
"Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"), Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad
("Barcha ilohlar haqidagi kitob"), Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasna tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib, ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. "Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto" ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida saqlanadi. Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Isoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli.
Filologiya fanlari doktori Fozila Sulaymonova o’zining “Sharq va G’arb” risolasida “Avesto”ning vatani , yaratilishi, ko’chirilishi, dunyoga tarqalishi, tarkibiy qismlari haqida diqqatga molik fikrlarni bayon etdi.2
Bu nodir kitob bundan uch ming yil muqaddam ikki daryo oralig’ida , mana shu zaminda umrguzaronlik qilayotgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan merosidir.3


1.1.Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi.
Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahiy orqali e`lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik, xritsianlik va boshqa dinlar tarafidan o`zlashtirildi. Aytib o`tish joizki, ushbu din paydo bo`lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg`ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda “Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so`zni “Mazdaga sig`inmoq” deb tarjima qilish mumkin. “Mazda” so`zi donish, donishmand, oqil kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana “Behdin”, ya`ni “Eng yaxshi din” deb ham ulug`langan. Uning ta`limotiga ko`ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. “Mazda” so`zi oldiga ulug`lash ma`nosini anglatuvchi “Axura” qo`shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo`lgan. Bu – “Janob Mazda” yoki “Iloh” demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko`rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba`zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta`kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo`lgan ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e`tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug`ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – “G`arb nazariyasi” bo`lib, unga ko`ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo`lganligidir. E`tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya`ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan. Ikkinchisi, “Sharq nazariyasi” bo`lib, unga ko`ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog`langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: “Birinchi bor muqaddas olov – “Ozarxurra” , “Airyanem-Vayeja” (ba`zi manbalarda – “Yeran-vej”)da yoqildi”, ­ deyiladi. “Airyanem-Vayeja”ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan “Barakot va najot” sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, “dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja”, keyin esa “odamlar va chorva podalariga mo`l” Sug`d (So`g`d), qudratli va muqaddas Mouru (Marv), baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.
Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e`tiqodlarga nisbatan monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar, ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to`rt unsur – suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir necha pats, baland “sukut minoralari” – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi kongresslar Boybeyda o`tkazildi.
Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi “Gat” (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan, Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan.
Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan:
1. Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi III ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan;
2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi.
3. Qadimiy ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi.4
Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum.
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy).
Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach, Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan, ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo qilingan.
Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka xudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni tavsiya etgan.
Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat`iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas`udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma`lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan-avlodga, og`izdan-og`izga olib o`tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida atsrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l, chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb – Xorazm-Marg`iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.
Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid “Dinkard” (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta`limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o`rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni beqiyosdir.
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz.
Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson bo`lib yetishishlari shart.
Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi.
Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz.
Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari paydo bo’lishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun madaniyati bo`lib melodgacha bo`lgan 6-4 ming yilliklarda shakllanganligidan dalolat beradi.
Dehqonchilik tarixini o`rganish tarixning turli boskichlarida halqlarning ijtimoiy-iktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari rivojlanishini xujalik-madaniy tiplar tarixi muammolarini ilmiy tahlil qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an`anaviy dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham erishilgan.
Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dehqonchilik va dehqonchilik madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Vatanimiz xududidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati tarixi, dehqonchilik marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya qilishda hamda xalqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiy-asosli tarzda o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Bu borada jahon fanida boy tajriba to’plangan bo`lib nemis folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli afsonalar va obrazlarda o’simliklar olamining jonlaniish sirlari namoyon bo’lishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning ta`kidlashicha, marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshqa mavjudotlar kabi o’simliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning fikricha, ruhning o’simlikka evrilishi tug`risidagi mifologiya quyi mifologiya yukori ilohlar to’g`risidagi mifologiyaga asos bo`lgan va aynan quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan hamda uning izlari dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan.
Mashxur ingliz tadqiqotchisi J. Frezer Mannxardt materiallariga suyangan holda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta tiklagan va uning rivojlanish bosqichlarini kursatgan hamda antik kultlar madaniyatning turli rivojlanish boskichlarida oraliq bug`in tarzida ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiy-taqqoslash usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa xalqlarining dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini ko’rsatib berishga harakat qilgan .
Darhaqiqat , dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik mavsumida aynan bir vaqt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urf-odatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan.
Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik madaniyatining ilk ko`rinishlari va rasm-rusumlarini yozma manbalar, jumladan, zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida tahlil qilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik marosimlari bilan uyg’unligini ko’rsatishga harakat qilamiz.
Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati bilan bog`liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turli-tuman marosimlarga ham keng urin berilgan. Jumladan, mazkur manbada dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng ma`qul ish tarzida madh qilinadi. Ayniqsa, dehqonchilikka oid mehnatni hurmat qilish, sevish va qadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chiqib zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik,dehqonlar va chorvadorlar ahloqiy dunyoqarashini aks ettiradi.
Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga qonunga va ijtimoiy tartibga itoat qilishlik hamda sabr-bardoshlilik kirgan. Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga ko’ra olamdagi birinchi dehqon Arvatatnara hisoblanadi. "Vendidod"ning 2-fargard, 42-bandida qayd etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var ahli orasida Zardusht va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi: "Arvatatnara dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning buyugiga aylandi. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, zardushtiylik an`anasiga ko’ra Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan.
"Avesto"ning juda ko’p urinlarida hosildorlikni oshirishdagi asosiy omillardan biri yerning zaxini qochirish, sho’rini yuvish deb maslaxat beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari o`rtasida tartibli taqsimlanishiga amal qilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat uchun odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari qurishda majburan ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mehnat xisoblangan). Bu davrda yer jamoa mulki bo`lgan bo’lsa-da chorva xususiy mulk bo`lganligini "Avesto"dan kurishimiz mumkin.
"Avesto"da dehqonlarni vastriofishuyant deyilgan. Bu so`zning etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy kuchmanchi mashg`uloti — chorvachilik bilan bog`lik juda qiziq bir manzaraning guvohi bo’lamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga ko’ra murakkab so`z bo`lib, uning birinchi tarkibiy qismi “ yirik shoxli qoramol cho’poni”, ikkinchi qismi esa “mayda shoxli chorva cho’poni” ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki so`zning qo’shilishidan keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan.
"Vendidod" va "Visperad"ning alohida qismlarida yerga ishlov berish, ekin ekish, yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yo’l-yo’riqlar bayon qilingan. Jumladan, "Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4-bandida Zardushtning Axura Mazdaga qarata "zamini hammadan ko’ra baxtiyorroq bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayer?" — degan savoliga javob tariqasida Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan hammadan ko’ra ko’prok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir" deb javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, uzoq vaqt ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu qiladi. Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu oila qurish, qiz farzand kurishni xoxlagani singari, haydalmagan yer ham buni kutadi"
Xalqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xo’jalik mashg`ulotida hozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar saqlanib qolgan bo`lib, buni bevosita etnografik ma`lumotlar ham tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni haydash, uni ekishga tayyorlash, suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish savob, dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniqsa, dehqonchilik mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX asrning birinchi choragigacha respublikamizning qator mintakalarida baxorgi shudgor oldidan "is chiqarish" marosimi o’tkazilgan. Har bir oilada ayollar bug`irsoq cho`zma ("is") pishirishgan. Qozonda moy yaxshi qizitilib, so’ngra unga hamir tashlangan. Go’yoki, marhumlar shu moy qizishini eshitib, ruhlari shod bo’lishib, qarindosh-urug`larga omad tilashadi. Yerni xaydashdan oldin ho’kizlarning shoxlari va buynturig`ini yog` bilan moylaganlar.
Xo’kizlarni yomon ko`zdan asrasin deb tumorlar taqilgan. Keksalarning ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, baquvvat bo`lgan xukiz yil buyi xormay-tolmay ishlasin, - degan magik niyat mujassamlashgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepishni oila yoki qishloqdagi hurmatli keksalar boshlab berishgan.
"Avesto"da yozilishicha, "kimda-kim bug`doy eksa, u Ashaxni (Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana ko’kartiradi. U Mazda dinini yuzlab hamdu sano, nazru niyoz va o`n minglab qurbonliklar quvvatlantirgandek qudratli qiladi. Qachonki egatlarda urug` yetilsa, devlar urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab ko’karsa devlar dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola chekadilar. Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar. Qay bir xonadonda bug`doy bosh chiqarsa u xonadonga devlar yaqinlasha olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy ombori bo’lsa go’yo qizdirilgan temir devlar bo’ynini chirmab tashlaydi". Ko`rinadiki, "Avesto" paydo bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan.
Biz o`zbek halqining an`anaviy turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar va marosimlarni ko`zatar ekanmiz, yer, don va nonga bo`lgan o`ziga xos xurmat-ehtiromni turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saqlanib kelayotganligini ko’rishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi xalqona qarashga ko’ra bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab jannatda o`sgan. Shu bois ushbu o’simliklar va mevalar doimo e`zozlangan. Ayniqsa xalq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti qilish gunoh hisoblangan. Qolaversa, bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham alohida qadrlangan. Jumladan, bahorda ilik uzildi paytida ayollar tomonidan namlangan bug`doyni ko’klatib sumalak tayyorlash va qolaversa, bir marta sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida har yili bir marta sumalak pishirish udumlari hozirgacha davom etib kelmoqda. Shu o’rinda xalqimizning nonga bo`lgan hurmat e`tiborini alohida ta`kidlab o’tishimiz lozim. Asosiy xo’jalik mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek xalqida non azaldan asosiy va tansiq iste`mol mahsulotlaridan bo’lishi bilan birga non bilan bog`liq qator marosimlar va urf-odatlar shakllangan. Jumladan, non hech qachon oyoq ostiga tashlanmagan. Nonni bosish og`ir gunoh hisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga kuzatishda boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy odatga ko’ra g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan. Chunki donni-nonni yoqish og`ir gunoh deyiladi , non bor joyga turli ins-jinslar va yovo`z kuchlar yaqinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakaloqni yoki xatna qilingan bolaning yostigi ostiga boshqa qator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non qo’yilgan. Xorazmda non bo’laklarini tumor qilib taqilgan va non uchun hamir tayyorlab quyilgan yerga (masalan, tandir oldiga) jin, parilar yaqinlashmaydi deyiladi.5
XX asr boshlarida o`zbeklarda ba`zan ekinlar rivoji past bo`lib, hosil kam bo’lsa va bu hodisa ikki-uch bora qaytarilsa, bunday yerlarga odamlar salbiy nazar bilan qarashgan. Giyoh unmaydigan yoki kam hosilli paykallarni «it tekkan yer» (ins-jins tekkan ma’nosida), "xudo qarg`agan yer" deb nomlashgan. Xorazmda o’lgan odamning jasadi tekkan yerni nopok yer deyilgan. Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari topilsa, bu joy xarom hisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan keyingina ekin ekishgan. Ayrim joylarda esa bunday yerlarniig atrofini juyak olib o’rab quyishgan va ikki-uch yil davomida sug`ormaganlar, ekin ekmaganlar. Biz bu udumga aynan o’xshash ko`rinishni "Avesto" kitobida uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi" konsepsiyasiga ko’ra zardushtiylik paydo bo`lgan dastlabki paytlarda tuproqning holatini buzmaslik maqsadida va murdani "marosimiy makrux" hisoblangani bois o`lik yerga ko’milgan. Murda odamlar nazaridan yiroqqa-baland tepaliklarga eltib maxsus supalarga quyilgan. "Veididod"ning 7-fargardi, 7-bulimida Zardushtninig Axura Mazdaga qarata "oftob ostida yotgan odam jasadi yerga tushib ketsa, yer necha vaqtdan sung o`zining pokizalik holatiga qaytadi? — degan savoliga javob tariqasida "oftob ostida yotgan odam jasadi yerga tushib ketgan lahzadan bir yil o’tgach, zamin o`zining poklik holiga qaytadi" — deb javob bergan. Boshqa o’rinda Axura Mazda Zardushtga karata "odam jismi tuprokka topshirilgan laxzadan ellik yil utganidan sung zamin o`zining poklik holiga qaytadi" — deb ta`kidlagan. Demak, biz bundan xalqimizning dehqonchilik bilan bog`liq qator urf-odatlari kecha yoki bugun o’ylab topilmagan, balki o`zining ko’p ming yillik tarixiga ega ekanligiga yana bir bor amin bo’lamiz. Fargona vodiysi o`zbeklarida yerga dastlabki ishlov berish, yani yil boshidagi dastlabki dehqonchilik yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaqtda boshlangan. Navro`z ayyomi dehqonlar uchun ayniqsa ahamiyatli bo`lgan. Chunki, yuqorida aytganimizdek bu kunlarda ekin ekish, dala, bor yumushlari boshlangan. Dehqonlar, bog`bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omon-eson chiqib, bahorning issik kunlarini intiqlik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rganlar, omoch-buyinturiklarni, molalarni sozlab, taxt kilishgan, otlar sovutilgan, aravalar tuzatilib ishga yaroqli holga keltirib qo’yilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan xo’kizlarni yaxshi parvarishlab, ularni yer haydashga olib chiqishgan. Shu bois ham o`rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami "Navro`zi kishavorzon" – “dehqonlar bayrami" deyilgan. Zaxmatkash dehqonlar aynan ushbu kun qo`sh chiqarib urug`ni yerga qadaganlar.

“Avesto” ta’limotiga ko’ra, yaxshilk qiluvchi odam pokizalik urug’ini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir. Madaniy merosning nihoyatda katta ma’rifiy- tarbiyaviy ahamiyati bor. U axloq – odob va ezgulikni, do’stlik va ahillikni yaxshilik va oliyhimmatlikni, qahramonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlikni shakllantirish va tarbiyalashda o’ziga xos o’ringa ega. Ana shu xususiyatlari bilan ham u bugungi kunda o'z ahamiyatini yo'qotmagan deb o'ylaymiz va mana shu omillar web sahifaning yaratilishiga sabab bo'ldi.


“Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Lekin olimlar buning ham uddasidan chiqdilar, ya’ni uni qayerda paydo bo’lganligini aniqladilar. Eng qadimiy, mo’tabar qo’lyozma Xorazmda vujudga kelgan. Avestoshunos olimlarning aniqlashicha, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlarining birinchi yodgorliklaridir.’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “Avesto” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan .Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar.
Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari esa Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki , hozirda ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikka amal qiladilar . Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan , keyin 21 ta kitobdan iborat edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar: 1.“Vadovdot” (Vendidat) deyiladi. Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan .
Ikkinchi kitob esa , “Yasna” deb ataladi . Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va 72 ta ”Ha” degan bashoratlardan iborat.
Uchinchi kitob, “Vispart” deb nomlanadi va 24 bobdan iborat. U pand- nasihatlar
yig’indisidan tashkil topgan.
To’rtinchi kitob esa, “Bundaxash” (YASHTA) deyiladi . bunda Ahuramazdaning
zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi 22 ta qo’shiqdan tashkil topgan.
“Avesto”ko’p xudolikdan yakka xudolikga o’tish davrida vujudga kelgan. Bu kitobda
aytilishicha olam ikki asos, ikki ibtido, ya’ni yorug’lik va zulmat, yaxshili va yomonlikning kurashishidan iborat deyiladi.
“Avesto” bizning qadim tariximiz va ma’naviyatimiz demakdir. Shu munosabat bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi UNESKO bosh konferensiyasining
1999 – yil noyabr oyida bo’lib o’tgan sessiyasi qaroriga muvofiq, 2001 – yilning oktabr
oyida “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi nishonlash to’g’risida qaror qabul qilindi.
O’zbekistonda ham “Avesto” ni o’rganish davom etmoqda.
“Avesto” kitobini o’rganish , tajribalar bizga juda ko’p ma’lumotalrni oshkora qilib berdi. Shunga binoan, Prezidentimiz shunday fikr bildirdilar :“Avesto” bundan XXX asr oldin muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir".
Avesto haqidagi eng muhim tadqiqotlardan biri “Din amallari” asarlarida aytilib o’tilgan. Bunda Avestoning 21 kitobi mazmuni sharhlab berilgan. Bu sharhlar shulardan iborat:
- savodli ishlar yo’riqnomasi;
- diniy marosimlar va rasm – rusmlar qoidasi;
- zardushtiylik ta’limoti asoslari;
- dunyoning Ahura-Mazda tomonidan yaratilishi;
- oxirat kuni va undagi hisob – kitob;
- falakiyot;
- ijtimoiy – huquqiy qonun – qoidalari;
- zardushtning tug’ilishi va bolaligi;
- haq yo’lini tutishi;
- jamiyat a’zolarining haq – huquqlari;
- dev, jinlar kabi yozuv kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar.
Avesto o’sha davrlar tarixi , madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir . U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Unga yozilgan sharhlar “Zend Avesto“ nomi bilan mashhur. Markaziy Osiyoga arablar kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig’inuvchilar taqib ostiga olingan. Shu tarzda u asta – sekin O’rta Osiyo xalqlari orasida iste’moldan chiqa borgan.
Eron xalqlarining eng qadimgi mitralari Mitra, Anaxita, Osha va Ardvissuralar to’g’risidagi miflarning mazmunlari, sarguzashtlari haqida turli va mattiqiy dostonlar mavjud. Ulardan birida Mitra haqida quyidagicha dostonlar yaratilgan:
Mitra qo'sh otli aravasida, musallah holda goh el –yurtni balo-qazolardan asrar va vatanparvarlik ko’rsatar, goh Ahuru-Mazdadan mahf etar va hammani xursand etar edi.
Asqar Mahkamning ruschadan o’girgan tarjimasini keltirib o’tamiz. U quyidagicha:
Epchilardan epchilroq Mitra,
Ahl saxl ichida mumtoz,
Dovyuraklar ichida she’rdir ,
J asurlardan jasoratliroq.
Yashnatadilar , gurkitadilar ,
To’kinlar yaratguchidir
Ko’rkam hayot ayladi in’om
Haqiqatga hokimlikni ham.

Rizoiy, Bahromiy, Meriboyslar 1 million she’rning hammasi zardushtning qalamiga mansub deyishsa boshqalari esa, qadimiy ijod mevasi , degan fukrlarini bayon


etishgan. (“San’at “1991 yil , N-6 , 24 bet).
“Avesto” (asli Ovasto) – zardushtiylik ( zaroastrizm) dinining muqaddas kitobi O’rta Osiyo, Ozarbayjon ,Eron xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari , olam to’g’risidagi tasavvurlari , urf-odatlari , ma’naviy madaniyatini o’rgan- ishda muhim va yagona manbadir. “Avesto” tarkibiga kirgan materiallar , olimlarning isbotlashlaricha ,qariyib 2- ming yil davomida (mil.av 3-ming yillik - 2-ming yillik boshlaridan milodning boshlarigacha) vujudga kelib, avlodan –avlodga og’zaki ko’chib kelgan . Uning ko’p qismlari yo’qolib ketgan, uning taxminan yettidan bir qismi saqlanib qolgan va mil.av 3-asrda Arshakiylar davrida to’planib kitob qilingan . “Avesto” fanda uch qismga ajratiladi:
1. Eng tarixiy qismi. Mil. avvalgi 3-ming yillik oxirlari va 2-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlar; ularda sinfiy jamiyatdan ilgarigi qabilaviy e’tiqodlar ,ko’p Xudolik tasavvurlari o’z ifodasini topgan.
2. Bu qismi Gotlar deyiladi. Unda xudo Axura Mazda haqidagi ta’limot o’z aksini topgan. Bu kitob mil . avVI-asrda yashagan Zaratushtra (Zardusht) ijodiga mansub deb taxmin qilinadi.
3. Qadimiy ko’p xudolik g’oyalari va Yakka xudolik g’oyalri o’rtasidagi kurash sharoitidagi mil .av. 5-asrda har ikkalasini kelishtiruvchi mazdayasna ( mazdaiylik)ta’limoti shakllari va bu “Avesto” ta’limotining asosiy va oxirgi qismi hisoblanadi. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrda sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib , to’la kitob holiga keltirilgan .Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki, hozir ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikga amal qiladilar. Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. 30 ta kitobdan keyin 21 ta kitob va shulardan keyin bizgacha bu kitobning 4 tasigina saqlanib qolingan. Bundan tashqari o’sha davrning adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga tarjima qilinib, asosiy matnga keng sharhlar yozilgan. Bular “Zend” nomi bilan bizga ma’lum. “Avesto” katta hajmda bo’lganligi uchun ”Kichik Avesto” yaratilgan. “Kichik Avesto”da “Katta Avesto”dan tanlab olingan duolar to’plamidan iborat bo’lgan, VII asrda sosoniylar davlati mag’lubiyatga uchrab , Eron va O’rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Zardushtiylik dinini siquvga olishgandan keyin, “Avesto”ning ko’p qismlari unutilgan va yo’qolib ketgan. "Avesto" bizgacha yetib kelgan Yasht, Vispard, Videvdot, Yasna nomlari bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bo’laklardan iborat.
”Avesto” qadimiy kishilarning dunyoqarashi va ideallarini, huquqiy va axloqiy kodekslarni o’z ichiga olgan. Zardo’st, Zaratushtra, Zaroastr- zardushtiylik nomini olgan qadimgi Eron dinining payg’ambari. Zardushtning hayoti taxminan mil.av. VI asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi.Zardushtning tarixiy shaxs ekanligi fanda hali ham tortuvshuvli masala bo’lib qolmaoqda. U Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning eng qadimiy qismi “Got”ni ijod etgan.Zardushtiylik o’z ta’limotini Sharqiy Eron va O’rta Osiyoda targ’ib etgan, deb taxmin qilinadi. Sharq rivoyatlariga ko’ra, Zardushtr Baqteriyada shoh Vishtaspa davrida yashagan, yangi diniy ta’limotni targ’ib qilgan, Vishatspa birinchi bo’lib uning ta’limotini qabul quldi. “Avesto”ning keyinroq yozilgan boblarida Zardushtning shaytonlarga qarshi so'zi, mo’jizalar bilangina emas, qurol bilan ham jang qilgan afsonaviy kurashchi sifatida tasvirlangan.
Olimlarning aniqlashicha, jannatdagi hurlar to’g’risidagi rivoyatlar “Avesto”obrazlari orqali (asosida)shakllanadi. Zardushtiylikning hozirgi shakli forsiylik. Hozir Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi 115 mingdan ziyod aholi yashaydi. Eronda ham e’tiqod qiluvchilar yashaydi. Zardushtiylikning hozirgacha saqlanib qolgan marosimlaridan koinotning to'rt unsuri - suv, olov, yer, havoni ulug’lash xarakterlidir. Hozirgi paytlargacha saqlanib qolgan dafn marosimlari o’ziga xos xususiyatlari mavjud: murdalar bir necha past- baland “sukunat minoralari ”dahmalar"ga solinadi, u yerda murdalarning go’shtlarini qushlar yeydi; go’shtdan tozalangan suyaklar minora o’ratsidagi chuqur quduqga sochib yuboriladi. Bunda “halol” bilan “harom”ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik ibodatxonalarida mangu olov yonib turadi. Zardushtiylikningasrlar mobaynida mazmun- mohiyati o’zgarib keldi, Arshakiylar va Sosoniylar davrida davlat diniga aylangan.
Zardushtiylik dinida olov gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraldi. Zardushtiylik esxatologiyasda Jahon tarixi 12 ming yil davom etadi, shundan 3- ming yili Ahura Mazdada “oltin asri”bo’lgan, undan so’ng Anxra–Mayniyonning 3-ming yillik hukmronligi boshlandi, biroq yomonlik abadiy emas , deb ta’kidlanadi. Zardusht Ahura Mazda tarafdorlariga o’lgandan so’ng rohat-farog’at vada qiladi, ularning dushmanlarini esa do’zahka mahkum qilinib , har xil azoblarga uchraydi, deb tushuntiriladi. Olamdagi barcha yaxshilklarni Ahura Mazda , yomonliklarni – Anxra- Maynyo ifodalaydi. Odam bu kurashda oliy kuchlar qo’lidagi o’yinchoq emas, tanlash erkinligiga ega bo’lgan, o’z faolligi bilan dunyoda adolat tantanasi ta’sir eta oladigan shaxslardir. “Avesto”ning bir qismi Gotlarda ko’chmanchilk va dehqonchilik o’rtasidagi qarama-qarshilik bayon etiladi, ko’chmanchilkka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi vau qoralanadi , dehqonchilik esa yaxshilik sifatida rag’batlantiriladi. Barcha payg’ambarlar, din peshvolarining sarguzashtlari favqulodda kechinmalar, ruhiy holatlar, ilohiy bashoratu karomatlar bilan to’lib-toshgan. Zardushtning dunyoga kelishi, zuhuroti ham ana shunday hollardan xoli emas.Qo’hna Xorazmdagi Spitama qavmining sarboni Farohim xonadonida qizaloq tug’ildi. Uning ko’zida xurshidi raxshon huvaydo, yuzida esa mohi tobon paydo. Chaqaloqqa Dug’dova deb nom qo’ydilar. Ota-ona farzandini yeru ko’kka ishonmay, el ko’zidan pinhon tarbiyalay boshladilar. Qizcha ulg’aygan sari uning siymosidagi nur allaqanday sohir qudrat kasb etar, xonadonda qutu baraka ortib borardi. Nihoyat, 10 yoshga to’lgach, qiz volidasining ixtiyorisiz ostona hatlab ko’chaga chiqdi, unga el nazari tushdi. Xalq orasida g’avg’o ko’paydi: ba’zilar “bu qiz parizod” desa, boshqalar “naslini farishtalar ona botiniga o’rnatib ketgan” deyishdi. Qabih, johil kimsalar esa, “Bu jodugarlik timsoli, bu yurtga qabohat keltiradi, uni toshbo’ron qilib o’ldirish kerak” deyishdi. Ota esa ne qilarini bilmay, mahzun bo’ldi, yurakda g’am bilan ko’zi uyquga ketdi. Tush ko’rdi: tushida oq kiyimli bir mo’ysafid kelib shunday dedi: “Ey Farohim, o’rningdan tur! Bu qizning qatliga yo’l qo’yma, undan bashariyatni johiliyatdan qutqarib, saodatga eltuvchi o’g’lon tug’iladi. Qizni qabila sardoriga topshir” dedi-da, ko’zdan g’oyib bo’ldi. Uyqudan seskanib turgan Farohim yarim kechada qizini uyg’otib, qabila sardoriga eltdi va dedi:
- Ey birodari aziz, qizimning hayoti xavf ostida, avom omma uni o’ldirishni talab etmoqda. Sen buni tutingan qiz qilib ol, shoyad xonadoninggga saodat keltirsa,- dedi. Qizning yuzida allaqanday ilohiy nurni ko’rgan sardor “bosh ustiga” deb qabul etdi.
Shu-shu el qahridan qutulib, sardor mehrini qozongan Dug’dova yangi oila arzandasi bo’libyashay boshladi, yuzini niqoblab yurdi. Rais xonadonida Purushasp otlig’ o’glon balog’atga yetmoqda edi. Yazdon pok yigit qalbida Dug’dovaga nisbatan mehr uyg’otdi. Natijada qiz 15, o’g’lon 17 yoshga kirganda ota-onalar ularning nikoh to’ylarini o’tkazishdi. Oilaning qut-barakasi ko’payib borar, qo’ylar-tuyalar qoshaloq tug’ar, yaylovlar sero’t, molar mo’l sut berardi. Niqoblangan Dug’dova ro’zg’or ishlariga sho’ng’ib ketgan: hali qo’ylarni yaylovga haydar, hali sigirlarni sero’t maydonlarga eltar, hali jun qirqishda faollik ko’rsatar edi.
Yazdoni pok tug’ilajak din dohiysining qismatini nurga yo’g’rishni istadi. Tangri farmoni bilan farishtalardan Amrdod vaXo’rdodlar osmonda giyohlardan Hum nomli suyuqlik yasab, uni yomg’ir orqali yerga ravona etdilar va yaylovlarda ajib giyohlar undi. Amrdod va Xo’rdodlarning bashorati bilan Purushasp oltita sigirni o’sha yaylovga olib chiqdi. Molar yangi unib chiqqan giyohlarni yeb, qorinlarini to’ydirishdi. Kechqurun Dug’dova mollarni sog’di va eru xotin sutdan to’yib ichishdi. Natijada osmoniy ruh tug’ilajak go’dak jismiga ko’chdi. Ma’lum vaqt o’tib, poktiynatli bir o’g’il tug’ildi. Unga Zardusht deb nom qo’ydilar. Bu taxminan eramizdan oldingi 623-yilga to’g’ri keladi, deydi olimlar. Chaqaloqning peshonasi do’ng, boshining orqasi yapasqio edi. U boshqa go’daklardek yig’lab emas, “qah-qah” urib tug’ilgan ekan. Uning tavalludi haqida “Avesto”ning Farvardin Yashtida quyidagi fikr mavjud: “Zardusht tug’ilishi bilan dunyo yashnab ketdi, gullar ochilib, daryolar mavj ura boshladi, butun mavjudot shodlik qo’shig’ini kuyladi. Barcha baland ovoz bilan “bizning ahvolimizni yaxshilaydigan peshvo Zardusht Spitamon tug’ildi” derdi. Uning ovozidan devlar, badkirdor odamlar, afsungaru yolg’onchilar, insu jinslar larzaga keldi, nola chekishdi, uni yo’qotish payiga tushishdi. Badhohlardan uch kishi onasi tashqariga chiqqanda chaqaloq yotgan xonaga o’t qo’yishdi. Butun uy kuyib kul bo’ldi. Ota-ona, qo’ni-qo’shnilar chirqirab qolishdi. Ammo Yazdon inoyati bilan Zardusht cho’g’lar ichida o’ynab o’tirardi. Shundan keyin badkirdor, jodugarlar sardori Davron Surun go’dakni yo’qotishga astoydil kirishib, uni mast buqalar orasiga tashlaydi, bir buqa tanasi bilan to’sib, bolani omon saqlaydi; boshqa safar bolani darranda bo’rilar to’dasiga ro’para qiladi. Yirtqichlar Zardushtdan yuz o’girib ketadi. Osmondan bir echki paydo bo’lib, bolani emizib to’ydiradi.
Nochor qolgan jodugar boshqa hiylalar o’ylab chiqarishga kirishadi.
Kunlardan bir kun Purushasp o’g’lini yetaklab borayotib sehru jodu pirlaridan biriga yo’liqadi. U go’dakka nigohi tushushi bilan bir yuqoriga, bir pastga, keyin esa, chor atrofga boqib, qaltirab ketadi. Purushasp undan so’radi:
- Ey Karp, ya’ni jodugarlar sardori, o’g’limni ko’rishing bilan bir pastga qarading, yana osmonga nigoh solding-u chor atrofni kuzatding. Buning ma’nosi nima?
- Buning ma’nosi shuki, - dedi Karp,- ko’kka qaraganimda bildimki, bu bolaning ruhi osmonga borib yetgan, unga ergashgan barcha odamlar jannatiy bo’ladilar. Quyiga qaraganimning boisi shundaki, bu go’dak faoliyati tufayli badkirdorlar, devu jodugarlar nobud bo’lib, do’zaxga mahkum etiladilar. Atrofga qaraganimning boisi shuki, bu og’lonning so’zlari yer yuzining barcha g’oshalarida e’tibor qozonadi, aytganlari hayot qonuni sifatida yetti iqlimda tan olinadi va qabul qilinadi.
Shundan so’ng Purushasp o’g’lining tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullandi. Zardusht yeti yasharligidan o’n besh yasharligigacha donishmand va sarboz Barzin Kuras qo’lida ta’lim oldi. Xususan, u ijtimoiy bilimlar, tabiatshunoslik, she’riyat sehri, notiqlik sanatini puxta egalladi; ustozi aytgan she’rlar, asotirlarni yod oldi, qabila bahodirlaridan jangovarlik, chavandozlikni o’rgandi. 16 yoshida Zardusht beliga oqil va jasur yigit sifatida “mardlik kamari”ni bog’ladilar. Bu orada bir necha muddat to’xtab turgan Turonu Eron janglari yana boshlanib ketdi. U ham ana shu janglarning birida ishtirok etib, son-sanoqsiz kishilarning bekorga halok bo’lganlarini ko’rib, iztirob chekdi, yer yuzidan jangu jadal, zulm - zo’rlik, zulmat va yolg’on urug’ini qanday yo’qotib, xalq dardiga malham bo’lish, olamni rostlik, yaxshiligu nur bilasn bezash lozimligi xususida o’ylardi. Endi u nortuyalarni boqishdan tashqari otasi uyushtiradigan yig’inlarda, qavm mo’ysafidlarining bahslarida ishtirok etar, qabilalarda yurib, butparast, molparast, otashparast, toshparastu, tabiatparastlarning odatlari, e’tiqodu rasm-rusmlarini o’rganar, turfa dunyoqarashdagi peshvolarning gurunglari-yu va’zlarini tinglar, ba’zan esa diniy qarashlar zaminida yuz beradigan qirg’in-barot jangler guvohi bo’lardi. Bu hol, bir tomondan, Zardusht dunyoqarashini charxlab, tafakkuri ildizlarini baquvvat qilsa, ikkinchi tomondan esa, mavjud tuzum, uning nizomi, rasm-rusumiga nisbatan g’azabini qo’zg’atar edi. Uning nazarida o’zi yashayotgan makon johiliyat botqog’iga botgan, hayotni yolg’onchilik, firibgarlik, sehru-jodu, gazandalik, qabohat qurshab olgandek edi. Bundan tashqari e’tiqod bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan har bir rsam-rusum, jumladan muayyan oilaning yiliga 1-2 marotabadan qurbonlik qilish odati, yer yuzida molu xol, parrandalar, hatto, odamlar zurriyotining tobora kamayib borishiga olib kelayotganligi Zardushtni o’yga toldirar, iztirob girdobiga tortardi.Shuning uchun Zardusht ruhida allaqanday sokinlik paydo bo’la boshladi. Buni sezgan Purushasp kunlardan bir kun o’g’liga “senga nima bo’lyapti” ma’nosida nigoh tashladi.
- Men haqiqat yo’liga kirgan bandaman. Haqni izlamoqdaman. Bu yo’ldan meni hech kim va hech narsa qaytara olmaydi!- xitob qildi Zardusht.Bu nogahoniy fikrdan hangu mang bo’lib qolgan ota “churq” etmadi. O’sha kuniyoq Zardusht “yolg’onchilik, palidlik va zulmat qoplagan” muhitni tark etib, Sablon tog’iga chiqib ketadi. U 20 yil g’orda meva, giyoh ildizlari, parranda go’shtini tanovul qilib yashadi: o’n yil yakka tangri Ahuramazdoni kashf etish uchun tafakkur ummoniga g’arq bo’ldi, o’n yil Yazdonni madh etuvchi surud-gimnlar yaratdi. Ayrim tadqiqotchilar “Avesto” tarkibiga kirgan “bir million she’r” (Pliniy) xuddi shu davrda ijod qilingan, degan xulosaga kelishgan.Yigirma yillik riyozatdan so’ng kunlardan bir kun chashma bo’yida o’tirganida hotifdan quyidagi mazmunda vahiy keladi: “Ey, Spitamon farzandi. Men hamma mo’tabarlardan seni mo’tabbaroq qilib yaratdim va seni o’zimga mehribon qildim. Xalq huzuriga boradigan vaqt yetdi. Tur, uzlat manzilini tark et, zamon ahlini rostlik, yaxshilik va haqiqat sari da’vat etish vaqti keldi!”
Ana shu vaqtda Zardusht 39 yoshda edi. U vahiy tufayli tafakkur osmonini tark etib, tog’dan tushib, yagona Tangri kashshofi, uning payg’ambari sifatida chorvadorlar va hunarmandlar, savdogaru ziyolilar orasida ko’pxudolilikning zarari, yakka xudolikning afzalligi xususida va’zlar aytdi, da’vatlar qildi, nutq so’zladi. Ko’pxudolikning kasofatini anglab yetganlar, xususan, hunarmandlar (chunki ular jondor qurbonlik qilish odatidan zada bo’lishgandi) unga ko’plab ergasha boshlashdi. Bundan tashqari irqiy mojaro va qirg’inlardan bezor bo’lgan chorvadorlar ham unga qo’shilishdi. Bu yo’lda unga ammavachchasi Madiyunmoh hamroh bo’ldi va yaqindan ko’maklashdi. Zardusht eski din va udumlarning jamiyat hamda hayot taraqqiyotiga to’g’anoq bo’layotganini, ko’p udumlar inson erki, yaratuvchilik qudratini kishanlab qo’yganini aniq dalillar bilan isbotlab berar, Yazdonni pok nomidan rostlik, yaxshilik, xushbaxtlik, ma’rifatu saodat yo’lini ravshanroq ko’rsatishga intilardi, tangri nuri va mehri ularni haq yo’liga hidoyat etishini uqtirardi. “Sizlar hozir sajda qilayotgan xudolar xarsang tosh bo’lagi, har xil butalar, yog’ochlardan boshqa narsa emas. Yagona Tangri Ahuramzado esa, sizlarga teran aql va farosat bergan”- derdi so’zining oxirida Zardusht.
Kundan-kunga Zardushtning obro’si oshib, eski e’tiqodga muxoliflikda yurgan butun-butun guruhlar unga ergasha boshladi. Bu yangi oqim butun Xorazm bo’ylab yoyila boshladi. Shahru qishloqlarda yangi din tarafdorlari targ’ibot va tashviqot ishlari bilan jiddiy shug’ullandilar. Spitama urug’I va unga qo’shni qavmlar to’la mazdoparastlikka o’tdi. Zardusht shu yerdan turib butun jarayonni boshqarib borardi. Tez orada bu xabar Turon hokimi Arjaspga yetib boradi. Ommaviy tus olayotgan bu harakat oqibatidan xavfsiragan hokim Zardushtni tutib, dorga osish haqida farmon chiqaradi. Buning ustiga “zulm, sehru joduni kasb qilib olgan devsifat” ko’pxudolik tarafdorlari ham Zardushtga qarshi kuch to’playotgan edilar.
Hayoti xavf ostida qolgan Zardusht qahraton qishda 300 tarafdorlari bilan ko’p sarsonliklardan so’ng Balxga boradi, u yerdan Seistonga o’tib, shimoliy Eronga yo’l oladi. Bir necha yil Tabrizu Yazd va boshqa viloyatlarga yurib, o’z g’oyalarining mukammal shakllantirilishi va keng xalq ommasi orasida yoyilishiga erishadi. Qo’hna rivoyatlarga ko’ra, Zardusht va uning ulamolari oq libos kiyib yurishar ekan. Kunlardan bir kun u 30 kohin bilan Eron shohi Gushtasp qabuliga boribdi. Shoh payg’ambarlik da’vo qilayotgan zardushtdan o’z aqidalarini aniq tushuntir4ib berishni so’rabdi. Zardusht har ikki olamning yaratuvchisi Yazdoni pokni ta’riflab nutq so’zlabdi, o’zining tangri yuborgan elchiligini uqtiribdi. Shunda shoh “Qani o’sha dinning ramzi?” deb so’rabdi. Zardusht qo’ynidan bir jom chiqarib havoga otib, ushlab olgan ekan, jomdan nur taralibdi. Bexosdan shoh boshchiligidagi barcha a’yonlar boshlarini sajdaga egishibdi.Shunday bo’lsa ham Gushstasp Zardusht va uning hamrohlarini yana imtihon qilmoqchi bo’libdi. U donishmand vaziri Jomaspni chorlab debdi:-O’ttizta sara donishmandlarni yig’ib, mana bu payg’ambarlik da’vo qilayotganlarning sheriklari bilan bahslashib, obdon sinanglar-chi, nima karomat ko’rsatar ekan
Shunday qilib, tun bo’yi donishmandlar ilohiyot, tabiat va koinot, turli qavmlar va elatlarning e’tiqodi masalalari bo’yicha bahslashishibdi. Eronliklar zardusht boshchiligidagi turonliklarning ilmiy qudratiga tan berishib, birinchi bo’lib Jomasp hakim yangi dinni qabul qilibdi. Shundan so’ng Gushstasp va uning saroy ahli yagona tangri Yazdoni pokni tan olishibdi; shoh farmoni bilan butun Eron mamlakati hududida mazdoparastlik e’tiqodi joriy etilibdi.
Xuddi mana shu davrda dastlabki qismlari – daftarlari turonzaminda yaratilgan “Avesto” zardusht va kohinlar tomonidan to’la tartib etiladi, muqaddas obida sifatida bir necha nusxada ko’chirilib, xalq orasida tarqatiladi. Yigirma bir nask (qism)dan iborat “Avesto”ning bizga qadar besh kitobigina yetib kelgan, xolos.
Zardushtning shimoliy eronda panoh topgani va u aso slogan yangi din eron zaminda joriy etilganini eshitgan arjasp g’azablanadi. Turonshoh zardushtni hibsga olib, jo’natish haqida Gushstaspga talabnoma yuboradi. Rad javobini olgach, u Rogirso boshchiligidagi 300 ming lashkar bilan eronga hujum uyushtiradi. Tengsiz jangda Gushstaspning ukasi jahonpahlavon zarir, shoh o’g’illaridan Ardasher, Hurmuzd, Navzar, Shidasp, Badxusravlar o’ldiriladi, shahzoda isfandiyor asir olinib, zindonga tashlanadi. Arjasp Balx, seiston, nimro’z shaharlarini g’orat qilib, hadsiz o’ljalaru asirlar bilan Xorazmga qaytadi. Seiston jangida Zardusht ham bevosita ishtirok etadi.
Oradan ko’p o’tmay, Arjasp ikkinchi marotaba Gushstaspga qarshi lashkar tortib, zardusht bilan shohni qo’lga tushirishga qasd qildi. Dastlab u Seistonga hamla qilib, shohning otasi, munkayib qolgan Luhraspni qo’lga tushiradi va qatl etadi. Ammo zindondan qutilgan temirtirnoq Isfandiyor katta lashkar bilan jangga kirib, arjasp qo’shinini toru mor etadi, o’zini o’ldiradi. Natijada Turon zaminda ham yangi mazdoparastlik dini joriy etiladi.
Ma’lumki, Gushstasp yangi dinni qabul qilgach, zardusht maslahati va nazorati ostida shaharu qishloqlarda ibodatxonalar qurish haqida farmon chiqaradi. Nohiyalardagi ibodatxonalar “otashgog’”, markaziy shaharlardagisi esa “Otashkada” deb ataladi. Ana shunday otashkadalardan biri Balxda quriladi. Zardusht uning ochilish marosimida ishtirok etadi va ibodat paytida ko’pxudolik tarafdori, arjaspning lashkarboshilaridan bo’lmish Bratarvaxsh tomonidan chavaqlab o’ldiriladi. Bu mudhish suiqasd eramizdan oldingi 554-yilning saratonida sodir bo’lgandi. O’shanda Zardusht 77 yoshda edi.
Zardusht din peshvosi bo’lish bilan birga katta oila boshlig’I ham edi. Uning Istavatr, Uruvatr, Xurchitra nomli o’g’illari, Frini, Trini va Puruchisto nomli qizlari bo’lgan. Eng muhimi zardusht johiliyat, zulm, qabohat, tabiatparastlik, butparastlik, molparastlik, ashyoparastlikka qarshi kurashib, nisbatan dunyoviy, insoniy, ma’rifiy g’oyalarni o’zida mujassam etgan yakka Tangrini kashf etdi; yangi e’tiqod zaminida yaxshi xulq, yaxshi hatti-harakat va yaxshi amal bilan bog’liq ijodiy mehnat g’oyasi yotardikim, bu bashariyatning barcha zamonlardagi eng oily niyatidir. Shuningdek, Zardusht zamonida sharob tayyorlash va sharobxo’rlik, ko’pxotinlilik qat’iyan man’etilgan edi.

“Avesto”dagi ilohlar.



Download 453,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish