Gushtasp - Zardushtga do’st kuchlarning rahbari.
Karap - karapan- gohida mazdaparastlik dininig dushmanlari, devparastlar peshvolari guruhining unvoni.”Yangi Avesto”da akariyat hollarda bu nomniko’plik shaklda uchratamiz. U devlar, jodular, parilar, ashmug’lar va zolimlar bilan bir sarfda tilga olinadi.Karb Zardusht dinining kattol dushmani.” Kalpa” mazhabiy rasm- rusumlarini ijro etuvchilarga nisbatan qo’llaniladi.
Ashmug - “Avesto”da “asha muga”, pahlaviyda “ashmug’”, “ashmuk”, “ashrmuk”, ”ahlmuk”. Lug’atlarda “ashmug”, “ashani- mag’lub etuvchi” tarzida tarjima qilinadi. Mazdaparastlar dinining adbiyotida “dinsiz”, “dinidan qaytgan”, “muhlid” , “taqvosiz” ,”kazzob ruhoniy” ma’nolarni anglatadi.
Kirsoniy-mazdaparstlik dini dushmanlari rahnomalaridan. Kirsoniy o’z mulkida mazdaparstlik dinini targ’ib etuvchi va tashviq etuvchilarga yo’l qo’ymas edi. Iloh Havm uni shahriyolikdan mahrum etadi.
Afrosiyob-“Avesto”da “Frangarasyan”. Ma’nosi - “dahshat soluvchi” yoxud “qo’rquv soluvchi “odam . Pahlaviy tilida “Frasiyob”, “Frasiyov” yoxud “Frasiyof”. Mashhur Turon shohi , Pushangning o’g’li. U juda kuchli shaxs.
Kayumard - bu zot ilk fikrlovchi odamdir . U ho’kiz odam bo’lib, uning jasadi odamlar va hayvon , o’simliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi.
“Avesto” ta’limotiga ko’ra, yaxshilk qiluvchi odam pokizalik urug’ini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir.
Jamiyat a’zolarining yarmidan ko’pini ayollar tashkil qiladigan xotin-qizlar barcha zamonlarda moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratishda erkaklar bilan zahmat chekib kelganlar. Ko’hna Sharq tarixida ayollarning mardligi, jasorati xususida ko’plab misollar keltirilgan. Shuning uchun ham hamma ma’naviyati yuksak yurtlarda ayollar oila sardori – ona, elning teng huquqli a’zosi sifatida ezozlangan, erki muhofaza qilingan.”Avesto”da ham oila erki, xotin- qizlarning jamiyatda tutgan o’rni , onaning oiladagi mavqei masalari turli o’rinlarda, har xil munosabatlar bilan maxsus qayd etilgan, izohlangan. Zardusht ta’limoticha har bir ota-ona o’z qizini balog'at yoshi (15 yoshga) yetguncha zamonasining barcha hunarlarini bilishni, mol boqish-u ro’zg’or tutishni mukammal o’rgatishi, e’tiqodda bosiq, axloqda pokiza qilib tarbiya etish, qiz tushgan xonadonning obodonligini ta’minlashga zamin yaratadi, qaynota va qaynona, kuyov hurmatini qozonadi, yangi oila mustahkamligini ta’minlaydi. Buning uchun qiz ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan barkamol bo’lmog’i zarur. Bunda onaning roli va mavqei yuksakdir. “Avesto”ning juda ko’p o’rinlarda bevosita ayollar madhini uchratamiz. Jumladan 3-hotda “Biz barcha ayol va erkaklarning pok raftorlari va ravonlarini madh etamiz” deyilsa, Yashtlarda “Biz pok va shijoatli ayol-u erkaklarning ruhi ravonlarini madh etamiz” degan fikrlarni uchratamiz. Zardusht bo’lsa “Ayol huquqini tahqir etmoq yomon amaldir, u nodonlik belgisidir“degan. Zardusht qizini turmushga berish oldi shunday nasihat qiladi:“Ey Pruchisto, ey kenja qizim, men sening otang ekanman , mazdaparastlik dinining targ’ibotchisi Jomaspni senga jufti halollikga intixob etaman. Endi sen u bilan aqlu farosat bilan masalhat qil, bu maslahatni qabul etsang, poklik rasmi bilan aqdi nikoh bog’laymiz”. Zardusht yana quyidagicha murojaat etadi:“Endi men sizlarga shaxsan murojaat etaman: pandimga quloq soling va aytganlarimni xotirangizga muhrlab qo’ying. Halollik bilan kun kechirish yo’lida g’ayrat va shijoatli bo’ling. Har biringiz yaxshi xulqingiz bilan mehr qo’ying, tokim muqaddas er-xotinlikni xursandlik va xushbaxtlik bilan o’tkazing”. Zardushtiylarda nikoh bir umrga muhrlangan, bir erkakka ikki nikoh yoki vaqtincha nikoh ravo bo’lgan emas. Er-u xotinning bir-biriga hiyonati la’natlangan, begona erkak bilan juftlashgan ayol badnon qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun “harom” hisoblangan. Bundan tashqari, “Avesto”da oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaslik, ota-ona keksalar maslahatiga quloq solingan va ularga ravshan andisha bilan qarang. Yaxshi bilan yomonni ajratishgfa diqqat qiling. Har bir erkak va ayol fursatni boy bermay, o’zi to’g’ri yo’lni tanlasin, tokim hayoti pok xiradmand yor bilan o’tadigan bo’lsin”.
Zardo'shtiylikda ko'pxotinlik qat'iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo'ydoq o'tkazish ham qoralangan. balog'atga yetgan qiz bola ota-ona, jamoaning ra'yini pisand qilmay, o'zidan zurriyot qoldirishni istamay, qasddan turmushga chiqmay umrguzaronlik qilib yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan; yigit zurriyot qoldirish qobiliyati bo'la turib, ataylab uylanmay yursa, uni badnom qilinish maqsadida har doim temir kamar bog'lab yurishga majbur qilingan.
Bundan tashqari, "Avesto"da oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish xususida ham diqqatga molik mulohazalar mavjud:"Ey mardum, o'zgalarnng yaxshi maslahatlariga quloq tuting va ularga ravshan andisha bilan qarang. yaxshi bilan yomonni farqlashga diqqat qiling. Har bir erkak va ayol fursatni boy bermay, o'zi to'g'ri yo'lni tanlasin, tokim hayoti pok va xiradmand yor bilan o'tadigan bo'lsin".
Jumladan, turmushga chiqish va uy bekasi bo’lishning besh turi ko’rsatilgan:
1) Podshoh xotin. Buning ma’nosi shundaki, yigit va qiz ota- onalarining roziligi bilan turmush quradilar. Bunda onalarning mavqei baland bo’ladi.
2) Ayuqxotin, ya’ni” yakkabonu “. Agar yigit biron oiladagi yagona farzand – qiziga uylansa , oldindan bu xonadonni yakkalab , merosxo’rsiz qoldirmaslikga va’da beradi, yangi oilada tug’ilgan birinchi o’g’il bobosi-yu buvisining nomiga o’tkaziladi va bola ularning merosxo’ri bo’ladi.
3) Chokar xotin. Avvalgi jufti halolidan ajralgan erkak yoki o’ziga yangi turmush o’rtog’i tanlaydi.
Zardushtiylik e’tiqodicha, er yoki xotin vafotidan so’ng oldingi jufti halolligiga nikoh sohibi hisoblanadi. Binobarin, ikkinchi er yoki xotin oldingisining chokari hisoblanadi. Shuningdek, er farzand ko’rish ilinjida , birinchi xotin roziligi bilan ikkinchi marotaba uylansa, ikkinchi ayol birinchisiga nisbatan “chokarxotin” hisoblanadi.
4) O’zboshimcha xotin. Zardushtiylik dini qoidasiga ko’ra, o’g’il –qizlar 21-yashor bo’lgunga qadar erkin jufti halol tanlash huquqiga ega emas. Agar yigit qiz bilan ahdu- paymon qilib, ota-onalar roziligisiz nikohdan o’tmoqchi bo’lsa, jamoa vakillari bunday to’yni o’tkazishgan. Ammo mu’bad nikoh o’qiganda “tomonlar ota- onalarining roziligisiz turmush qurayotganlari uchun ularga tegajak merosdan mahrum etiladilar” degan jumlani qo’shib qo’ygan. Bu kelin “xudsar – o’zboshimcha xotin” nomini olgan.
5) Sittar xotin. Agar er xotin uzoq muddat yashasalar-u zuriyot ko’rmasalar yoki ko’chaga birov tashlab ketgan bolani olib “farzandxond” qilib olishsa, bu oila ayoli “Sittar xotin” bo’ladi.
“Avesto”da aynan shu bobga doir nikohni bekor qilish va taloq masalasi izohlanadi. Bu yerda ham er-u xotinning teng huquqli alohida e’tirof etiladi va nikoh bekor qilinishining quyidagi holatlari sanab o’tilgan:
1.Nikohdan so’ng tomonlarning birida asabiy noqishlik , telbalik alomati zohir bo’lsa, solim tomon bu nikohdan voz kechish huquqiga ega.
2.Er erkaklik qobiliyatiga ega bo’lmagan taqdirda ayol taloq qilish imkoniyatidan foydalana oladi.
3.Uch yil davomida ham er oilaning moddiy jihatini ta’minlay olmay, hatto ayolini boqa olmasa, xotin bunday erni tashlab keta oladi, ya’ni taloq qila oladi.
4.Agar tomonlar bir-birlarining boshqa er va xotin bilan zino qilganliklarini eshitsa yoki sezsa, bunday nikoh “harom” bo’ladi hamda tomonlar bir-birlarini taloq qiladilar.
5.Agar xotinning hayoti er zulmidan xavf ostida qolsa, u o’z juftini taloq qila oladi.
6.Xotin o’z eridan qoniqmay , nojuya, g’ayrishar’iy hatti- harakatlar qilsa, erkak bunday ayoldan voz kecha oladi. Erkak kishi uylanish paytida oldingi xotinini bekitsa, to’ydan keyin bu sir fosh bo’lsa, bunday nikoh botil hisoblanadi.
7.Erkak yoki ayol Zardusht dinidan yuz o’girsa, ya’ni boshqa dinini qabul qilsa, taloq vojibdir. Zardushtiylikda oila muqaddas sanalganligi uchun boshqa sabalarga ko’ra, jumladan ig’vo, tuhmat, er-u xotinning o’zaro kelishmovchilikiga , ota-ona bilan chiqisha olmaslik bahonasi bilan nikohni bekor qilishiga yo’l qo’yilmagan. Xotin qizlar orasida uchrab turadigan bo’hton, chaqmachaqarlik, xusumat gunohi azim sifatida qattiq qoralangan, gap tashuvchi , ig’vogarlar darra urish bilan jazolangan.
Quyidagi fikr ayol zotining jamiyatda, oilada, insoniyat tarixida tutgan o’rniga berilgan eng adolatli bahoday to’yiladi : “ Dastalki kundayoq Ahuramazdo ayollarga buyurdi: Ey ayol! Seni e’tiqodli va pahlavon erkaklarni vujudga keltirib, mehr to’la og’ushingda parvarish et, deb yaratdim. Toki ular nodurustlik va poklik ildizini yer yuzidan yo’qotsinlar“.
Shunisi ahamiyatga molikki, “Avesto“da ayollar nomi ham ramziy mohiyatga ega ekanligi izohlangan. Masalan, yodgorlik matnida xotinlar "Rita siyabonu" yoki "Oshabonu" deb atalgan. Buning ma’nosi “Poklik va rostlik nuri"dir. “Bonu“ so’zi ham “Charog’on, yorug’lik“ ma’nosini anglatadi. “Matri”, ya’ni “Ona“ so’zi “tarbiyalovchi“ ma’nosida izohlangan; “Avesto“da singil so’zi “Sovasri“ shaklida qo’llanilgan bo’lib, “muqaddam va xayrixoh “ ma’nosini anglatadi.
Xullas, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ajdodlarimizning oila va xotin – qizlarni mukarram tutish haqidagi peshqadam fikrlar o’z ifodasini topgan. Eng muhimi, zardushtiylik e’tiqotidagi bobolarimiz oilani jamiyatning muqaddas bo’lagi, deb bilib, uning rivoju ravnaqi, mustahkamligi uchun kurashishgan.
Ko’hna Sharq insoniyat tibbiy qarashlarining ham qadimiy o’chog’i hisoblanadi . Turkiy va forsiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarning og’zaki ijodi hamda “Avesto“ dagi dalillar buni aniq tasdiqlaydi. Yodgorliklarning barcha qismlarida, xususan, “Vendidod “ da tabiblar tayyorlash, ularning burch hamda vazifalari, tabobat amaliyoti, kasallar tasnifi, ularning paydo bo’lishi sababi va omillari, bemorlarni davolash usullari, muolajada eng ommaviy–faol usullar, dorivor o’simliklar, ularning tasnifi, noyob dorivor giyohlar haqida ancha qimmatli malumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy–joy , atrof- muhit, tabiatni muhofaza qilish, toza tutish, shaxsiy gigienaning turli jihatlari haqida hamon o’z qimmatini yo’qotmagan maslahatlar, tavsiyalar ko’p.
“Vendidod“da quyidagi kasalliklarning nomi sanab o’tiladi va ularning paydo bo’lish manbalari haqida fikr yuritiladi; qo’qqisdan paydo bo’ladigan dard, isitma, bezgak , bosh miya og’rig’i, ojan, ajhu, ilon chaqqan, duruk, hafaqon, ko’z tegish, ruhiyat markazi, pusidagi va gandidagi. Bularning ko’pchiligi tozalikka rioya qilmaslik, beparvolik natijasida paydo bo’lsa, “Po’sidagi“ (gangrena ) hamda gandidagi (o’sma ) kasalliklarini “Ahriman yer yuzida inson urug’ini quritish niyatida ataylab paydo qilgan“ deyiladi. Shundan so’ng bunday dardga yo’liqqan bemorlarni davolash usullari, bunda tabib mas'uliyati alohida uqtirilgan. Eramizdan oldingi VII asrning oxirida ajdodlarimiz tabobat sohasida quyidagi davolash usullarini qo’llashgan: Otashkadalar huzurida maxsus darmongoh (poliklinika), sihatgoh (kasalxona)lar tashkil qilinib, bu soha davlat tasarrufiga olinib, sarfu xarajatlar vaqf mulki hisobidan qoplanadigan, nazorat bolgan, shubhasiz , davolash yo’llari takomilllashib borgan : “Ayrim tabiblar bemorlarni Osha–yaxshi ruh ilohiy kuchni davlat etish ko’magida davolashsa, bazilari o’z ilmi kuchi bilan muolaja qiladi, boshqa bir guruh tabiblar tig’ bilan kasalni tuzatishga usta, yana bir toifalar har xil dardlarni turli–tuman giyohlardan tayyorlangan malhamlar vositasida davolaydilar, bir guruh tabiblar esa bemorni har xil sharbatlar vositasida oyoqqa turg’izadilar. Eng yaxshi tabiblar barjuvandi mansharda– duo o’qish usulida davolaydilar“, deyiladi. Ular davolash jarayonida quyidagi duolarni o’qishlari lozim, deb 20 misradan o’sha duoning mukammal bayoni berilgan. E'tiborli tomoni shundaki, tabib o’qiydigan har bir duo “Ey yomon ko’z, qayerdan kelgan bo’lsang, bu bandadan chiqib, o’sha yerga daf bo’l!“ degan xitob bilan, kasalni haydash ohangi bilan tugaydi. Demak, qadimgi ajdodlarimiz “kinna kirish“ , “ko’z tegish“ kabi xalq irimlariga ishongan va u doim mavjud bo’lgan . Kitobda tabib madaniyati, ahloqi, uning kasbiga fidoyiligi, tabib mehnatini qadrlash masalalari bayoniga ham alohida sahifalar ajratilgan. Jumladan, tabib ma'[naviy ruhiy jihatdan pok bo’lmog’i, e'tiqodi mustahkam, turmush tarzi ham, libosiyu asboblari maxsus suyuqlikda tozalangan, o’zi bir necha amaliy tajribalardan, sinovdan o’tgan bo’lishi shart, “Vendidod“da o’qiymiz:“Zardusht so’radi:Tabiblikni boshlamoqchi bo’lgan mazdoparast o’z malakasini va hunarini dastlab mazdoparastlarda sinab ko’rsinmi yoki devparastlardami? Ahuramazdo javob berdi:“Tabiblik kasbini egallagan mazdoparast yaxshisi o’z saliqasi va chapdastligini devparastlarda sinab ko’rgani ma'qul. Agar uch daf'agacha devparast jarroh tig’idan omon qolmasa, unday odam bu kasbdan voz kechmog’i lozim. Uni odamlar muolajasiga yaqinlashtirmaslik kerak. U uch gal ham devparastni pichoq bilan muvaffaqiyatli davolay olsa, u taqdirda tabibligini davom ettirishi, mazdoparastlarni ham tig’ bilan davolashi mumkin“. O’z navbatida tabiblik hunari, jamoa, xalq tamonidan eng noyob kasb sifatida e'zozlangan, ularning mehnati, xizmati kerakligicha qadrlangan, natural haq to’lash yo’li bilan taqdirlangan. Murakkab, ya'ni ko’p kasallikka chalingan bemorlarni bir yo’la bir necha tabib bamaslahat davolashga kirishsa, bunda jarroh bilan duoxon muolajasiga alohida e'tibor berilgan, ularning yutug’i e'zozlangan. Masalan, har bir muvaffaqiyatli chiqqan jarrohlik bemorning moddiy imkoniyati, jamoada tutgan mavqei , egalagan vazifasiga ko’ra qo’y, echki, eshak, sigir, biya va tuya in'om etish yo’li bilan taqdirlangan. Umuman, jarrohlik deb, insu jins, jodugarlar “nafasi tegishi“ tufayli vujudga kelgan kasallikni davolaydigan eng qulay usul sifatida e'zozlangan. Ajdodlarimiz hatto homilani ham jarrohlik yo’li bilan olish usulini qo’llashgan. Homilani tushurish yoki nobud qilish qattiq qoralangan, uning sababchisi, hatto o’lim jazosiga mahkum etilgan.
Bemorlarni davolashda ajdodlarimiz xalq tabobatidan ham muvaffaqiyatli foydalanishgan. Sharqshunos Bahromiyning taqidlashicha, “Avesto”da mingdan ziyod dorivor o’simliklar giyohlar ro’yxati keltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash yo’llari ko’rsatilgan. Dorilar ko’pincha shira, barg, gul, meva, don, buta va giyoh ildizi, shirasidan, za'faron, koski, kunjut, ko'knori, xazarasipand, zira, piyoz, sedana, qatron, nayshakar, turp, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi savsan, zirk, bargizo’t, do’lana kabi giyoh va o’simliklardan tayyorlangan. “Oq Hum barcha dorivor giyohlarning podshohi hisoblangan“. Jarohlikda sharobga Hum hamda nasha shirasi qo’shib, behush qilishda foydalanilgan. “Sen Amudaryo o’rtasida unib chiqqan, Semurg’ uya qurgan joyda yashasangu undan inson salomatligi uchun naf tegmasa, u ikki pullik qimmatga ega emas. Agar u daraxt bemorlar dardiga asqotadigan bo’lsa, uni barchaning tabibi“ deb atash lozim. Bunday o’simlik “hammaning ko’makdoshi“ degan nom olishga arziydi.
“Avesto”dagi tibbiy dalillar ota – bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rim , yunon va arab tabobatlaridan ko’hna va uzoq tarixga ega ekanligani ko’rsatadi. Undagi tibbiy ma’lumot ko’proq, “Vendidod“ning turli boblarida uchraydi. Mazkur yodgorlikdagi tibbiy fikrlarni taxminan quyidagicha tasnif etish mumkin:
1) Tashrex (anatomiya) va mijoz (fiziologiya) .
2) Bemorliklarning oldini olish vositalari.
3) Kasalliklar haqidagi ma’lumot.
4) Bemorlarni davolash yo’llari.
5) Tabiblarning axloqi va tabobatga oid ba’zi qonun – qoidalar.
“Avesto”da inson organizmi, mushak, suyak, teri, miya, asab, badan, yungi, tomir va qonga (asab va miya – yerga, badan tuki daraxtga o’xshatilgan), badandagi tomirlar qora qonli tomirlar, qizil qonli tomirlar va oq, ya’ni qonsiz tomirlar (asabga) bo’lingan.
Badanning quvvati esa jon, vijdon, ravon (tan), idrok va azaliy (qadimiy) ruh kabi besh qismga bo’lingan. “Jigar qon manbai bo’lib, o’ng tomonda joylashgan“ deyiladi.
“Avesto”da yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim – kechak, oziq – ovqatlarni toza tutish va saqlashga alohida e'tibor berilgan. Unda go’ristonlarni shahar va qishloqlardan yiroqda, balandlikda joylashtirish, uni o’rab qo’yish, murdashuylarni maxsus tozalikka rioya qilishi uqtirilgan. “Odam yoki it murdasi tekkan yerda bir yilgacha ziroat ekish mumkin emas“ deyiladi. “Vendidod“da murda tekkan libos, yerlarni qatron qilish, o’likni dafngacha asrash, uning liboslarini maxsus joylarda asrash, uni barahna (yalang’och) qo’yish va boshqa omillar xususida foydali maslahatlar mavjud. Bir hayvon yoki parranda o’ligini o’z vaqtida xalq nazaridan olib, yerni chuqur kavlab qo’yib qo’yish yo’li bilan xalq orasida mikrob yoki kasal tarqalishining oldini olgan odam “jannatiy kishi“ hisoblangan. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, zardushtiylik ramzi bo’lmish quyosh, nur, otash turli dardlarni daf etuvchi vosita deb ham tushinilgan. Shuning uchun Yashtlarda ayrim kasalliklarni, g’am – anduhni bartaraf etishni so’rab quyoshga murojaat, iltijolar mavjud. Inson yoki hayvon o’ligi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni bir necha marta qatron qilish (suvga to’ldirib bo’shatish, yomg’ir suvi bilan yuvish, to’ldirib bo’shatish) ta’kidlanadi. “Ahura Mazda javob berdi: O’t-o’lanlar hamda mevali daraxtlar ekilgan, suvlari hamisha ravon bo’lgan zamin eng yaxshi yerdir. Ayol va farzandlari sarson va sargardon yuradigan (g’izo topolmaydigan) yer eng yomon zamindir”. Atrof-muhitni, ko’cha-kuyni, butazorlar-u o’tloqlarni, yerni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan shaxslar “400 qamchi urush jazosiga” giriftor qilingan. Inson yashayotgan xonadagi obrezxonada yuvinish va cho’milish qat’iy man etilgan. Deyarli barcha kasaliklarni davollashda parhez asosiy omillardan biri hisoblangan. Homillador
ayollar parheziga alohida e’tibor berilgan. “Avesto”dagi muhit tozaligini saqlash va kasaliklarning oldini olish vositalarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) Axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, qum bilan ko’mib tashlash. Shu yo’l bilan mikroblar o’ldirilgan yoki kamaytirilgan.
2) Otash, issiqlik va sovuqlik ta’siri bilan yo’qotish, ”Avesto”da otash poklovchi va ofatni ketkazuvchi vosita hisoblanadi. U bilan, hatto, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish mumkin.
3) Kimyoviy yo’l: kul, sirka, sharob, turli giyohlar (isfand – isriq, mixak, sadaf, piyoz, aloye, sandal) tutatish yo’li bilan. Bularning ko’pi hozir ham mikroblarni o’ldiruvchidir. ”Vandidod”ning 5-bobida shamol, hayvon, paranda, pashsha orqali turli kasalliklar tarqalshi qayd etilgan.
“Vandidod”ning 5 va 1 – boblarida doimiy badan tarbiya bilan shug’ullanish, kunda yuz- qo’lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutish, tirnoqlarni tez-tez olib turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan doim to’q yurishi, ko’proq go’sht iste’mol qilishi ta’kidlangan. “Avesto”da issiqlik, sovuq havo, ochlik, bo’kib ovqat yeyish, ruhiy iztirob, buzilgan taom yeyish, tozalikga rioya etmaslik, Ahriman yuborgan qurt, pashsha va boshqa hashoratlar, yomon havo kasalliklarning asosiy manbai, ular 9999 kasallikni paydo qilishgan, deyilgan. Xullas, “Avesto”da ajdodlarimizning qadimgi tibbiy va tozalik haqidagi qarashlari mujassamlangan. Ayniqsa, uy-ro’zg’or ozodaligi, atrof-muhit pokizaligi, tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi fkrlar hamon dolzarbdir. Bundan tashqari birinchi tabib va uning faoliyati bilan bog’liq samoviy mif ham batafsil bayon etilgan.”Bundaxshin”dagi dalillarga qaraganda, “Avesto”da yuz-qo’lni, sochni bir kunda bir necha marotaba yuvishga da’vat etilgan. Soch va tirnoqlarni o’z vaqtida tozalab olib turish, ularni odamlar nazari va qadami tushmaydigan, parranda , it va mushuk kavlab olmaydigan darajadagi chuqurlikka ko’mib qo’yish, tushgan tishni ehtiyotlash haqidagi mulohazalar hamon xalqimiz turmush tarzida saqlanib kelmoqda. ”Bundaxshin”dagi tibbiyotga, atrof- muhitni muhofaza qilish, oila va shaxsiy gigeyenaga doir qator mulohazalar yuqoridagi dalillarni yanada to’ldiradi.
Zardusht pandlari.
-Dono o’z aqlu farosati bilan nodon qalbini yorutmog’i lozim .
-Dono o’zgalarni o’z bilimidan bahramand etmog’i zarur .
-Ey mardum! Shunday kishi gapiga quloq tutginki, u donishmand va rostlik tarafdori bo’lsin.
-Kim farosatli , oqil va to’g’ri bo’lsa, parvardigori olam uning homiysidir .
-Keksalar gapiga quloq soling va andisha bilan mulohaza yuritib, yaxshi bilan yomonni o’zingiz ajratib oling.
-Otashdek pok va duraxshon bo’ling!
-Pokhilqat kishigina Tangri inoyatiga erishadi.
-Ey Axuramazdo! Seni qalb ko’zi bilan ko’rgandagina hamma narsaning yaratuvchi va boshlovchi, pok ruhning moyasi sen ekanligingni angladim.
-Ey Axuramazdo! Bizni o’zingning muqaddas aqling moyasidan bahramand et.
-Jahonga haqorat ko’zi bilan qaraydigan kishilar poktiynatlikdan yiroqdirlar.
-Poktiynat kishilar to’g’rilik va do’stlik tarafdorlaridirlar.
-Pok xulqli yurt hamisha yuksalish va taraqqiyotda bo’ladi.
-Jannat muqaddas mazdoga aql bilan payravlik qilganlarga nasib etadi.
-Axuramazdagina o’g’il qalbiga Osha ehtiromini jo etadi.
-Kishilar yaxshi xulq bilan kamolot va mangulikka erishadilar.
-Yaxshilik odamni mangulik kishvari – jannatga eltadi.
-Har bir kishi andisha, guftor va kirdorda muqaddas aqlga suyanmog’i lozim.
-Ey Mazdo! Jahonda sulhu tinchlikni ta’minlaydigan donishmandlikning padari sensan?
-Aqli raso bo’lgan kishi baxtli va farovon yashaydi.
-Yuksak aql Puli Sirotda yaxshi va yomonni ajratib oladi.
-Har bir zardushtiy adolatli, sulhjuy va nekondosh bo’lishi lozim. U gina – kudratli va jangari bo’lmasligi kerak .
-Biz hayvonlarning ko’payishi, parvarishi, ularga oziq- ovqat tayyorlash, binolar qurish payidan bo’lmog’imiz darkor. Hatto, o’zimiz uchun oziq – ovqat, kiyim – kechak hozirlash uchun ham biz chorvador bo’lmog’imiz lozim.
-Ey Mazdoparastlar! Chorva mollarini yaxshi parvarish qiling, ularni behuda ozor va qatldan asrang.
-Yaxshi ustozlar Tangriga yaqin odamlardirlar.
-Nodon ibodat paytida raqsga tushgisi keladi.
-Odamlarga yaxshilik qilmoq – dunyodagi eng mo’tabar odatdir.
-Tangri shomu sahar bandalariga yordam beradigan odamlarni yoqtiradi.
-Rost so’z sendan qoladigan eng qutlug’ yodgorlikdir .
-Adashganlarni to’g’ri yo’lga boshlagan odamnigina yaxshi odam deyish mumkin.
-Tangri barcha bilim va hunarlarni kalitidir.
-Yazdon ogohlik va bilim sarchashmasidir.
-Qayerda ikki tan bir-birni qo’llasa, o’sha yerda ish yurishadi.
-Haqgo’ylik va rostlik Tangri odatdir.
-Rost amaldan boshqa hech narsa bilan shug’ullanma.
-Hammaga yaxshilik tilaydigan odamlarga yaxshilik yetsin.
-Tog’ jilg’alaridan bittasin qurtgan odam Tangri dushmanidir.
-Do’slik rishtasini poklik bilan mahkam tuting.
-Yer yuzining yaxshilari adog’siz daryodirlar.
-Poklik - inson tug’ilganidan umrining oxirigacha qilinadigan eng yaxshi amaldir.
-Kim yolg’on so’zga og’iz ochsa, baxt qushi undan qochadi.
-Gapirivchi nodon bo’lsa ham, tinglovchi dono bo’lmog’i zarur.
-Sukut- eng buyuk odob.
-Vatanning tutuni ham shirin.
-Qiz bolani ura ko’rmang, xonadoningiz baxtsizlikka uchraydi.
-Ovqatlanish paytida gapirmoq gunohi azimdir.
Xulosa qilib aytganda, o`zbek xalqining dehqonchilik an`analari qadimiy tarixga ega bo`lib bundan 3000 yil muqaddam O`rta Osiyo zaminida dehqonchilik gullab-yashnagan va ajdodlarning asosiy mashg`ulotlaridan biri bo`lgan. "Avesto"da ta`riflangan va targ`ib etilgan eng ulug` kasb dexqonchilikka oid urf-odat va marosimlar o`zining xayotiyligi va xalqchilligi bilan aloxida diqqatga sazovordir. Ularda ijtimoiy tabaqaviy cheklanish alomatlari yo`q bo`lib tabiiy ehtiyojlar zaminida paydo bo`lgan va umumxalq manfaatlariga xizmat qilgan. Bu urf-odat va marosimlar tabiat bilan uzviy bog’liq mehnat jarayoni hamda turmushning muhim voqealariga bag`ishlab nishonlangan va xalqning orzu-umidlarini ifoda etgan.
“Avesto”ning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga, yomon kirdikorlar qilmaslikka, har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar so`zlarni aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga, hamma sohada mo`tadil (optimal) bo`lishga da`vat etuvchi qoida, da`vat, o`gitlar bayon etilgan. Yer, suv , havo va tuproq muqaddas hisoblangan.
Avestoning Gat qismida odamlar halol mehnat qilishga o`z qo`li hunari bilan moddiy ne`matni yaratishga, tayyorga ayyor, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni hozir ham foydasi katta. Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash, rag`batlantirishga doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan. Zardushtiylikning o`zidan keyingi barcha dinlarga salbiy ta`siridan ko`ra ijobiy ta`siri ustun bo`lgan. Deyarli barcha dinlarga xos xususiyat bo`lgan insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloq-odobli bo`lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |