Payvandlash yoyi manbalarining tasnifi
Payvandlash yoyini ta’minlaydigan manbalar quyidagi belgilariga qarab
tasniflanadi:
1. Tok turi bo‘yicha — o‘zgaruvchan tok (payvandlash transformatorlari) va
o‘zgarmas tok (o‘zgartirgichlar, agregatlar va to‘g‘rilagichlar) manbalari.
2. Tashqi tavsifi bo‘yicha — tik pasayuvchan, o‘zgarmas, o‘suvchi va
aralash volt-amper tavsifli.
3. Bir yo‘la ta’minlaydigan postlari bo‘yicha bir va ko‘p postli manbalar.
4. Yuritmasining xarakteri bo‘yicha — elektr yuritmali va mustaqil yuritmali
(ichki yonuv dvigatelidan ishlaydigan) manbalar.
5. Yoyning yonish xususiyatlari bo‘yicha —
erkin yonuvchi va siqiq yoy
bilan payvandlashga mo‘ljallangan manbalar.
6. O‘rnatilishi va montaj qilinish usullari bo‘yicha — statsionar va ko‘chma.
7. Ishlash uslubi va konstruktiv taxt qilinishi bo‘yicha — magnit normal
sochiladigan (alohida reaktiv chulg‘amli va umumiy magnit o‘tkazgichli) va
magnit sochilishi oshirilgan (qo‘zg‘aluvchan magnit shuntli va qo‘zg‘aluvchan
chulg‘amli) payvandlash transformatorlari; kremniy yoki selenli ventillar bilan
jihozlangan payvandlash to‘g‘rilagichlari; mustaqil magnitlovchi va ketma-ket
ulangan magnitsizlovchi chulg‘amlari bo‘lgan ajratilgan o‘zgartirgichlar;
ichki
yonuv dvigatelli agregatgeneratorlar.
8. Vazifasi bo‘yicha — qo‘lda yoy yordamida payvandlash, flus qatlami
ostida avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda, himoya gazlari
muhitida payvandlash uchun mo‘ljallangan, plazma yordamida kesish va
payvandlash, elektr- shlak usulida payvandlash uchun mo‘ljallangan
manbalar va
maxsus ishlarga mo‘ljallangan tok manbalari (uch fazali payvandlash, ko‘p yoy
bilan payvandlash uchun).
Elektr-payvandlash jihozlarining belgilanishi yagona tuzilishiga ko‘ra
jihozlarning belgilari harfli va raqamli qismlardan iborat bo‘ladi. Birinchi harf —
buyumning tipi (Б
— to‘g‘rilagich,
Т
— transformator,
Г
— generator,
У
—
ustanovka); ikkinchi harf —payvandlash turi (
Д
— yoyli,
П
— plazmali); uchinchi
harf — payvandlash usuli (
Г
— himoya gazlari muhitida,
Ф
— flus qatlami ostida,
У
— universal manbalar), uchinchi harf qo‘yilmagan bo‘lsa, elektrodlar bilan
qo‘lda yoy yordamida
payvandlashni bildiradi; to‘rtinchi harf — manbaning
vazifasini bildiradi (
M
— ko‘p postli payvandlash uchun,
И
— impulsli
payvandlash uchun). Harflardan keyingi ikkita yoki bitta raqam yuzlab amper
hisobida
nominal payvandlash tokini, keyingi ikkita harf buyumning registratsiya
nomerini, keyingi harflar qaysi muhitga mo‘ljallab ishlanganligini bildiradi (
Т
—
tropik iqlimli zonalarda ishlatish uchun,
У
— mo‘tadil iqlimli,
ХЛ
—sovuq iqlimli
zonalarda ishlatish uchun); navbatdagi raqam joylashtirish kategoriyasini bildiradi
(
1
— ochiq maydonda,
2
— pritseplarda, avtomobil kuzovlarida,
3
—
tabiiy
shamollatiladigan xonalarda,
4
— majburiy shamollatiladigan va isitiladigan
xonalarda,
5
—o‘ta nam xonalarda. Masalan, ВДГМ—1601Т ning ta’minlash
manbayi quyidagicha izohlanadi: himoya gazlari muhitida payvandlashda
ishlatiladigan to‘g‘rilagich, ko‘p postli, payvandlash toki 1600 A, buyumning
ro‘yxatga olingan nomeri 01, tropik iqlimli
zonalarda ishlatish uchun
mo‘ljallangan, joylashtirilish kategoriyasi
2
, ya’ni pritseplarga yoki avtomobil
kuzoviga o‘rnatiladi.
Payvandlash yoyining
ta’minlovchi manbalarining belgilanishida
(8.1-rasm)
birinchi xarf, ta’minlovchi manbani tipini: T - transformator, В - kuchaytirgich, П
– o’zrartirch, У - moslama. Ikkinch xarf – payvandlash ko’rinishi: Д - yoyli, П –
plazmali. Uchinchi xarf – payvandlash turi: Ф – flyus ostida, Г – ximoya gaz
muxitida, У – universal ko’rinisda, va boshqa ko’rinishlarda: М – koppo’stl, И –
implusli payvanlash uchun.. To’rtinchi xarf esa dastaki payvandlashni bildiradi.
Xarfdan keying birinch raqam –
nominal payvanlash tokini, oxirgi ikkita belgi –
GOST bo’yica belgilanishini. Oxirgi xarf va raqam климатическое исполнение:
У - умеренный, Т - тропический, М - морской климат.
8.1-rasm.
Payvand yoyining ta’minlovchi manbalarining belgilanishi